1. Asarda Jobir qanday tasvirlangan? Uning aqli va tadbir-
korligi qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi?
2. Jobirning ma’naviy qiyofasi haqida nima deysiz?
3. Asarda Jobirning «moli harom» maqsadi bilan yashashi
aytiladi. Harom mol, harom rizq tushunchasini izohlang.
4. Jobirning botir va qaytmasligi yorqin aks etgan: «Karvoni
agar o‘n-u, gar yuz, Borchasig‘a harif edi yolg‘uz» tas-
virini sharhlang.
5. Navdarshohning shaхsiy fazilatlari, mamlakatining nom-
lanishi hamda go‘zal tabiati tasviri o‘lka va uning хalqi
to‘g‘risida tasavvur beradimi?
6. Navoiy sakkiz baytda Mehrning beqiyos go‘zalligini
chizib ko‘rsatadi. Mazkur baytlarda qaysi badiiy tasvir
vositalari qo‘llanganini toping.
7. Mehrning tutqunlikka tushib qolish sababini, tutqunlikdagi
kechinmalari qanday ifodalanganini sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |