Ipoteka krediti – garov tariqasida kredit pullariga quriladigan ko’chmas mulk qo’yiladigan kredit
Iqtisodiyot – insonning yer yuzida yashashi va kamol topishi bilan bog’liq xo’jalik yuritish tizimi
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari – tabiat, odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar
Ish haqi – korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish uchun to’lanadigan pul
Ishlab chiqarish – ehtiyojlarni qondirish uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish
Kredit – bank tomonidan mijozlarga berilgan qarz
Kredit foizi – berilgan qarzdan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha haq
Mahsulot – inson mehnatining, iqtisodiy faoliyatining mahsuli
Marketing – bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yo’naltirilgan faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |