«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 5(39) PART 1
ISBN 978-83-949403-3-1
160
xizmat ko'rsatish maydoni, taxminan 25%, dam olish zonasi va sport - 35%, xo’jalik hududi esa
5-7%.
Bolalar oromgohlari hududini zonalarga bo’lish, bosh reja diagrammasini tuzish tabiiy
landshaft va iqlim sharoiti hamda me’morchilik imkoniyatlaridan kelib chiqib tuziladi. Tabiiy
landshaft va o’simlik dunyosini boricha saqlab qolish lager inshootlarini atrofdagi tabiat bilan
organik ravishda birlashtirish tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olmasdan imkonsiz, shu
sababli loyihalanayotgan hamma parametrlar inobatga olinishi lozim. Bu o’z o’rnida puxta
ishlangan loyiha rejasi uchun asosdir.
Jamoat maydoniga oshxona, tibbiyot markazi joylashtiriladi. Texnik-iqtisodiy xizmat
ko'rsatish, ma'muriy bino, kommunal bloklar, xodimlar uchun to'xtash joylari, chiqindilarni
yig'ish joylari ma’muriy hududdan o’rin egallaydi. Turar-joy maydoniga yotoqxonalar, yuvinish
xonalari, xojatxonalar joylashtiriladi. Sport va dam olish blokiga sport maydonchalari,
besetkalar, ochiq va yopiq ommaviy dam olish binolari, kutubxonalar, o’yin maydonchalari,
suzish havzalari mavjud bo’ladi.
Yotoqxonalardan 25 metr masofada joylashgan alohida chiqish joyiga ega bo'lishi
kerak. Oromgohga kiraverishda nazorat punkti mavjud bo’ladi. Barcha zonalar bir-biridan,
asosan, bolalar va ishchilarning hududi qulayroq yashashlari uchun yashil maydonchalar
chizig'i bilan ajralib turadi. Standart zonalardan tashqari, ta'lim ssenariysiga muvofiq zonalar
ishlab chiqilishi kerak. Ya’nikim, loyihalanayotgan bolalar oromgohlarining maqsad-vazifasiga
ko’ra ham, binolar ular orasidagi bog’lanishlar va foydalanuvchilar hajmi jihatidan ham, bolalar
yoshini inobatga olgan holda ham turlicha rejalashtiriladi. Jumladan, oddiy dam olish
oromgohlarida bitta xonada 10-15kishigacha joylashtirilsa, sog’lomlashtirish oromgohlarida 6-
8tagacha, sport oromgohlarida esa 3-4tagacha bola joylashtiriladi. Sababi sog’lomlashtirish
oromgohlarida nisbatan tinchroq muhitni hosil qilish kerak, sport oromgohlarida esa faol
jismoniy mashqlardan so’ng foydalanuvchilar bir-biriga xalaqit bermaydigan muhitni
tashkillashtirish kerak. Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari (13-15yosh) turar joy guruhi
maktab o'quvchilari va o'qituvchilar uchun alohida yotoqxonalari, shuningdek yordamchi
xonalardan (hammom, dush, omborxonalar, kiyimlarni, poyabzallarni tozalash va quritish
xonalaridan) iborat. Turar-joy hududining me'moriy va rejalashtirish yechimlarida qismlarning
biriktirilishini hisobga olish kerak: masalan, maktab o'quvchilarining ikkita yotoqxonasi (15 - 20
kishi, otryadning yarmi) va o'qituvchining bitta xonasi - tarbiyachi; yoki maktab o'quvchilari
uchun 4 ta xona (35 - 40 kishi - lagerning tarkibiy bo'linmasi) va jismoniy tarbiya va turizm
bo'yicha o'qituvchi-tarbiyachi va o'qituvchi uchun 2 xona kabi.
Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari(13-15yosh) turar-joy hududining bir qismi sifatida
bino kiraverishidan yotoqxonagalarga o’tish tomon, maxsus kiyimlarni saqlash uchun joy
bo'lishi kerak. Maktab o'quvchilari dalada ishlaydigan kiyim-kechak va poyafzal, ayniqsa, ob-
havo sharoitida juda iflos bo'lishi mumkin, shuning uchun bu xona yotoqxonalar bilan bevosita
bog’lanmagani ma‘qul. Ish kiyimlarini saqlash xonasi kiyim-kechak va poyafzallarni quritish
xonasi bilan birlashtirilishi yoki alohida joylashishi mumkin (butun yotoqxonalari guruhi
uchun). Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari(13-15yosh) binolarining turar joylarida kiyimlarni
tozalash uchun joy bo'lishi kerak. Yotoqxonalarda tashqi kiyim, forma va poyabzalni quritish
uchun maxsus xonalar bo'lmaganda, sanitariya darajasi sezilarli darajada pasayadi. Chodir
Do'stlaringiz bilan baham: |