Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/156
Sana22.06.2021
Hajmi1,65 Mb.
#73381
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
Adabiyot 7(@Kitob ulashaman bot)

XAYR  ENDI,  RA’NO!
Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham 
jasur roq  shaxslarni  ko‘p  uchratamiz.  Shuning  bilan  birga 
ularni,  naqadar  kuchli  irodaga  molik  bo‘lmasinlar,  yana 
hissiyotlarga  mag‘lub  ko‘ramiz.  Masalan:  hikoyamiz 
qah ramoni  Ra’noning  jasorati,  xonga  qarshi  isyoni,  hat-
to  ma’yus  qolgan  Anvarni  yo‘lga  solishi  –  o‘z  zamonasi 
uchungina emas, biz ning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi 
tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir. Lekin irodasi 
kuchli shu Ra’no hozir yana hissiyoti qo‘lida mag‘lub edi.
Bu kecha Anvar og‘asi bilan kengashib, shu kunlar mi-
yonasida  Toshkand  ketishini  o‘ziga  jazm  qildi,  Ra’noga 
ham Qo‘qon bilan vidolashish og‘ir sezilmadi. Ammo ma-
sala  qat’iy  hal  qilingach,  Ra’noda  bir  tarafdan  qo‘rqinch, 
ik kinchi tarafdan qiziq yana bir jasorat tug‘ildi: kampir bi-
lan birgalashib ota mahallasiga borar emis h; o‘zi birovning 
yo‘lagida  turib,  kampir  orqali  onasini  aytdirib  chiqar 
emish!
Tuni bilan shuni o‘ylab chiqqan Ra’no, ertalabdan beri 
Anvarni  xafa  qilar,  o‘z  so‘zida  isror
1
  etar  edi.  Kichkina 
huj raning  sandalida  qarshima-qarshi  o‘ltiruvchi  Anvar  va 
Ra’no bir-birisidan o‘pkalik qiyofatda edilar.
– Hissiyotga qattiq berilibsan, Ra’no... Har qadamingda 
seni bir falokat kutadir, menga qolsa ayamga ham ishonib 
bo‘lmas.
– Paranji ichida borgan Ra’noni tanish uchun hech kim-
da karomat yo‘q; ayamga nega ishonib bo‘lmasin?
– Sen qochgan, ayangning obro‘sini to‘kkan qizsan...
–  Hech-hech...  Ayamning  ko‘nglini  men  yaxshi  bila-
man, ayam siz o‘ylagan xotinlardan emas hech!
–  Yaxshi,  yo‘lda  ham  seni  hech  kim  tanimasin,  kam-
pir ham ayangni aldab olib chiqsin, ayangning o‘ziga ham 
1
  Isrоr – qat’iylik, o‘jarlik. 


288
isho n aylik;  yana  har  holda  mening  uchun  shu  qasdingdan 
kech sang nima bo‘ladir, Ra’no? Biz Toshkentga borib yet-
gan  kunimizoq,  sog‘ligimizni  va  uzrimizni  aytib,  xat  yo-
zarmiz-ku, jonim!
Ra’no  javob  berish  o‘rniga  birdan  yig‘ladi,  ancha  vaqt 
ko‘zyosh to‘kib turdi.
– Balki men... ayam bilan abadiy ko‘rishmasman!
– Hay, Ra’no, Ra’no, – dedi Anvar. – Xudoyor yuz yil 
yashaydi, biz Toshkentda o‘lamiz, deb o‘ylaysanmi? Xayr, 
ko‘p  bo‘lsa  Xudoyor  yana  besh  yil  yashasin,  vaholanki, 
uning zulmi shu yo‘sin davom etganda, biz chamalagan bu 
fursat ham ko‘p; zero, zulm naqadar kuchaysa, uning umri 
shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir. Agar shun-
gacha ham sabring yetmasa, boshqa cho rasi topilar, Ra’no, 
masalan, ayangni Toshkentga chaqirarmiz yoki biroz eskit-
gandan  so‘ng  Qo‘qonga  o‘zimiz  ham  kelsak  bo‘ladi.
Ra’no javobsiz yana ko‘zyoshini to‘ka berdi, bu holdan 
siqilgan Anvar Ra’noga biroz qarab turdi:
–  Xo‘p,  yig‘lama.  Hali  bir-ikki  kunsiz  yo‘lga  chiqol-
masmiz;  bu  kun  kechasi  akam  kelsa,  erta  bozorga  chi qib 
yo‘l  hozirligini  ko‘rsa,  har  holda  birisi  kun  kechqurun 
jo‘nashimiz  ham  aniq  emas.  Binobarin,  sen  oshiqmasang 
ham  bo‘ladi.  Undan  so‘ng,  sening  o‘ylagan  yo‘ling  juda 
qaltis, bu to‘g‘rida boshqacharoq tadbir toparmiz...
Ra’no  indamadi,  bir  entikib  orom  havosini  yutdi  va 
ro‘moli bilan ko‘z yoshisini quritdi. Anvar o‘pkalik iljayib, 
Ra’noni  yandi.  Ular  shu  holda  ekan,  hujra  devori,  ko‘cha 
tarafdin,  uch-to‘rt  qayta  gurs-gurs  urildi.  Ikkisining  ham 
qu loqlari  dikkayib  bir-birisiga  savol  nazari  yubordilar...
–  Begona  kishi  emas,  –  dedi  birozdan  keyin  Anvar.  – 
Men  Safar  aka  bilan  kunduzi  devor  urishni  shart  qilgan 
edim... Sen chiqib kampirga ayt, eshikni ochsin.
Ra’no  hujradan  chiqdi.  Biror  daqiqadan  keyin  hovli 
sahniga bir necha oyoqlar kirdi. Bemahal yo‘qlashdan An-


289
varning  ko‘ngli  g‘ash  tortib,  keluvchini  Safar  aka  bo‘lar 
deb  o‘yladi.  Hujra  eshigi  ochilib,  ichkariga  biri  orqasidan 
biri  –  Qobilboy  bilan  Safarboy  kirdilar.  Anvar  yana  ang-
lashilmovchilik  ichida  qoldi,  Safar  akaning  tinchsiz-haya-
jonli  ko‘zi  Anvar ning  il  garidan  ko‘rib  qo‘ygan  bir  necha 
ehtimollarini  xotirlatib,  ularga  joy  ko‘rsatdi.
–  Vaqtsiz  yo‘qlashlaringiz  sababsiz  bo‘lmas,  –  dedi  to-
vushini  sekinroq  chiqarib  Anvar.  –  Bizdan  xabar  topgan-
larmi?
Safar hamrohiga qarab, ikki qo‘lini qovushtirib yenglari 
ichiga oldi.
– Yo‘q...
– Sultonalini qamaganlarmi?– deb yana so‘radi Anvar. – 
Qamaganlardir!
Safar va Qobil bir-birlariga qarashdilar.
–  Shunday,  mirzam,  shunday...  Bizlar  juda  hayron 
bo‘lib qoldik-da.
Anvarda qonsizlanish va kiprik ostlarida harakat ko‘rildi.
– Zarari yo‘q, qutqaramiz... Qachon qamaganlar?
–  Kecha  kechqurun...  Boya  bizning  uyga  Sultonali ning 
xoti ni  kelgan  edi,  men  shundan  eshitdim.  Uning  ustiga  
aka ngiz borib qoldi...
– Siz kimdan eshitdingiz, aka?
Jarchi  xabarini  va  bu  to‘g‘rida  o‘rtoqlari  bilan  bergan 
qarorni Qobilboy so‘zladi. Anvar og‘asining so‘zini jiddiy 
eshit ib, bir necha vaqt o‘ylab o‘tirdi.
–  Siz  va  o‘rtoqlaringizning  hamiyatlaringizga  rahmat... 
Lekin  bu  yo‘l  bilan  Sultonalini  qutqarish  qiyinroq,  balki 
mumkin  ham bo‘lmas,  deb  o‘ylayman!
–  Agar  biz  uning  qamalgan  joyini  bilsak,  nima  uchun 
mumkin  bo‘lmasin,  Anvar?  O‘rtoqlarim  yuraksiz  yigitlar 
emas, bu yog‘idan xotirjam bo‘ling!
–  Rahmat!  Albatta,  bu  jasoratni  yuraksiz  kishilar  qilol-
mas. Mening bu jasoratga umidsiz qarashim sababi shuning 
10 – Adabiyot, 7-sinf.


290
uchunki, bunday shartlik va nozik habslar
1
 aksar o‘rdaning 
o‘zidagi ovoqqa
2
 qamalguvchi edi.
– O‘rdaga  kirish  qiyinmi?
Anvar bosh chayqadi.
–  Hech  mumkin  emas,  tun  bo‘yi  ellik  nafar  yigit  o‘rda 
qo‘rg‘oni ostidan aylanib turadi.
Qobilboy ma’yus Safar bo‘zchiga qaradi. Safar bo‘zchi 
zo‘r  berib  mo‘ylovini  tishlab,  uzar  edi.
– Zindonga qamagan bo‘lsalar, ebi bor ekan-da, taqsir.
–  Ebi...  Zindonga  qamashlari  ehtimoldan  uzoq,  Safar 
aka.
Yana bir necha fursat sukutda qoldilar. Qobilboy har on 
to‘ppisini qayirib, boshini qashir edi. Anvar sandal ko‘rpasi-
dagi  bir  ipni  uzib  olmoqchi  bo‘lgandek  qo‘lini  siltar  edi.
– Zindondan xabar oldirishimiz kerak ekan-da, Anvar?
– Xabar olinsa... bo‘ladi.
Qobilboy  Anvardan  shu  javobni  olib,  Safar  bo‘zchiga 
yuz o‘girdi:
–  Mirzoning  uyiga  bir  kishi  yuborsak-da,  uning  xotini 
eriga  taom  keltirgan  bo‘lib  zindonga  borsa...  Shu  qanday 
bo‘lar ekan, Safar aka?
– Ma’qul, uka, ma’qul.
– Sizga-chi, Anvar?
Anvar «to‘g‘ri» ishorasini berdi.
–  Boyagi  andishamizni  ham  aytib  o‘taylik,  –  dedi  Qo-
bilboy.
–  Biz  yo‘lda  bir  to‘g‘ri  mulohaza  qilib  keldik,  Anvar. 
So‘zning  rosti  shuki...  Bu  uydan  hozir  ketsangiz  ma’qul. 
Harchi  odam  bolasi-da.  Haligidek,  joni  ko‘zga  ko‘rinib, 
iqror bo‘lib qo‘ysa...
Anvar bosh chayqab kulimsiradi.
– Sultonali bunday odam emas, bundan xotirjam, – dedi 
1
  Habslar – qamaluvchilar, mahbuslar. 
2
  Оvоq – avaxta, maxsus qamоq. 


291
Anvar  qanoat  bilan  va  biroz  o‘ylab  turdi...  –  Ammo  Sul-
tonalining  xotini  to‘g‘risida  biroz  xavfl iroq;  xotin  kishi 
erim  ni qutqaraman, deb nodonlik qilsa, ish rasvo...
Safar  bo‘zchi  boya  Sultonalining  xotini  kelganda,  Qo-
bilboyning niyatini eshitib xotirjam bo‘lganini so‘zladi.
–  Juda  yaxshi  qilingan,  rahmat...  Hali  uning  uyiga  ki-
shi yuborsangiz yana uqtirish, xotirjam qilish kerak; shun-
day ishon tirilsinki, erta peshingacha erining ozod bo‘lishiga 
shubhasi qolmasin, hatto uni bu yo‘sin aldasa ham bo‘ladi. 
Erta  bilangacha  qutqarilsa  xub,  qutqarilmasa,  Anvarning 
o‘zi  borib  qutqarar  emish;  agar  sen  shungacha  sabr  qil-
masang, eringning yana jazoga tortilishiga sabab bo‘lasan, 
deyilsin!
– Xub, mirzam, xub!
–  Sizga  yana  bir  xizmat,  Safar  aka,  –  dedi  Anvar.  Sa-
far hozirlik ishorasini qilib, engashib oldi. – Xizmat shuki, 
si ng  lingiz men bilan birga turmasa, siz olib ketsangiz...

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish