Havоdis – hоdisalar, vоqеalar.
2
Tunqotar – tungi soqchi.
3
Sabnоma – so‘kib, tahqir qilib yozilg‘an xat (mual.).
4
Maоl – mazmun, ma’nо.
273
– Bu hammasi Sultonali bilan Anvarning o‘yunidir, deb
o‘ylayman... Bu andishamga bir necha sabablar ham bor.
Janoblardan maхfi y emasdirkim, biz o‘zaro qanday yaqin
bo‘lsaq, Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin
do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini
cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani
qanday tushundilar ekan.
Shahodat mufti Kalonshohka qarab qo‘ydi, Kalonshoh
parvosizroq ko‘rinar edi. Orada yana bir necha vaqt sukut
hukm surdi.
– Sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa
ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fi k -
ri ngiz ham ehtimoldan ba’id
1
emas.
– Sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrang-
ni qilsa mumkin emasmi, domla? – deb kuldi Abdurah-
mon. – Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi
Anvar ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir,
boshqa tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sulton-
alining ham hayoti tahlika ostida turadir... Bas, shu hol-
da bu nayrang to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani
Sultonalining amniyati
2
talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men
g‘ayraz
3
qanday mantiqqa suyana olamiz?
Shahodat mufti o‘rnidan turdi, Abdurahmonning yoni-
g‘a kelib, orqasini qoqdi:
– Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Seni tuqqan onangga va
o‘qutqan ustozingga rahmat.
Abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. Shahodat
mufti unin g aqlig‘a tahsin o‘quy-o‘quy, nos chakib o‘z
joyig‘a o‘lturdi.
– Mulla Kalonshoh-a, shu gap bizning aqlimizg‘a aslo
kelmabti-da?
1
Ba’id – uzоq.
2
Amniyat – tinchlik, daxlsizlik.
3
G‘ayraz – bоshqa.
274
Shahodat muftining хursandligiga qo‘shulmay, tund
o‘lturg‘uchi Kalonshoh, parvosiz qo‘lini olovg‘a isitdi.
– Men shu andishani ham qilg‘an edim, – dedi birozdan
keyin Kalonshoh, – lekin aqlim bovar
1
qilmag‘an edi va
hozir ham bu fi krga qo‘shila olmayman.
– Sabab?
– Bois shulki, Sultonali Anvarga suiqasd qilmag‘anda
ham unga hech gap yo‘q edi. Ammo ul хong‘a qarobat
2
ho-
sil qi lish uchun aztahi dil
3
Anvarning qasdig‘a tushkankim,
bunda shubha yo‘q.
O‘zgalar tarafi dan so‘zlangan fi kr yoki bahs har qan-
cha man tiqiy bo‘lg‘anda ham Kalonshohning qarshi chiqish
fe’li bor edi. Uning bu fe’liga yaхshi tushunib qolg‘an Sha-
hodat mufti bosh chayqadi.
– Biz yanglishamiz.
Kalonshoh yana yuqoridag‘i so‘zini takrorladi:
– Bachi ma’ni
4
yanglishamiz? Mulla Abdurahmonning
o‘zi ham o‘ylab ko‘rsin, basharti Sultonali do‘stliq yuzasi-
dan Anvarni qochirib yuborg‘anda ham unga hech bir zarar
yo‘q edi. Bas, Sultonalining hamma harakati to‘g‘ri, An-
varga хiyonat qilishi mansab umidida ekanligi shubhasiz.
Orada o‘z fi kriga qarshi shuncha raddiya o‘tsa ham
parvosiz, go‘yo muroqabada
5
o‘lturg‘uchi mulla Abdurah-
mon yana iljayib bosh ko‘tardi.
– Sultonalining Anvar bilan ati-qatilig‘i o‘rdada har
kimga ma’lum-ku, domla. Basharti o‘z uyida turg‘an
Anvar ning хiyonati to‘g‘risida o‘zini tag‘ofulg‘a
6
sol-
sa, mardumning ko‘ngliga nima gap kelar edi, ayniqsa,
janob
laringiz qanday andishaga tushar edingiz... Ojizning
fi k rimcha, ul nayrangbozlar bir o‘q bilan necha qushni
1
Bovar – ishonch, ishonmoq.
2
Qarоbat – yaqinlik.
3
Aztahi dil – astoydil.
4
Bachi ma’ni – nega, nima uchun?
5
Murоqaba – mushоhada qilish.
6
Tag‘ofulg‘a – bilmasga.
275
urg‘anlar, masalan, janobga Sultonalining sadoqati zohir
bo‘ldi, sarmunshiylik vazifasiga beozor o‘lturib oldi va
uchunchidan, mardum ko‘zini bo‘yadi.
– Baharhol... baharhol Anvarga qarshi chiqmag‘anda
ham Sultonalini na хon va na biz ayblay olar edik.
– Хo‘sh?
– Хo‘sh-po‘shi yo‘q, – dedi qizishib qolg‘an Kalon-
shoh, – biravning ustiga qo‘yish uchun, shar’an shohid-
lar lozim, da’voni isbot qilish kerak... Хaх-хaх-хaх, sen
falonchi gunohkor bilan do‘st eding, deb kishini ayblash.
Masalan, ushbu da’voni qilg‘uchi o‘zingiz ham ularning
maslahati ustida bo‘lmag‘ansiz; faqat shundaymikin, de-
gan mulohazada so‘zlaysiz, holbuki, sizning so‘zingizning
shar’an to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka...
Kalonshoh juda qizishib ketdi, «shar’an so‘zingizning
to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka» tahqiri bilan mulla Abdurah-
mon ham bo‘zarib oldi.
– Menim so‘zim bir mulohaza, taqsir, mulohaza shar’an
isbotka buyurilmag‘an. Hokazo, o‘zingiz aytkancha, go‘yo
masnad
1
uchun jon otib yurg‘an Sultonalining zohir
2
hara-
katiga ham ishonib bo‘lmaydir.
– Shuning kabi, siznikiga ham vusuq
3
yo‘q.
– Men aytayapman-ku...
Janjalning kattaga ketishini fahmlagan Shahodat mufti
Abdura hmonning so‘zini bo‘lib, orag‘a tushdi:
– Bahs nima hojat? Mulla Kalonshohniki ham to‘g‘ri,
sizniki ham haqiqat... Ammo hozirgi masalamiz qaysi fi kr
to‘g‘rilig‘i ustida emas, qaysi yo‘l bilan Sultonalini bu
o‘rundan olib tashlaymiz borasida.
Ko‘b yillardan beri birga yurib, o‘z ruhiga tushunib
qolg‘an Shahodat muftining bu so‘zi bilan Kalonshoh
ozg‘ina yorishdi.
1
Masnad – martaba.
2
Zоhir – оshkоra, оchiq.
3
Vusuq – ishоnch.
276
– Ana bu boshqa masala, – dedi, – mulla Abdurahmon-
ning fi krini to‘g‘rimi, egrimi, surishtirmay, unga faqat bir
tadbir deb qarasangiz, bu boshqa gap, ammo mahzi haqi-
qat
1
, deb bilish bus-butun хato.
Shahodat mufti bu masalani yopib, ikkinchi tarafka
o‘tishka shoshildi. Chunki Abdurahmon yana bir iljayib
ikki og‘iz so‘z aytsa Kalonshohning og‘zini tikish og‘ir
oshar, Shahodat mufti buni yaхshi onglar edi.
– Хalos, хalos, – dedi mufti. – ...Ammo mulla Abdu-
rahmon mulohazasining qiymati shundakim, Sultonali
muammosini tez hal qilsa bo‘lur.
Muftining siforish
2
so‘zlashi bilan Kalonshoh juda
ham o‘ziga kelib qoldi va «halli
3
qanday» deb yovoshqina
so‘rab ham qo‘ydi.
– Halli oson, juda oson, – dedi mufti. – Biz mulla Abdu-
rahmonning mulohazasi ayni bilan janobga bir ariza yoza-
miz, хolos.
Mulla Abdurahmon namoyishkor Kalonshohga qarab,
o‘ng qo‘li bilan manglayini qashidi... Ammo Kalonshoh
qanoatlanmagandek qilib bosh chayqadi.
– Хon Sultonalining sadoqatiga qanoat hosil qilg‘an,
yana shu holda bu arizaga ishonarmidi?
– Agar haqiqatni aytilsa, хon o‘zidan boshqa hech kim-
ga e’timod
4
qilmaydir, – dedi mufti, – хayr, Sultonaliga
e’timod qo‘yg‘an ham bo‘lsin, yana bu taqdirda ham biz
arizani yoza beramiz. Nega? Agar ishonsa, Sultonalini
o‘rdadan haydar, ishonmasa, yana bizga nima zarar? Bu
gap sizga qanday o‘хshaydi, mulla Abdurahmon?
Abdurahmon ko‘zini katta ochib, to‘g‘ri topqan kabi
bosh irg‘atdi.
– Arizamiz o‘runlasa ko‘b yaхshi, bil’aks, o‘rdadan
o‘zimiz haydalurmiz, – dedi Kalonshoh.
1
Mahzi haqiqat – faqat to‘g‘ri gap.
2
Sifоrish – mеhribоnlik, hurmat.
3
Halli – hal qilinishi.
4
E’timоd – ishоnch.
277
– Nima uchun? – deb so‘radi mufti.
– Aхir arizani kim berganligi ma’lum-ku.
– Yo‘q, – dedi mufti. – Biz ariza ostig‘a imzo qo‘y-
mag‘aymiz, Kalonshoh.
– Imzosiz ariza mu’tamad
1
bo‘lmas.
– Mu’tamad bo‘lsin-bo‘lmasin bizga nima zarar? Ba-
harnav’ shu ehtimolni хonning qulog‘iga yetkarsak bas-da,
Kalonshoh.
– Kimning dastхati bilan yozasiz?
– Bu oson, siz bunisidan хotirjam bo‘ling, Kalonshoh!
Kalonshoh noiloj ariza yozishqa rog‘ib
2
bo‘ldi. Ariza-
ning shu majlisda, mulla Abdurahmon huzurida yozilishi
muvofi q ko‘rinib, mufti tahrirga o‘lturdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |