«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
119
Boymatov Аbdujabbor Eshqobilovich, Inomov O‟ral Axmedovich
Elmurodova Guljaxon
(
Jizzaх, O‟zbekiston)
KITOB MUTOLAASI
Annotation
: In this article the authors will give some information about the
importance of reading books and its necessity in the society.
Shunday bir sehrli, sirli makon borki, unga tashrif buyurishingiz bilan
qadamlaringizdan giyohlar unadi, quyosh ham siz uchun boshqacha otadi,mayin
tabassumidan yaralgan nurlar hayot yo‘lingizni har on, har soniya yoritib turadi.
Tunlar mehribon oy v
a quvnoq yulduzlar hamrohingiz bo‘lib, parishon bulutlarning
orasidan siz tomon bo‘ylayotgandek… Mayin esayotgan shabboda hali aytilmagan
qo‘shiqlarni yaratayotgandek, notaga solayotgandek U sirli makonga nafaqat tashrif
buyuring,balki qo‘llaringizni tuting va hech qachon qo‘llaringizni qo‘yib yubormang.
Sizning tashrifingiz uni qanchalar quvontirishini bilganingizda edi, uni uzoq vaqat
yolg‘iz qoldirmagan bo‘lardingiz. U sirli makon QAYDA deb so‘raysiz, albatta, u
kitoblarning mo‘jizakor dunyosidir. Kitob mutolaasidan olish mumkin bo‘lgan bilim,
tajriba, zavq, ilhom, hayotga va insonga muhabbatni boshqa biror narsadan bu
darajada o
lib bo‘lmaydi.
Kitob mutolaasi shunday sehrli, sirli olamki siz uchun yangi-yangi manzillarni
kashf etadi. Agar bunga ishonch ho
sil qilmoqchi bo‘lsangiz, bir kun, mayli, bir
soatgina u bilan hamroh tutining. Unutmang kitoblar orzu atalmish kemangizda
yelkan vazifasini bajaradi.
U sizga yaqindan ko‘makchi, yaqin do‘st bo‘la oladi. Shu
o‘rinda buyuk bobokalonlarimiz bilim o‘rganish, xat-savod chiqarish, ilm-fanning
barcha sohalariga oid kashfiyotlarni kitobga bo‘lgan beqiyos muhabbatlari orqali
erishganlar.
Buyuk qomusiy bilim egasi Abu Nasr Farobiy o‘zining hikmatlaridan birida
shunday fikrlarni ilgari surgan: ―Inson yuksak kamolotga erishuv yo‘lida harakat
qilgandek, aqliy bilishga ham harakat qilsa hech shubhasiz o‘zi intilayotgan so‘nggi
darajadagi baxt-
saodatga erishadi.‖
Darhaqiqat, ilm cho‘qqilarini zabt etishda, aqliy salohiyatimizning yanada
teranlashishida bu benazir, bebaho
bo‘lgan kitoblarning o‘rni beqiyos.
―Shayx-ur rais― - donishmandlar ustozi nomi bilan shuhrat qozongan
Qomusiy bilim egasi, tabib Abu Ali ibn Sino o‘z qo‘li bilan yozgan tarjimai holida
shunday fikrlarni bildirgan:‖…keyin yana bir yarim yil ilm va mutolaaga berildim.
Mantiq va falsafaning barcha qismlarini qaytadan o‘qib chiqdim. O‘sha kezlarda
men kechalari kam uxlar, kunduzlari ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas
edim. Agar biroz uyquga uyquga ketsam, tushimda ham, o‘ngimda ham o‘sha
masalalarni k
o‘rardim, ko‘p masalalar yechimi tishimda ayon bo‘lardi. Ana shu
zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallab oldim va ulardan inson imkoniyati
darajasida xabardor bo‘ldim.‖
Ha, albatta, bu buyuk shaxsning kitob mutolaasiga bo‘lgan ckeksiz
muhabbatining namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |