Aktyorlik mahorati


Tabiiylik (organik) tamoyili



Download 0,88 Mb.
bet206/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Tabiiylik (organik) tamoyili


Bu ta’limot Stanislavskiy aktyor oldiga vazifa etib qo‘ygan shartlardan eng muhimidir. Chunki, aktyor ijrosi o‘zga insonning ichki va tashqi dunyosini yoritishdan iborat bo‘lib, ijroda soxtalikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, yaratilayotgan obrazning ayni o‘zi tomoshabin zalida o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham mazkur ta’limotning eng asosiy maqsadi - aktyor tabiatini uyg’otib, oliy maqsad sari intiluvchi tabiiy ijodiy salohiyatni harakatga keltirishdan iboratdir. Aktyor ijodida hech bir notabiiylik, soxtalikka o‘rin bo‘lmasligi uchun Stanislavskiy, aktyor ijodidagi texnik harakatni alohida e’tibor bilan tadbiq qiladi.
Aktyor ijodida sun’iy va mexanik harakatlar bo‘lmasligi kerak, barcha xatti-harakatlar tabiiylik talablariga bo‘ysinmog’i lozim9. Rolda aktyorlik ijrosining sof tabiiy va harakatlarning aniq tizimiga erishishni maqsad qilib qo‘yish kerak. “Men shu rolni bajaryapman, meni atrofdagilar qanday qabul qilishyapti”, degan fikrning kelishini o‘zi noto‘g’ridir. Ba’zan bo‘lajan

8 Stanislavskiy K.S. Aktyorning о‘z ustida ishlashi.T.Xо‘jayev tarjimasi. “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 1965 y. 68-69 b.


9 Захава Б.Е. Мастерство актёра и режиссёра. Москва, Просвешение, 1978, 62 стр.
aktyorlar ya’ni talabalardan “qani sen sahnada oddiy yurishingni ko‘rsat”, deb
vazifani bersak, aktyorlik mahorati elementlarini yaxshi egallashni boshlaganlar sahnada erkin, bemalol harakatlanadilar. Ammo ba’zilar, meni hamma kuzatib turibdi, shuning uchun yaxshiroq yurishim kerak, deb o‘ylab boshqacharoq harakat qila boshlaydilar. Natijada harakatlardagi tabiiylik yo‘qoladi.
Sahnaviy haqqoniylik deganda, biz dastavval, aktyorning sahnaviy ijodining hayotiyligini nazarda tutamiz. Aktyoring sahnaviy ijodining hayotiyligi deganda esa - aktyorning sahna sharoitida turib, o‘z qalbida uyg’ongan ichki his-tuyg’ularining tabiyligini, jismoniy hatti-harakatining maqsadga muvofiqligini, unga aktyorning ishonch hosil eta olganligini nazarda tutamiz. Aktyorda bu ishonishning komil bo‘lishi uchun, u sahna sharoitida turib, maqsadga muvofiq, tabiiy, bor vujudi bilan harakat qilmog’i lozim.
Bu - masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni - bo‘lg’usi aktyor sahnada nimaga ishonishi kerak degan savol tug’ilishi mumkin. U sahnadagi dekoratsiyalarning tabiiyligiga ishonish kerakmi?
Ba’zi bir rejissyorlar va pedagoglar o‘z aktyorlariga sahnadagi yasama zotlarni yasama emas, deb ko‘rsatishga urinadilar va unga ishonishni talab qiladilar. Natijada bu usul aktyorni mutlaqo noto‘g’ri yo‘lga olib kiradi. Aktyorlik ijodining grammatikasini yaratuvchi K.S.Stanislavskiy ta’limotidan kelib chiqib aytganda, aktyor sahnadagi zotlarning realligiga emas, shu bezaklarga o‘z qalbida paydo bo‘lgan munosabatlarning tabiiyligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Mana shu tabiiy va haqqoniy munosabatning natijasida shu zotlar orasida yashashning real tasvirlari aktyor qalbida paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, o‘quvchilarni ogohlantirib qo‘yadigan yana bir narsa, u ham bo‘lsa, sahnaviy hayot haqqoniyligiga erishmoqligi uchun aktyor sahnada o‘zining ichki his-tuyg’ularini uyg’otib, ishga solmog’i kerak. Lekin bu ichki his-tuyg’ularini uyg’otish, aktyor qalbida hech qachon o‘zidan-o‘zi kelib chiqmaydi. K.S.Stanislavskiy ta’limotiga asoslanib aytganda, aktyor bu natijaga faqat maqsadga muvofiq faol va haqqoniy xatti-harakatlari orqali erishadi.
Sevimli aktyorimiz G’ani A’zamovning ijodiy yo‘li hammamizga tanish. Avvalo uning nomini eshitgan inson yuzida tabassum paydo bo‘ladi. Ammo san’atkor, hayotda boshqa komiklar singari sho‘x, hazilkash va qiziqchi emas, ancha jiddiy, tili achchiq bo‘lgan. U boshqa sahna qiziqchilari singari o‘zidan so‘z qo‘shmagan, badiiy yaxlitlikka putur yetishi mumkin bo‘lgan ortiqcha harakatlar ishlatmagan, tomoshabinni atayin kuldirmagan, kulgu u yaratgan obraz mohiyatidan hosil bo‘lgan. U muallif va rejissyor tomonidan belgilangan obraz doirasida, matn asosida ijod qilgan. Har bir roliga hayotiy yondoshganligi sababli, ijrosi tabiiy chiqqan.
“Odatda men rolni olgach, uni erinmay, hijjalab o‘qib chiqaman, mana shu davrda obraz xarakterini ochadigan birorta kalitni topib olaman. U izlanishimga yo‘l ochib beradi”, - deydi aktyor. Uning ijodi shunchalar tabiiyki, xatto sahnaga chiqqanda gapirmasdan tomoshabinni ham kuldirgan,
ham yig’latgan. Chunki aktyor kulguni fojia darajasiga ko‘tarib, tragikomik
obraz yaratgan. Bu obrazning asosi esa tabiiy ravishdagi ijrodir.
Aktyor Erkin Vohidovning “Oltin devor” komediyasida usta Mo‘min obrazini yaratdi. Aktyorning mahoratiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Birgina oltinni bekitish sahnasining o‘zidagi mahorat har qanday tomoshabinni lol qilib qo‘yadi. O‘n besh daqiqagacha davom etadigan ushbu sahnada G’ani A’zamov, qariyb so‘z ishlatmasada, sahnada Mo‘min xolatida yashaydi. Aktyor asar va obraz mohiyatidan kelib chiqib mimika va pantomima vositalarini keng ishga soladi. Bu chinakam mahorat usuli. U obrazni shu qadar tabiiy o‘ynaganki hattoki oltinni yashirish vaqtida hayajondan uning yuzlaridan ter quyilgan. Uning sahnadoshlarining ta’kidlashicha Mo‘min obrazini yaratish uchun hattoki aktyor jinnixonada ma’lum muddat bo‘lg’usi rolining xislatlarini o‘rgangan ekan.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish