«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 4(38) PART 1
ISBN 978-83-949403-3-1
125
Hamidova Gulbahor
(Jizzax, O’zbekiston)
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA ATROF-
MUHITGA MAS’ULIYAT HISSINI SHAKLLANTIRISH
Xalqining yetuk milliy ongi, yuksak ma’naviyati har qanday taraqqiyotning bosh omili
hisoblanadi. Pespublikamizda demokratik huquqiy davlat va jamiyat qurish borasida ildam olg’a
qadamlar tashlanmoqda. Yurtimizning buguni va ertasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ma’naviy-
madaniy turmush tarzi har tomonlama kamol topayotgan yoshlar qo’lidadir. Shu boisdan ham
kadrlar tayyorlash sifatini ustuvor qo’yayotgan davlatimiz yosh avlodni har tomonlama
rivojlangan, madaniyatli, komil inson qilib shakllantirish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda.
Biz o’z haqhuquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir
bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda
shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har
jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
O’zbekistonning kelajagi hisoblangan sog’lom avlodni voyaga etkazish, yoshlarda
ma’naviy boy bo’lgan ajdodlarimiz qoldirgan muqaddas meros va an’analarga mehr-muhabbat
hamda ona Vatan, ona tabiat oldidagi mas’uliyat hissini shakllantirish, tarbiyalash borasida
davlatimiz rahbariyati olib borayotgan izchil pedagogik siyosatning mohiyati ham ana
shundadir. Bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish metodlari bilan
bog’liq masalalarni ijobiy yechish uchun ijtimoiy ekologik boy tajribalardan kelib chiqish
kerakligi tabiiy. Buning uchun tarbiyachi ta’lim va tarbiya maqsadini ko’zda tutgan holda
birinchi navbatda bugungi ekologik vaziyatning asl mohiyati, uning tabiat va jamiyat oldidiga
qo’ygan muammolaridan to’la xabardor bo’lmog’i, ta’lim va tarbiya mazmunini bolalar ongi va
axloqiga singdirish zaruriyati va ehtiyojlarini hisobga olmog’i lozim.
Tabiatni muhofaza qilishning muhim vositalari:
xalq pedagogikasi;
o’zbekona urf odatlar;
bolalar badiiy adabiyoti;
radio;,
televideniya va boshqa ommaviy vositalar orqali olib boriladigan ko’rsatuv va
eshittirishlar, tashviqotlar, shuningdek, mashg’ulotga olib kiriladigan san’at asarlari ekologik
ta’lim-tarbiyada hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Shunga ko’ra, aholiga ekologik bilimlarni xalqimiz to’plagan meros asosida berish,
dastlab oilaning o’zida tarbiyaviy jihatdan to’g’ri munosabatni tarkib toptirish ekologik ta’lim va
tarbiya borasidagi ijtimoiy vazifalardan biridir. Ana shu munosabatga doir tushunchalar dastlab
oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, so’ngra maktabda uzviy rivojlantirilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada boshlang’ich ekologik tarbiyaning eng samarali
yo’llaridan biri uni mehnat tarbiyasi bilan qo’shib olib borish, ya’ni bolaning bo’sh vaqtlarini
foydali ishlarga jalb qilishdir. Chunki tabiatga ozor berish bilan bog’liq bo’lgan sho’xliqlar ma’lum
darajada bolaning bo’sh qolishi natijasida kelib chiqadi. U qiladigan ishi yo’qligidan qushlarning
iniga chiqib, poloponlarini oladi va hokazolar. Aslida bola jonilarga ozor bermasdan, ular bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |