“Farhod va Shirin” - FARHOD – ‘’Farri shohiy – shohlik nuri.
- Shoh ‘’Far’’ so’ziga himmat, iqbol, davlat so’zlaridan bosh harflarni qo’shib FARHOD ismini hosil qildi.
- Chaqaloqning pokiza zotini ko’rgan ISHQ ham unga shu ismni firoq, rashk, hajr, oh va dard so’zlarining bosh harflaridan tanladi .
- Yangi mavzu bayoni: Alisher Navoiyning “Farhod va
- Shirin” dostoni qahramonlaridagi ma`naviy xususiyat
- Darsning rejasi:
- 1. Komil inson.
- 2. Dostondagi ijobiy va salbiy timsollar
- 3. Mening sevimli qahramonim
-
- “Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusida yozilgan bo’lib, hajmi -5782 baytdan iborat .Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan .Navoiy bu asarni “Shavq dostoni “deb ataydi .Sababi unda ish kuylanadi, ishq talqin qilinadi ,ishq uiug’lanadi.Bu shunday ishqki ,u insonni poklaydi , ezgulik sari yetaklaydi ,unga o’zligini tanitadi ,komillik sifatlarini tarbiyalaydi .Chunki u odamga ,olamga , butun
- borliqqa mehr bilan ,muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib , Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan ishdir .Dostonda
- Navoiyning komil inson haqidagi orzu –o’ylari ifoda etilgan.
- Tasavvuf-musulmon olamida keng tarqalgan , butun dunyoga mashhur bo’lgan buyuk ta’limot. U orqali islom dinining ichki va tashqi go’zalligini,uning buyuk insonparvarlik mohoyatini anglaymiz. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy,ma’naviy jihatdan poklash,ya’ni komil insonni tarbiyalashdir.Qalb pokligiga erishgan,yuksak ma’naviyatli,aqlan va jismonan barkamol shaxs komil insondir.
- Nafs yemoq,ichmoq,kiymoqdan tashqari johillik,ilmsizlik,manmanlik,kibr,
- Dunyoparastlik,zulm,o’g’rilik,tanballik,ko’rolmaslik,baxillik,mansabparastlik,shahvat,ko’ngli torlik,g’azab,inson ruhini,qalbini Ollohdanuzoqlashtiradigan barcha illitlar kiradi.
- Qur’oni karimning ko’p oyatlarida ochlik yoki ishora bilan nafsni yengish haqida hukmlar bor.Payg’ambarimiz Hazrat Aliga :’’Yo Ali, avliyolik maqomiga yetishgan zotlar ko’p –ko’p ibodat qilganlar emas,o’z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug maqomga erishganlar’’.
- ‘’Qisas ar-Rabguziy’’da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi.
- Demak Farhod olishib yenggan ajdaho,Axriman dev,temir odam xayoliy,afsonaviy obraz emas, balki har bir insonning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlar ramzidir. Farhodning oshiqligi uni o’sha nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi ,ishq unga kuch , sabot va iroda ato etdi . Bundan shuni anglaymizki,nafsni yengish quroli ISHQ ekan .Tasavvufda ishq mehr , sevgi kabi tuygulargina emas,iroda,sabot,ilm,ibodat,sabr,qanoat,g’ayrat,kamtarinlik,saxiylik,hayo,pokizalik,shirinso’zlik,mardlik,umuman,inson qalbini ruhini poklashga xizmat qiladigan ezguliklar yig’indisi tushuniladi.
- ISHQning o’rni ko’ngildadir. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi. Pok ko’ngil IYMONning maskanidir . Iymonli inson KOMIL INSONdir.
- Tasavvufda ko’ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o’rganiladi. Farhodning ustozlardan kasb o’rganishini eslaymiz. Dostondagi hunarmand ustalar shunchaki obrazlar emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |