Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171
Bog'liq
7aaada

Girdibod
 – pastdan yuqoriga tikka esadigan quyun, o‘rama.
3 – Adabiyot, 7-sinf.


66
qovjirataman,  suvsizlikdan  qaqrataman,  mening  qay noq 
shamollarim  qashqirdan  yomon,  timdalab-titaman,  degan-
dek  bo‘lardi.  Me’mor  Horunbekka  qaradi.  –  Huv  anavi 
tomonga  qarang,  u  girdibod  emasmi?
–  Girdibod!  –  dedi  Horunbek.
Ikki  malla  ustun  falakka  bo‘y  cho‘zib  buralardi.
–  Qiblanamoga
1
  qarang,  u  qaysi  tomon?
–  Mag‘ribi  shimol,  –  dedi  Horunbek  belbog‘idagi  jez 
qiblanamoni  kafti  ustiga  qo‘yib.  –  Bu  yo‘llarda  ko‘p  yur-
ganman.  Aksar,  mana  shu  Karki,  Xalach,  Saqar  yo‘lida 
bo‘ron  bo‘lardi.  Shu  yerlarda  bir  gap  bor.  Yumronlar ning 
daryo  tomonga  yugurishida  ham  bir  gap  bor.  Ishqilib, 
o‘zi  asrasin.
Olisda  falakka  ustun  bo‘lib  turgan  ikki  girdibod  orqa-
sida  yana  «ustunlar»  paydo  bo‘ldi.  Arava  g‘ildiraklari 
ostida  shuvullab  oqayotgan  qumlar  qolib,  Me’mor  olis-
olislarda  gir  aylanib,  qum-u  yantoqlarni  osmonga  olib 
chiqayotgan  girdibodlardan  nigohini  uzmas  edi.  Besh-olti 
«minora»  falakka  bo‘y  cho‘zib,  osmonga  to‘zon  purkardi. 
Ular  gala  minora larga  o‘xshab  ketardi.  Oldingisi  Minorai 
kalonga  o‘xshasa,  orqadagilari  Hirotdagi  gala  mino raga, 
ba’zan  Mirzo  madra sasining  ikki  «guldasta»siga  ham 
o‘xshab  ketardi. 
Uning  ko‘z  oldiga  Nizomiddin  keldi  –  ajdar  komiga 
yang lishib  ketgan  bolam  butun  bir  saltanatga  qarshi  ta-
yoq  bilan  jang  qilmoqchi  bo‘lgan  edi.  Sen  qaltis  tashla-
gan  qadam ning  qurboni  bo‘lib  qora  yerda  yotibsan!  Shu 
lozimmidi?  Bir  to‘da  yigit  Mag‘ribdan  Mashriqqacha  yet-
gan,  lak-lak  lashkari  bo‘lgan  saltanatni  qulata  olarmidi-
ngiz!  Saltanat  bilan  o‘ynashishning  oqibati  mana  shu-
naqa!  Bu  ishni  biz  qilsak  mayli  edi:  yoshimizni  yashab, 
oshimizni  oshaganmiz.  Biz  hamma  qabihliklarni  ko‘rdik, 
podshohlarga  yaqin  yurmoq  ajdarga  yaqin  yurmoqdan 
1
 
Qiblanamo
 – kompas.


67
xavfl i ekanini bilardik. ...Siz, hali hech narsani ko‘rmagan 
g‘o‘r  go‘daklar,  chalg‘ib  ajdar  komiga  lahm  etdek  kirib 
ketdingiz!  Polapon  vaqtingizdayoq  yorug‘  dunyodan  ket-
dingiz!  Ana  shunga  kuyaman! 
Ba’zan  shunday  uzundan  uzun  o‘ylar  Me’morni  qur-
shab  olsa,  u  bir  muddat  nasha  elitgan  odamday  bir  nuqta-
ga  tikil ganicha  xayol  surib  qolardi.  Bunday  chog‘larda 
yonida  o‘tirgan  xotini-yu  qizini  ham  ko‘rmasdi,  u  tamo-
man  uzoq-uzoqlar da  yurardi.  Otasining  bunday  tushkun 
paytlarida  Badia  unga  xalal  bermas,  otajon,  hadeb  bun-
day  uh  tortaverish  kishini  ichdan  yemiradi,  deya  olmasdi. 
...Uch  arava  yonidagi  otlar  bilan  Jayhunning  chap 
yonida  qumliklar  ichida  borardi.  Karkidan  chiqqandan 
so‘ng  oqshomga  qolmay  yetib  borishlari  mumkin  bo‘lgan 
Xalach  negadir  juda  olis  bo‘lib  ketdi.  Olisdagi  sarg‘ish 
chang  va  girdibodlar  karvonga  yaqinlashib  kela  boshla-
di... 
Ko‘p  o‘tmay,  arava  g‘ildiraklari  tagidagi  qumni  uchi-
rayotgan  shamol  endi  g‘uvullab  bo‘ronga  aylanib,  arava-
larni  sariq  chang  o‘ray  boshladi.  Otlar  ham  pishqirib,  be-
toqat  bo‘lar,  tuyoqlari  qumga  botib  ketardi.  Arava  soya-
bonlariga  shitirlab  urilayotgan  qum  ichkaridan  yomg‘irni 
eslatardi;  qani  endi  qum  bo‘roni  emas,  shovullab  yomg‘ir 
yog‘sa,  deb  o‘ylardi  Badia. 
Horunbek  otning  jilovini  tortib  aravani  to‘xtatdi,  sal 
ishoraga  mahtal  bo‘lib  turgan  ot  jonivorlar  ham  dar-
hol  joyida  to‘xtadi.  Oldingi  ot  qattiq  pishqirdi.  Boshqa 
aravalar  ham  odatdagidek  oldingi  aravaga  yaqin  kelib 
to‘xtashdi.  Yigitlar  aravalardan  tappa-tappa  sakrab  tu-
shishdi.  Ular  g‘uvullab  uchayotgan  bo‘ron  ichida  bir-bir-
larini  arang  ko‘rishardi.  Avvaliga,  cholga  bir  nima  bo‘ldi, 
deb  xayol  qilgan  Zulfi qor  bilan  Zavrak  yugurib  kelib  us-
todga  qarashdi,  yo‘q,  ustod  ham,  Badia  ham,  Ma’suma 
beka  ham  yaxshi  o‘tirishardi.  Shogirdlarining  bezovta 
bo‘lganini  sezgan  Me’mor...  yo‘lning  eng  mashaqqat-


68
li  joyi  shu,  daryodan  o‘tgandan  keyin,  undan  u  yog‘i  – 
Movarounnahr,  «dunyodagi  eng  go‘zal  mamlakat»  ekanini 
aytib,  ularga  taskin  berdi.  Shogirdlar  cholning  dalda  be-
rayotganini  sezib,  ichdan  kulib  qo‘yishar,  chalg‘itayotgan 
bo‘lsa  ham  ustozning  o‘zi  bardam  ekanidan  mamnun  edi-
lar.  G‘avvos  Muhammad  ham  ulardan  bir  qadamcha  narida 
ustodiga  javdirab  qarab  turardi.
– Nima qilaylik? Shu yerda to‘xtaymizmi yoki yuravera-
mizmi?  –  Me’mor  yo‘ldoshlariga  murojaat  etdi.
–  Yurib  bo‘lmaydi!  –  dedi  bir  damlik  sukutni  buzib 
Horunb ek.
–  Daryoga  yaqinroq  boramizmi?  –  so‘radi  Badia  qum 
kirgan  ko‘zlarini  uqalab.
–  Bu  juda  xavfl i,  –  dedi  Horunbek.
−  Bo‘lmasa  joyimizda  turaveraylik,  –  dedi  Me’mor.
–  Otlarni  chiqarib,  arava  g‘ildiraklariga  mahkam  bog‘-
lash  kerak.  Bo‘ronning  tezda  o‘tib  ketishiga  ko‘zim  yet-
maydi,  –  dedi  Horunbek,  –  uch-to‘rt  kunlab  bo‘lganini 
ham  bilaman!  Ishqilib,  tez  o‘tib  ketsin.
–  Horunbek,  girdibodlar  uzoqda  edi,  mana  bu  tomonga 
yaqinlashyapti,  –  dedi  Me’mor.  –  Bu  yerdan  ham  tez  o‘tib 
ketadi.  Qo‘rqmaslik  kerak.  Lekin  otlarning  xashaklarini 
arava  tagiga  olib  kirish  lozim!  Bo‘ron  uchirib  ketishi  tur-
gan  gap.
–  Oxirgi  aravadagi  namatlarni  olib,  g‘ildiraklarga  yo-
ping lar,  –  dedi  Horunbek,  –  hammamiz  aravalarning  ta-
giga  kirishimiz  kerak!
G‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan beri 
xashag-u  bedalarni  arava  tagiga  olib  kirib,  g‘ildiraklarga 
namat  yopishdi.  Badia  bilan  Ma’suma  beka  arava  tagiga 
kirib  yashirinishdi.  Bir  muddatdan  keyin  Me’mor  ham 
arava  tagiga  kirdi.
Bo‘ron g‘uvullab esar, namat-u chodirlarni pirpirak qilib 
uchirib  ketmoqchi  bo‘lar,  aravalarni  silkitar,  g‘ildiraklarga 
bog‘log‘lik  otlar  oyoqlarini  kerib,  qimir  etmay  turishardi. 


69
Xalach  bo‘roni!..
Xurosondan  Samarqand-u  Buxoroga  qatnaydiganlar-
ga  bu  yerning  fe’li  juda  ma’lum,  ammo  eng  yaqin  yo‘l 
shu  bo‘l ganligi  tufayli  yo  Karki,  yo  Xalachga  bormaslik 
va  Jayhun dan  o‘tmaslikning  iloji  yo‘q.  Aravalar  tagiga 
kirib,  qum  bo‘ronidan  jon  saqlagan  Me’mor  va  Horun-
beklar  xayolida  uch-to‘rtga  bo‘linib,  limillab  oqayotgan 
daryoning  narigi  tomonidagi  Xo‘jaabbos  shaharchasi 
va  undan  Tollimarjonga  chiqib  olish  tashvishi  turardi. 
Lekin  kutilmaganda  boshlanib  qolgan  Xalach  bo‘roni 
ularni  daryo  bo‘yiga  ham  yetkazmay,  qum  ostida  taqqa 
to‘xtatdi.  Me’mor  g‘ildirakka  yopil gan  namat  orasidan 
uzoq-uzoqlarga  boqardi;  hamma  yoq  sariq  chang,  ammo 
g‘arb  tomonda  falakka  ustun  bo‘lib  turgan  girdibod-
lar  ancha  yaqin  kelib  qolgan  edi.  Uning  ko‘zlariga  bu 
«ustun»lar  orasidan  moviy  gumbazlar  ko‘rinib  ketganday 
bo‘ldi.  Falakka  bo‘y  cho‘zgan  allaqanday  buyuk  qasr 
ro‘parada  namoyon  bo‘lib,  Me’morning  xayolini  olib 
qochdi.  U  xayol  ichida  aravalarni,  namatlarni  tortqilab, 
g‘uvullayotgan  Xalach  bo‘ronini  sezmas,  uning  ko‘z  oldi-
da  girvat-u
1
  bo‘ron  kashf  etgan  mislsiz  bir  qasr  turardi. 
Bu  qasr  o‘zining  ulkan  ravoq-u  «guldasta»lari,  gumbaz-u 
darvozalari  bilan  Oqsaroydan  ham,  Bog‘i  Jahonoro  qas-
ridan  ham  buyuk  edi. 
Badia  chidab  turolmay,  otasini  turtdi:
–  Suv  beraymi,  ota?  –  Chol  o‘ziga  keldi.
–  Yo‘q,  suv  ichmayman!  –  dedi  Me’mor,  –  buni 
qara,  qizim,  meni  xayol  olibdi;  mana  shu  tomonda  bir 
kat ta  qasr  solingan  emish...
Me’mor  so‘zini  davom  ettirdi:
–  Qum  tepaliklarini  ham  tamoman  unutibman.  Mana 
shu  tomonda  juda  katta  qasr  turibdi.  Xudoyi  taolo  me-
ning  dilimga  yana  bir  katta  qasr  bino  etishni  solyapti. 
Men  bu  qasrni  aniq  ko‘rdim.  Ha,  bu  tush  emas,  shundoq 
1
 
Girvat
 – quyun, o‘rama.


70
kuppa-kunduzi,  uyg‘oq  turganimda  ko‘rdim.  Bo‘lmasa, 
kelib-kelib  shu  sahroda  qasr  ko‘ramanmi!  Yo  tavba!
Badia  ham,  Ma’suma  beka  ham,  Horunbek  ham  yarim 
qorong‘i  arava  tagida  Me’morga  jim  qarashdi.
–  Badia  qizim,  shogirdlarimdan  birini  chaqirib  berol-
maysanmi?  Daftarini,  toshqalam  bilan  jozvarini
1
  ham  ola 
kelsin.
–  Men  chaqiraman,  –  dedi  darhol  o‘rnidan  qo‘zg‘alib 
Horunbek.
–  Sizga  nima  bo‘ldi,  otasi,  –  dedi  Ma’suma  beka,  – 
shundoq  paytda  daftar-qalam  nimasi?!
–  Xudo  dilimga  soldi,  o‘sha  buyuk  qasrni  o‘z  ko‘zim 
bilan ko‘rdim, onasi, bir amallab chizib olamiz. Yodingda 
bo‘lsa  kerak,  «Mirzo»  madrasasi  ham  shundoq  bo‘lgan 
edi.  Yoddan  ko‘tarilmasligi  uchun  ba’zi  yerlarini  qayd 
qilib  qo‘yamiz.
Bo‘ron  tinimsiz  guvullab  turganida  yonginadagi  arava 
tagidan chiqib, otlarning tagidan o‘tib, Zulfi qor bilan Zav -
rak  emaklab  kirib  kelishdi.  Ularning  orqasidan  G‘avvos 
Muhammad  ham  kirmoqchi  edi,  ichkariga  sig‘madi. 
Horunbek  bilan  G‘avvos  aravaning  sirtida  cho‘kka  tu-
shib  o‘tirib,  boshlarini  ichkariga  tiqishgan  edi.  Bu  holat 
Badiada  kulgi  qo‘zg‘adi:  u  onasi  pinjiga  suqilib  Zul-
fi qordan  nigoh  uzmay,  tikilardi.  Zulfi qor  ustodga  yaqin 
o‘tirib,  qo‘ynidan  keng  va  qalingina  daftarini  olib,  tiz-
zasiga  qo‘ydi.  Toshqalamni  Me’morga  uzatdi.  Zavrak 
Me’morning  daftar  sahifalariga  tortayotgan  chiziqlaridan, 
handasaviy
2
  o‘lchovlaridan  ko‘z  uzmasdi.
–  Sizlarni  bezovta  qildim-a?
–  Bemalol,  ustod.
–  Xudo  dilimga  shu’la  soldi,  buni  qaranglar,  bir  yax-
1

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish