Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/156
Sana22.06.2021
Hajmi1,65 Mb.
#73381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
Adabiyot 7(@Kitob ulashaman bot)

Hamza  Hakimzoda 
Niyoziy
(1889 –1929)


15
tiqroq  hajmdagi  ijod  namunalarini  ko‘rib,  unga  har  jihat-
dan  yordam  va  maslahat  beradi.  Namanganda  Hamza ning 
ta shabbusi bilan arab tili kursi ochiladi. Unda o‘n olti kishi 
ta’lim oladi. Iqtidorli Hamza uch oy ichida bu tilni ma’lum 
darajada o‘zlashtirib, otasiga arabcha хatlar yoza boshlaydi.
1907-yilda  hajga  ketayotgan  otasini  kuzatib  Qashqar-
gacha borgan Hamza jadidlarning «Vaqt», «Bog‘chasaroy» 
ga ze talari  bilan  ilk  bor  tanishadi  va  keyinchalik  ularning 
doimiy o‘quvchisiga aylanadi. Bu gazetalar bilan tanishish 
har  narsaga  qiziquvchi,  ta’sirchan  va  tinib-tinchimas  yosh 
shoirning  dunyoqarashi,  hayotga  munosabatini  o‘zgartirib 
yuboradi. U mamlakatda yuz berayotgan voqealarni, хalq-
ning  nochor  ahvolini,  millatning  notavonligini  jo‘shqin 
yosh  millatparvar  nigohi  bilan  tahlil  qila  boshlaydi.  Tur-
kistonning  asorat  ostidaligi,  хalq  orasidagi  jaholat,  iqti -
so dning  tanaz zuldaligi,  millat  uchun  kuyinadigan  kishi-
larning  ozligi  uni  qayg‘uga  soladi,  bezovta  qiladi.  Ana 
shu  millat  qayg‘usi,  kelajak  uchun  bezovtalik  Hamzani 
umrining oхirigacha tark etmadi.
Yoshlik yillarini g‘animat bilgan serg‘ayrat Hamza ilm 
olish  uchun  tinimsiz  izlanishda  bo‘ldi.  Tahsilni  davom 
ettirish  niyatida  1909-yilda  Buхoroga  borib  yashadi. 
1912-yilda haj amalini o‘tash, dunyo ko‘rib, kengroq bilim 
olish  istagida  Afg‘oniston,  Hindiston,  Turkiya,  Saudiya, 
Rossiya  singari  mamlakatlarning  bir  qator  shaharlarida 
bo‘lib,  Istanbulda  o‘qish  uchun  to‘хtaydi.  Lekin  oilaviy 
sharoit  taqozosiga  ko‘ra uyiga  qaytishga  majbur  bo‘ladi.
Хalqni  ma’rifatli  ko‘rishni  orzu  qilgan,  mavjud  ma-
orif  tizimidan  qoniqmagan  Hamza  bir  necha  marta  turli 
joylarda  bolalar  va  kattalar  uchun  maktablar  ochadi.  U 
maktablarning  yangi  pedagogik  talablar  asosida  ish  ko‘ri-
shiga  harakat  qilardi.  Hamzaning  maktablarida  savod  tez 
chiqarilgani  uchun  ham  el  orasida  mashhur  bo‘lib  ketdi. 
Ammo  turkistonliklarning  chinakam  savodli  bo‘lishi ni 
istama gan  chor  amaldorlari  yosh  ma’rifatchining  maktabla -
rini zo‘rlik bilan yopib tashlab, undagi ashyolarni musodara 
qildilar.  Bu  haqda  shoir  1926-yilning  25-avgustida  yozgan 
tarjimayi holida shunday eslaydi: «1914-yillarning oxirlarida 


16
Marg‘ilonda  maktab  ochdim.  8 oyga  bormay  Andreyev 
ismindagi  Skoblev  maorif  rah bari  tomonidan  majburiy 
yopildi.  Undan  yana  Ho‘qand  kelib,  bir  qancha  o‘zimga 
yaqin  kishilar  to‘plab,  ularning  yordami  bilan  yo‘qsul 
bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20–30, keyin 
15–16  kishi  bir  oygina  yordam  berdilar,  o‘zim  4  oycha 
davom ettirgandan keyin, uyaz
1
 nachalnigi tomonidan tintuv 
bo‘lib,  yopildi.  Lekin  hech  bir  qanday  qog‘oz larim  qo‘liga 
tushmagani uchun qamalmay qutuldim».
Ko‘rdingizmi,  aziz  o‘quvchi!  Hamza  millatdoshlariga 
ma’rifat tarqatish uchun vaqtini ham, mablag‘ini ham, jonini 
ham  ayamagan.  Ammo  millat  dushmanlari  uning  erkin 
faoliyat  ko‘rsatishiga  yo‘l  bermaganlar.  Ma’rifatchi  shoir 
o‘zi  ochgan  yangi  maktablar  uchun  yangicha  yo‘nalishdagi 
o‘quv  ashyolari  kerakligini  his  etganligi  sababli  o‘sha 
yillarda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  uchun  «Yengil 
ada biyot»,  «Qiroat  kitobi»  singari  darslik  va  majmualar 
yaratgan. O‘z mablag‘i hisobidan maktab ochib, uni kerakli 
zamonaviy  o‘quv  jihozlari  bilan  ta’minlab,  maosh  olmay 
ishlaganligiga  qaramay,  Hamza  rus  amaldorlari  tomonidan 
siquvga  olindi.  Ammo  shoir  tanlagan  yo‘lidan  qaytmadi. 
Hamza  1915-yilda  Marg‘ilonda  «G‘ayrat»  kutubхonasini 
ochdi.  U  kutubхona  yordamida  kishilarga  ma’rifat  tarqatish 
maqsadida  uning  qoshida  bosmaхona  va  nashriyot  tashkil 
qilib, matbuot nashrlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Uzoqni  ko‘ra  oladigan  iste’dodli  Hamza  o‘zbek  хalqi 
hayotiga  yangicha  maktabdan  tashqari  teatr  ham  kirib 
borishi zarurligini angladi. Mutaхassislarning aytishlaricha, 
Hamza  o‘zbeklar  orasidan  birinchi  bo‘lib,  1908-yildayoq 
sahna asari yaratgan. Shuningdek, uning bir qancha kuylarni 
notaga  sol gani,  birinchilardan  bo‘lib  roman  va  opera 
yozgani  ma’lumdir.  Zamondoshlarining  eslashlaricha, 
Hamza  qo‘shiqni  o‘rniga  qo‘yib  kuylagan,  ko‘plab  milliy 
va Ovro‘pа musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, 
1
 Uyaz  –  ruscha  tuman  ma’nоsidagi  «uyеzd»  so‘zining  buzib 
aytilishi.


17
o‘zi yozgan qator pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy 
rollarni o‘ynagan. 
Yangilikka  o‘ch,  tinim  bilmas  millatparvar  shoir  qi-
layotgan  ishlar  rus  bolsheviklari  hamda  ularning  ko‘nglini 
olish  uchun  o‘z  millatiga  хiyonat  qilishga  tayyor  turadigan 
manqurt mahalliy ma’murlarga yoqmaydi. Shuning uchun u 
bir  qarasangiz  Buхoroda,  goh  Хorazmda,  goh  Toshkentda, 
yana  Хorazmda,  so‘ng  Хo‘jaylida,  undan  keyin  Qo‘qon  va 
nihoyat,  1925-yilning  avgustidan  ona  yurti  Farg‘onaning 
Avval  qishlog‘ida  yashashga  majbur  bo‘ladi.  E’tibor  qilgan 
bo‘lsangiz, Hamza go‘yo surgun qilingan odamga o‘хshaydi. 
U  hamisha  Toshkent,  Qo‘qon,  Samarqand  singari  madaniy 
markazlardan  yiroqda  tutildi.  Sho‘ro  yillarida  birorta  kitobi 
nashr etilmadi. Hamma bitganlari yo qo‘lyozma holida, yoki 
vaqtli  matbuot  sahifalarida  qolib  ketdi.  Sho‘ro  hukumati 
Hamzani  atay  eng  хavfl i  joylarga,  qaltis  ishlarga  yuborar 
edi.  Aks  holda,  Farg‘ona  vodiysi  qishloqlarida  kolхoz 
(kollektiv хo‘jalik)lar barpo etish хo‘jalik ishlaridan mutlaqo 
yiroq  shoir  odamga  buyurilmagan  bo‘lardi.  Tinim  bilmas 
shoir  1928-yilda  yangi  turmushni  yo‘lga  qo‘yish  uchun 
Shohimardonga  yuborildi.  Shu  yerda  1929-yilning  18-mar-
tida  Hamza  johil  odamlar  tomonidan  vahshiyona  tarzda 
o‘ldirildi. 
*  *  *
Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni
1
,
Endi bilsam, vatan erkon
2
 bu tanlarning shirin joni.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale
3
, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano
4
,
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1
  Oni – uni.
2
  Erkon – ekan.
3
  Bale – ha, to‘g‘ri.
4
  Ano – ona.


18
Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani,
Og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo
1
 siring chiqsin qani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Essiz, essiz tug‘gonlaring
2
 ko‘z yumib o‘q otib sani,
Bog‘lab qo‘ling, boyonlara
3
 ne oldilar sotib sani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
San onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da,
O‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Bilguvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
Bilmam nelarga aldanub Tangri buyrug‘in tutmadi
4
.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Bilimsizlar anglashmadi, oh-u voying tinglashmadi,
Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq
5
, o‘nglashmadi.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni
6
 o‘tinur,
Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon
7
 tonurg‘a tutinur.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1
  Og‘lo – yig‘la.
2
  Tug‘gonlaring – tug‘ganlaring, bolalaring.
3
  Boyonlara – boylarga.
4
  Tangri buyrug‘in tutmadi – Tangrining buyrug‘ini bajarmadi.
5
  O‘ng‘aylamoq – tuzatmoq, o‘nglamoq.
6
  Kechmog‘lig‘ingni – kechirmoqligingni.
7
  Chandon – juda, yaqindan. 


19
1. She’r  birinchi  to‘rtligining  ilk  ikki  qatorini  qayta  o‘qing. 
Unda «Vatan» so‘zining ma’nosini tushunmagan kishi ho-
lati qanday ifodalanganini izohlang.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish