QO‘RQINCH BIR JASORAT
Qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagan-
dek, Anvar ning yaqinrog‘iga surildi.
– Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim?
Anvar yana o‘sha so‘zni takrorladi. Qobilboy, endi bir-
oz orqasiga tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt
qotib turdi...
– Siz nima qilmoqchisiz, uka. O‘z oyog‘ingiz bilan...
Yo‘q, bu bo‘lmagan gap! Balki bu – xonning unga popisa-
sidir
1
, shu hiyla bilan maqsadga yetmoqchidir... Qo‘ying bu
gapni, uka, qo‘ying!..
Anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga
tikib, sandal ustidagi qog‘ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib
qo‘ydi...
1
Pоpisa – po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish.
292
– Basharti, popisa bo‘lmasa?.. – dedi Anvar. – Xon
popisani bilmaydi, uning hamma harakati jiddiy! Shun-
day, siz bu xatni er taga uning qo‘liga berasiz va undan
har bir yordamingizni ayamaysiz!
– Bu aqllik gap emas, uka...
– Men endi shunga qaror berganman! – dedi Anvar
o‘zga rishsiz. – Bu azmdan qaytish yo‘q... Faqat, siz unga
yordami ngizni ayamaslikka menga so‘z bersangiz bo‘ldi!
Qobilboy entikdi, xatni olib, bir necha fursat sukutda
o‘ltirdi... So‘ngra birdan o‘rnidan turib hujradan chiqa bosh-
ladi.
– Yo‘l bo‘lsin?
– Ketayapman.
– Xayr, kechiringiz!
Qobilboydan javob bo‘lmadi.
Kun qiyomga
1
yaqinlashgan. Yana biror soatdan so‘ng
Sultonalini o‘limga olib chiqar edilar. O‘rdadan hech kim
uning najot topishiga ishonmas; xonning oldiga chaqiril-
di – o‘ldi, basharti gunohi bo‘lib, iqror qilsa, yana jazoga
qoldi, vassalom. Ammo Anvar xon huzuriga kelib, o‘zini
uning hukmiga topshiradi, chin yigitlik yo‘li bilan do‘stini
qutqaradi, degan xayolga kim ishonsin? Kecha jarchi ko‘y-
guzarlarni aylanib, Anvarni insofga chaqirdi, kishi qoniga
qolmaslik fazilatini tarannum ettirdi. Biroq Anvarning bun-
day «hamoqati»ga
2
aхloqan sukut etib, vijdonan so‘zlagan
o‘rda arbobi va boshqalar ishonsinmi!
Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mu-
jassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib ke-
luvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va
tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalarga-
cha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. O‘rda
arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib,
yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan
salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar.
1
Qiyom – tush.
2
Hamоqat – ahmоqlik.
293
Anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bi-
landir darichalar va eshik yonida mo‘ralashuvchi mirzolar-
ga umumiy bir ta’zim ifoda qildi va zinalarga sobitqa dam
oyoq qo‘yib, yuqoriga, xon huzuriga chiqib ketdi. Poy-
taxt bo‘sag‘asidagi doimiy yasovullardan o‘tib, dahlizda
to‘xtadi. Chunki bundan o‘tish uchun hudaychi vositasida
xondan ruxsat oldirish lozimdir. Birinchi eshik yonida qo‘l
qovushtirib turuvchi Darvesh hudaychi taajjub va hayrat
ichida Anvarni qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» hu-
zuriga ketdi.
Taxtiga takya qilgan
1
Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki
jallodni qo‘yib, yonidagi domla shig‘ovul
2
, Tursun otaliq
va g‘ayri
3
bir necha a’yonlar bilan suhbatlashar edi.
– Pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixti-
yori bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi.
– Xiyonatkoring‘ kim?
– Mirzo Anvar!
Xon seskanib ketdi, hamnishinlar
4
ham alang-jalang
bo‘l di lar.
– Keltir!
Hudaychi qulluq qilib, orqasiga qaytdi. Dahlizdagi
Anvar birinchi xonadagi a’yonni hayratga solib, ikkinchi
tanobiy ning bo‘sag‘asida, jallodlar o‘rtasida to‘xtadi va
xonga ta’zim ado qildi.
Raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorning kip-
rik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topol-
magandek tamshanib turdi.
– Sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli!
Anvar bosh irg‘atdi.
1
Takya qilgan – suyangan.
2
Shig‘оvul – sarоy marоsimlarini bоshqarib turadigan
amaldоr.
3
G‘ayri – bоshqa, o‘zga.
4
Hamnishin – birga o‘tirganlar.
294
– Iqrorman.
– Tuzumni unutding‘!
– Tonmayman!
– Iqrorsan, tonmaysan, o‘bdan ish, – dedi zaharxanda
qilib xon, – o‘luvdan ham qaytmaysan!
– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi
iljayib Anvar. – O‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni
qutqa rish uchun kelganman!
Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli
kuldi.
– Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
– Albatta! – dedi Anvar. – Boshqalar kishi gunohi
uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men
pu sul monlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida
terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.
– Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it
uvli?!
– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al
uylan moqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qib-
layi olam!
– Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar:
– Xanjarimiz qonsirag‘an!
Anvar bosh chayqab kuldi.
– Gunohsiz mening ko‘z oldimda banddan ozod qilin-
mas ekan, Anvarni bu yerdan chiqara olmaslar, qiblayi
olam, – dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni
arslonlarcha siltab yubordi. – Sizda adolat bormi, janob!
Qo‘rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi. Jal-
lodlarni to‘xtatishga va hudaychini Sultonalini hozirlashga
buyurdi. Ko‘zi qonlangan Anvar ikki qo‘lini yoniga tashlab
Xudo yor qarshisida turib qoldi. Hamma sukutda. Shunday
fursatlarda gunohkorni odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi
295
Xudoyor ham jim. Chunki a’yon nazarida har bir odobsiz-
ligiga Anvar tarafi dan kuchli haqorat olish ehtimoli bor.
Shayx Sa’diy ayt gancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguv-
chidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, insonni razolatga
solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu
ikkisidan kechguvchiga esa podshohning qahri va jahan-
namning qa’ri farqsizdir.
Ko‘p fursat o‘tmay hudaychining orqasidan Sultonali
kirdi, xonga qarshi turuvchini tanib, titradi... Titrar ekan,
Anvardan biroz keyinda turib xonga ta’zim qildi.
– Siz ozod bo‘lding‘iz! – dedi xon. – Devong‘a chiqib
o‘z ishing‘izg‘a qarang!
Sultonali ixtiyorsizcha xon tomon bukilib oldi... Anvar
«istehzoli» vaziyatda Sultonaliga yon qaradi:
– Menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq
qolsa ngiz ham, sadoqatingiz sizni najotga chiqara olmadi,
bil’aks, siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim...
Siz shuni unutmasangiz bo‘ldi, Sultonali aka, – dedi An-
var va xonga ishorat qildi, – qo‘limni bog‘lasinlar, chiqarib
o‘ldirsinlar!
Sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha
tomchi yosh oqib tushdi. Jallodlardan biri Anvarning qo‘lini
orqasiga bog‘ladi. Anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, Muham-
mad Niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi.
– Shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar.
Xon yuzini chetga o‘girdi:
– Rastag‘a chiqaring!
Anvar xonni va hamnishinlarni masxaralagandek ta’zim
ado qildi. Jallod oldinga tushdi, uning orqasidan Anvar yur-
di va orqadan ikki nafar qurollik yasovul ergashdilar. An-
var o‘zini o‘rdaga kirishda qanday tetik tutgan bo‘lsa, o‘lim
sari chiqishda ham o‘shandog‘ parvosiz edi. Ko‘zi tush-
gan tanish har kimsa bilan «xayr», «xo‘sh» degan kabi im-
lashib olar edi. Rangi quv o‘chib, hushsiz kabi tashqi dar-
296
voza yonida turgan Sultonali bilan ham alohida vidolash di.
Anvarning qarashidagi ma’noga tushungan Sultonalining
yuragi suv bo‘lib oqdi va hushsiz, hissiz Anvar ko‘zdan
yo‘qolguncha qarab qoldi...
Yangi rastada xalq qaynar edi. Qo‘lida yalang‘och
xanjarini ushlab, beliga oyboltasini qistirgan manfur jal-
lod orqasidan keluvchi mahkumga ko‘zi tushgan xalqdan
ba’zisi... nafratlangan ko‘yi o‘zini chetga tortdi. Jazo may-
doni yangi rasta bilan o‘rda bog‘ining muyushida bir dor
va dor ostiga qon oqizish uchun qazilgan chuqurdan iborat
edi. Dor ostiga kelib yetdilar. Bir onda dor atrofi ga yuz lab
yig‘ilgan tomoshabin xalqni yasovullar chetlanishga bu-
yurdilar. Xalq orqaga siljigan bo‘lib, yana siqilisha berdi.
Dor ostida Anvarning qo‘li yechilib, tahorat olish uchun
unga suv berildi. Chunki bu mahkumning qonuniy haqqi
edi, Anvar tahorat olar ekan, jallod va yasovullar xanjar
yalang‘ochlab, uning tevaragini qurshab turdilar. Anvar
tahoratlanib, ustidagi to‘nini yerga yozdi. Jallodlar doirani
biroz kengaytirib, Anvar ikki rakat namoz o‘qidi. Duodan
so‘ng Anvar o‘rnidan turdi, qo‘lini bog‘lashga berib, atrof-
ga besaranjom alangladi. Tevarakni sirib olgan xalq ol dida
manfur ko‘zini moylantirib o‘z ustiga to‘ppa-to‘g‘ri qarab
turgan mulla Abdurahmonni ko‘rdi.
Anvar titradi, Abdurahmon iljaydi.
– Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! –
dedi Anvar. Birdan hammaning ko‘zi Abdurahmonga
tush di. – Faqat siz ifl oslik natijasida kulasiz, men... men
to‘g‘rilik samarasini o‘raman; siz ifl os vijdon bilan g‘olib-
siz, men sof vijdon bilan mag‘lubman... Meni dor ostiga
kim keltirdi? Vij don emasmi, taqsir! Sizni bu yerda kim
tomoshabin qildi? Ifl oslik emasmi, taqsir?
Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turgan «peshvo»ga kiy-
nalik
1
ko‘z bilan tikilgan edi... Jallod qo‘li bog‘langan An-
varni dor tomonga olib bordi. Anvar o‘z ixtiyoricha chuqur
1
Kiynalik – dushmanlik.
297
yoniga o‘tirdi va xanjarini yanib
1
kelgan jallodga qo‘li bi-
lan «ozgina to‘xtang» ishorasini qilib, Abdurahmon tomonga
kuldi:
– Mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi Anvar ku-
lib, – qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin
men kulaman... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon
rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko‘milgach,
qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar... Ni-
madan bu? Bu – sizning kabi tubanlar solgan iz!..
Tomoshabinlar toqatsizlangandek ko‘rindilar, Anvar
uzanib yotdi... Jallod xanjarini yengiga yanib Anvar ustiga
engashdi...
Engashdi, biroq orqadan berilgan kuchli bir zarb bilan
Anvar ning ustidan oshib, munkigancha chuqurga yi-
qildi. Jalloddan besh qadam narida turgan yasovullar ham
ko‘kdagi xanjarlik qo‘llarini ostiga bukolmay, kimlar bilan-
dir olishib yotar edilar va shu onda kuchli shapaloq tovushi
eshitilib, sallasi chuvalgan bir yosh mulla yerga o‘tirib qol-
di... Xalq tartibsizlandi... Qobilboy Anvarning dastbandini
kesdi va ikkisi tartib sizlik ichiga kirib yo‘qoldilar. Qurol-
sizlantirilgan yasovul lar gurr etib turli tomonga sochilgan
xalq ichidan do‘st-dush manni ajratolmay garangsidilar. Shu
vaqt butun a’zosi eski qonlarga belangan jallod chuqurdan
chiqishga intilar edi...
1. Ra’noning boshqa qizlarga o‘xshamaydigan darajada ja-
surligi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi tas-
virlangan o‘rinlarni topib o‘qing va izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |