«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
63
ayta boshlaydi: o‗quvchilar qo‗l ko‗tarib so‗zlarning ma‘nosini o‗zgartirayotgan
tovushni aytishadi va ma‘nosi o‗zgarayotgan so‗zlar ishtirokida og‗zaki gaplar
tuzadilar.
2-variant
– yozma ravishda. Bunda 2 guruhdan iborat o‗quvchilar musobaqa
tarzida doskada yozilgan so‗zlarning ma‘nosini o‗zgartirayotgan harfning tagiga
chizib borishadi.
Til, tin, tir, tiz, tim, tish, to‗l, to‗r, to‗n, to‗p, to‗y, to‗k, to‗s, tom, ton, tol, tosh,
tob, tog‗, tor, toj, toy, tok, top, tot, tut.
2-
o„yin. “Harflarni o„zgartirib, so„z tuzing
!‖
1-variant
– og‗zaki ravishda. Bunda o‗qituvchi so‗zni og‗zaki ayta boshlaydi:
o‗quvchilar bir so‗z tarkibidagi unli yoki undosh tovushni o‗zgartirib yangi so‗z
topishib, bu so‗zlar ishtirokida og‗zaki gaplar tuzadilar.
2-variant
– yozma ravishda. Bunda doskaga so‗zlar qator qilib yozib
qo‗yilgan bo‗ladi. 2 guruhdagi o‗quvchilar unli yoki undosh harflarni o‗zgartirib, yangi
so‗zlar tuzib yozadilar. O‗yin musobaqa shaklida o‗tkaziladi.
Unlilarni o„zgartirish.
Kun: ko‗n, kon.
Ko‗z: kuz, kar, kor, kеr.
Dil: do‗l, dol.
Pichoq: pachoq, po‗choq, puchuq
.
Undoshlarni o„zgartirish.
Moy, toy, loy, boy, voy, joy, poy, soy, choy.
Til, dil, bil, jil, zil, yil, fil, shil, qil.
Bir harfni olib so„z tuzish.
Qo‗y (o‗y)
Kalla (alla)
Toy (oy)
Karra (arra)
So‗zlarga harf qo‗shib yangi ma‘noli so‗zlar toping vva ular ishtirokida gaplar
tuzing: Alla (salla)
ayiq (qayiq)
Ayron (hayron)asal
(kasal)
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari so‗z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe‘l) bilan
umumiy tanishtirilgandan so‗ng bar bir leksik-grammatik guruh alohida o‗rganiladi.
Bu so‗z turkumlarini o‗rganishning boshlang‗ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga
qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy
tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Dasturga ko‗ra, boshlang‗ich sinfda
so‗zlar dastlab javob bo‗ladigan morfologik so‗roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda
―So‗z turkumi‖ tushunchasi shakllantiriladi.
Grammatik tushunchalar bo‗yicha o‗quvchilar 1-sinfdan boshlab nazariy
ma‘lumotlarga ega bo‗la boshlaydilar. Ya‘ni shaxs va narsa nomlari, narsalarning
bеlgisi, narsalarning harakati kabi ma‘lumotlarni o‗rganish jarayonida ularda
grammatik tushunchalar shakllantirishga asos solinadi.
Boshlang‗ich sinflarda grammatik tushunchalarga oid quyida ta‘limiy
o‗yinlardan samarali foydalanish mumkin.
Mavzu: Narsa va shaxs nomini bildirgan so‗zlar
Do'stlaringiz bilan baham: