Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
Bog'liq
7aaada

Mirmuhsin
(1921–2005)


57
«Vatandoshlar»,  1959-yilda  «Irmoqlar»,  1960-yilda  «Qalb 
va  falsafa»,  1964-yilda  «She’rlar»  nomli  she’riy  kitob-
lari  bosilib  chiqqan.  Shoir  bir  qator  dostonlar  ham  yarat-
gan.  Chunonchi,  «Usta  G‘iyos»  (1946),  «Do‘nan»,  «Ya-
shil  qishloq»  (1948),  «Shiroq»  (1969),  «Nevara»,  «Avesto» 
(1970)  singari  dostonlarida  qahramonlarning  ruhiyati  turli 
hayotiy  to‘qnashuv  va  kurashlar  asosida  ko‘rsatib  berilgan.
Mirmuhsin  –  o‘zbek  adabiyotida  1954-yilda  yaratilgan 
«Ziyod  va  Adiba»  ilk  she’riy  romanining  muallifi .
Mirmuhsinning  ilk  qissasi  «Jamila»  1956-yilda  e’lon 
qilingan.  Uning  1957-yilda  yozilgan  «Oq  marmar», 
1962-yilda  bitilgan  «Cho‘ri»,  1964-yilda  dunyoga  kelgan 
«Tungi  chaqmoqlar»  qissalari  xalqimiz  o‘tmishini  aks  et-
tirishga  bag‘ishlangan.  Ularda  zulm-u  zo‘ravonlikka  qar-
shi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan. 
Dunyo  miqyosida  fi krlashga  uringan  adib  Mirmuhsin  chet 
elliklar  hayotini  aks  ettirishga  qaratilgan  bir  qator  asarlar 
ham  yaratdi.  Yozuv chining  1960-yilda  bosilgan  «Chodra-
li  ayol»  hikoyalar  to‘plami  va  1979-yilda  chop  etilgan 
«Chodrali  ayol»  qissasi  chet  ellardagi  kishilar  hayotini 
ko‘rsatishga  bag‘ishlangan.
She’riyat  hamda  kichik  nasriy  janrlar  bo‘lmish  hikoya 
va  qissachilikda  muayyan  tajriba  orttirgan  Mirmuh-
sin  keng  qamrovli  roman  janrida  ham  qalam  tebratdi. 
1969-yilda  «Chi niqish»  va  «Umid»,  1972-yilda  «Deg-
rez  o‘g‘li»,  1974-yilda  «Me’mor»,  1977-yilda  «Chotqol 
yo‘lbarsi»,  1982-yilda  «Ildiz lar  va  yaproqlar»,  1986-yil-
da  «Temur  Malik»,  1995-yilda  «Ilon  o‘chi»,  1997-yilda 
«Turon  malikasi»  romanlari  dunyo  yuzini  ko‘rdi.  Ularda 
turli  davrlarda  yashab  o‘tgan  turli  taqdir  egalarining  ha-
yotlari  aks  ettiriladi.
Mirmuhsin  ijodiy  umrining  barcha  davrida  ham  bo-
lalar  uchun  asarlar  yozgan  adibdir.  Uning  «Sheralining 
mardligi»,  «Ovchi  bolalar»,  «Luqmon  va  O‘roqboy»  sin-


58
gari  turli  janrlar dagi  asarlarida  bolalarning  o‘ziga  xos 
hayoti  va  ruhiy  dunyosi  tasvirlangan.
Mirmuhsin  uzoq  yillik  ijodiy  faoliyati  uchun  1974-yil-
da  Hamza  nomidagi  davlat  mukofoti,  1998-yilda  «El-yurt 
hurmati»  ordeni  bilan  taqdirlangan.  Adibga  1981-yilda 
«O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi»  unvoni  berilgan.
Adib  2005-yil  2-fevralda  Toshkent  shahrida  vafot  etdi.
ME’MOR
(
Romandan parcha
)
Iste’dodli me’mor, muhtasham imoratlar qurib, go‘-
zallik yaratishdan boshqa narsani o‘ylamaydigan ijodkor 
Najmiddin Buxoriy temuriy hukmdor Shohrux zamonida 
Hirot shahriga kelib, boshkentning obodligi yo‘lida ul-
kan ishlar qiladi. Hayotning chigalligi hamda adolatsiz-
lik qurish va yaratishdan o‘zgani bilmaydigan oliyjanob 
me’mor boshiga ko‘pgina ko‘rguliklar soladi. Uning yol-
g‘iz o‘g‘li Nizomiddin saltanatga yov bo‘lgan guruh larga 
qo‘shilib, Shohruxga suiqasd qilgan 
lardan biri sifatida 
qo‘lga olinib, qatl etiladi. Endi buxo 
riy 
larning Hirotda 
qolishi mumkin emasdi. Quyi 
dagi parchada boshiga ul-
kan baxtsizlik tushib, ota yurtiga qaytayotgan me’mor 
Buxoriy kechirgan voqealar tasvir etiladi.
Tong  g‘ira-shirasida  uxlab,  hordiq  olgan  aravakash 
otlarni  sug‘orib,  aravalarga  qo‘shdi,  yo‘lovchilar  naridan 
beri  yuz-qo‘llarini  yuvib,  yo‘lga  tushib  ketishdi.
Ko‘p  o‘tmay  chinakamiga  qum  barxanlari  boshlandi. 
Andakkina  sovigan  qumlar  quyosh  ko‘tarilishi  bilan  yana 
qi ziy  boshladi. 
Qum,  qum,  qum...
Ertasiga  ham  yana  shunday  yurish;  hamma  yoq  qum, 
yo‘lning  poyoni  ko‘rinmasdi.  Ham  tolish,  ham  diqqatlik...


59
Indiniga  ikkinchi  aravada  anchadan  beri  bularga 
qo‘shilib  yo‘lga  chiqqanidan  pushaymon  bo‘lib  g‘ingshib 
kelayotgan  badavlat  xonadonning  lo‘mbillagan  o‘g‘li 
G‘avvos  Muhammad  arava  o‘rtasida  osmonga  qarab  yotib 
olib,  oh  ura  boshladi.  Zavrak  bilan  Zulfi qor  avval  uning 
bu  qilig‘ini  yashirib  kelisha yotgan  edi,  bir  damdan  keyin 
bu  holga  ko‘zi  tushgan  Badia  Zulfi qorga:  «Nima  gap?»  – 
degandek  imo  qildi.  Zulfi qor  unga:  «Hech  gap  yo‘q!»  – 
degan  ishorani  qildi.  Lekin  aslida  G‘avvos  Muhammad 
o‘z  yo‘ldoshlarini  so‘kib,  og‘zidan  ko‘pik  chiqarib,  oh 
urib  yotardi.
–  Huv,  uyat  bo‘ladi!  Bu  nima  qiliq?  –  dedi  Zavrak.
–  Sen  la’nati  meni  yo‘ldan  ozdirding,  –  dedi  baqirib 
G‘avvos,  –  bo‘lmasa  men  Hirotdan  chiqmagan  bo‘lardim! 
Nega  men  senlarga  qo‘shildim?!  Menga  nega  kerak  edi 
bu  azob?!  Sen  meni  chalg‘itding!
–  O‘zingiz  xohlab  keldingiz,  Zavrakda  ayb  yo‘q,  –  dedi 
Zulfi qor.  –  Biz,  hatto,  sizni  hisobga  qo‘shmagan  edik.
–  Siz  aralashmang!  Siz  buxoroliksiz,  yurtingizga  ket-
yapsiz!
–  Men  bu  gapni  sizni  ranjitish  niyatida  aytayotganim 
yo‘q. O‘zingizni qo‘lga oling, yigit kishisiz! Uyat bo‘ladi! 
Ikkilamchi,  bu  yengiltakligingizni  ustod  sezib  qolsalar 
xafa    bo‘ladilar!  −  dedi  Zulfi qor.
–  Siz  menga  nasihat  qilmang!  Men  bunaqa  qumda 
yurolmayman!  Sizning  oshiq-ma’shuqligingiz  uchun  men 
qumda  sarson  bo‘lib  o‘lib  ketolmayman!  Bola-chaqalarim 
bor!
–  Nodon  ekans z!  –  ded   Zulf qor  oyoqlar n   tarvaqay-
lat b  arava  o‘rtas da  yotgan  G‘avvos  Muhammad  tag dan 
t zzas n  tort b ol b. U «osh q-ma’shuq» so‘z  uchun G‘av   -
vosn ng  lunj ga  tush rmoqch   ed ,  o‘z n   tutd .
–  Foydasi  yo‘q!  –  dedi  Zavrak  Zulfi qorga  boshini 
sa rak-sarak  qilib.  –  Bu  to‘ng‘izning  shunaqaligini  bilar -


60
dim!  Ilgari  ham  bir  bor  shunaqa  qilgan...  Savdogarning 
o‘g‘li-da...
–  O‘zing  to‘ng‘iz!  –  baqirdi  G‘avvos.
G‘avvos  Zulfi qorga  ham,  Zavrakka  ham  qaramay,  os-
monga  qarab,  og‘zidan  ko‘pik  chiqarib,  oh  ura  boshladi.
–  Voy,  voy,  o‘laman...  qumlaringning  ham  padariga 
la’nat!  Meni  boshlab  olib  chiqqanlarning  ham  padariga 
la’nat!  To‘xtatinglar!!!  Aravalarni  to‘xtatinglar!  Qaytib  keta-
miz!  Men  orqaga  qaytib  ketaman!  Vo-y-oy!
Birinchi  aravada  ketayotgan  Badia  yana  Zulfi qorga  qa-
radi:
–  Nima  gap?  Nima  deyapti?  −    Zulfi qor  yelkasini  qisdi.
–  Aravakashga  aytinglar,  orqaga  qaytib  ketamiz!  Voy, 
voy,  –  dedi  yana  baqirib  G‘avvos  Muhammad.
Bu  gaplarni  eshitgan  Badia  aravakash  Horunbekdan  il-
timos  qilib  birinchi  aravani  to‘xtatdi.  U  ota-onasiga  hech 
nima  demay,  aravadan  yerga  tushdi-da,  ikkinchi  aravaga 
o‘tdi.  Aravalar  yana  yurishda  davom  etdi.  U  Zulfi qorning 
ro‘pa rasiga  o‘tirib,  otga  minib  borayotgan  Zavrakka  muro-
jaat  etdi.
– 
Nima  gap?
– Ertalabdan beri shu gap, bekam, – dedi Zavrak, – qay-
tib  ketaman,  deyapti.
–  Vo-oy,  vo-o-oy,  o‘laman!  Qumlaringning  padariga 
la’nat,  o‘laman!  Aravalarni  qaytaringlar!  Hirotga  qaytib 
keta miz!    Vo-o-oy...
–  Janob  G‘avvos,  bu  nima  qiliq?!  –  deb  Badia  og‘zidan 
ko‘pik  chiqarib,  aravada  chalqancha  yotib  olgan  G‘avvosga 
tik  qaradi.
–  Yo‘q,  men  qaytib  ketaman!
–  Qaytib  ketib  bo‘lmaydi,  tushuning  axir!  Biz  Jayhunga 
yaqinlashyapmiz.  Juda  ko‘p  yo‘l  yurdik.  Xohlamas  ekansiz, 
Maymanada  aytishingiz  mumkin  edi!
–  Men  bormayman!    Qaytib  ketamiz,  vo-oy... 
Badia  hayron  bo‘lib  qoldi.  U  g‘azablansa-da,  o‘zini  qo‘l-
ga  olib,  tishini  tishiga  qo‘ydi.


61
–  Toza  dard  ustiga  chipqon  bo‘ldi-yu,  Zavrak  og‘a, 
siz  tu shuntiring,  yigit  kishi  uyalmaydimi?!
–  Gap  yuqmayapti,  bekam!
–  Men  hech  narsani  bilmayman!  Meni  Hirotga  qay-
tarib  olib  boringlar!
–  Nima  qilamiz?  –  Badia  Zulfi qorga  qaradi.
–  Bu  hech  kimning  gapiga  quloq  solmayapti.  Ustodga 
xabar  qilish  kerak.
−  Ustodning  tashvishi  o‘ziga  yetmaydimi?!  −  dedi 
Badia.  So‘ng  G‘avvosga  qarab:  −  O‘zingizni  qo‘lga  oli-
shingizni  so‘rayman!  –  dedi  ko‘zlarida  g‘azab  o‘tlari 
chaqnab.  –  Yo‘qsa,  jazoyingizni  beraman!    Siz  hammani 
bezor  qilyapsiz!
– 
Bor  o‘sha  aravangga!  Men  Buxorosiga  bormayman. 
Men  kasalman!  Qaytaringlar  aravalarni!
Badia  Zulfi qorga  imo  qildi,  keyin  achchiqlanib  buyruq 
berdi:
–  Bu  ablahni  aravadan  otib  yuboring!  –  U  shu  lahza 
etigi  qo‘njiga  qo‘lini  tiqib  xanjarini  oldi.  –  Aytganimni 
qilmasa ngiz,  to‘ng‘izni  shu  yerda  o‘ldiraman!
Badianing  buyrug‘ini  ikki  qilish  aslo  mumkin  emas-
ligini  biladigan  Zulfi qor  sapchib  o‘rnidan  turib,  oh-voh 
qilgancha  yalpayib  yotgan  G‘avvosni  ko‘tarib  qumga  otib 
yubordi.  To‘nkadek  gurssa  qumga  tushgan  G‘avvos  apil-
tapil  o‘rnidan  turib,  dod  solib  arava  orqasidan  ergasha 
boshladi.  Bu  ishdan  birinchi  aravada  ketayotganlar  ham 
xabardor  bo‘ldi.  Zo‘rg‘a  tishini  tishiga  qo‘yib  kelayotgan 
kishilar  indashmadi.  Uchala  arava  ham  to‘xtamay  keta-
verdi.
–  Nomard!  Qo‘rqoq!  –  dedi  Badia.
G‘avvos  Muhammad  qumga  ag‘anab,  oh  urib,  baqira 
boshladi.  Bir  muddatdan  keyin  talvasaga  tushgan  G‘avvos 
olislab  ketayotgan  aravalar  ortidan  yugurdi,  yaqinlash-
gach,  Badia  ko‘zidagi  g‘azab,  qo‘lidagi  yarqirab  turgan 


62
xanjarni  ko‘rib  orqaga  tislandi.  Uning  nazarida,  Badia 
uchun  bu  cho‘li  biyobonda  G‘avvosga  o‘xshaganlarning 
biqiniga  xanjar  tiqib  ketish  hech  gap  emas  edi.
G‘avvos  Muhammad  birinchi  aravadagilarga  qarab  ba-
qirdi:
–  Meni  olib  ketinglar,  do-od,  tavba  qildim! 
Hech  kim  unga  qayrilib  qaramadi.  U  bormi-yo‘qmi, 
birov  parvo  qilmadi.  Ketayotganlarning  ixtiyori  Badianing 
izmida  ekaniga  tu shundi. 
–  Do-o-od!  Meni  tashlab  ketmanglar!
Badia  arava  ustida  indamay  turaverdi.  Bir  muddatdan 
so‘ng  uning  ishorasi  bilan  Zavrak  otdan  sakrab  tushdi, 
o‘rniga  Zulfi qor  otga  minib,  yo‘lda  davom  etaverishdi. 
Qumga  sakrab  tushgan  Zavrak  ancha  narida  sudralib,  dod 
solib  kelayotgan  G‘avvos  Muhammadni  uchinchi  aravadagi 
yuklar  ustiga  chiqarib  qo‘ydi-da,  o‘zi  yana  yugurib  kelib, 
ikkinchi aravaga – Badianing yoniga o‘tirdi. Bu holni ko‘r -
gan  Ma’suma  beka,  Me’mor  va  Horunbeklar  yuragi  tas kin 
topib,  indamay  qo‘ya  qolishdi.
–  Chiqdimi?  –  sekin  so‘radi  Badia.
–  Ha,  –  dedi  o‘rnashib  olib  Zavrak,  –  asboblar  orasiga  
tiqib  qo‘ydim.
–  Shuncha  yildan  buyon  men  uning  bunaqa  qiliqlari 
bor  ligini bilmagan ekanman. U hayvonning o‘zginasi ekan-
ku!
– Og‘ir bo‘ling, qattiq gapirmang, bekam! Xanja ringizni 
ham  bekitib  qo‘ying!  –  dedi  Zulfi qor.  –  Bu  ham  bir  tutqa-
noqdek  dard.  Qiyinchilikni  ko‘rmagan  xomsemiz  odam-da.  
Shunaqasi  ham  bo‘ladi.
–  Xo‘p,  –  dedi  Badia  Zulfi qor  aytganlariga  amal  qilib.
Uch  arava  qumliklar  oralab  oldinga  ketaverdi.  To  kech-
gacha  ular  miq  etmay  borishdi.  Otlar  ham  obdan  char-
chadi...


63
*  *  *
Bahri  muhitdek
1
  behudud  qumliklarning  to‘q  sariq, 
qo‘ng‘ir  «to‘lqin»lari  silsilasi
2
  ko‘zni  olardi.  Qum  bar-
xanlari  uzra  jimirlab  harorat  ko‘tarilar  –  bu  yerda  issiq-
lik  juda  ba land  bo‘lishiga  qaramay,  Me’mor  qiynalmay 
nafas  olar  edi.  «Do‘zax»  deb  atalmish  Qizilqumda  ham 
cho‘ponlar  yashardi.  Negadir  bu  yerlarda  Me’mor  o‘zini 
bardam  seza  boshladi.  Horunbek  ilgari  ham  bu  holatni 
sezgan  edi.  U  yolg‘iz  turgan  Me’mor  yoniga  kelib,  ha-
voning  issiq  bo‘lishiga  qaramay,  sof  ekani,  bu  yerlarda 
kishi  asabi  juda  muloyim-u  mo‘tadil  bo‘lishini  aytdi.
–  So‘zingiz  juda  to‘g‘ri,  inim,  –  dedi  Me’mor  kaft-
larini  bir-biriga  ishqalab,  –  qumda  havo  qiziq  bo‘lishiga 
qaramay,  nafas  olish  qulay.  Asablar  ham  yumshab,  kishi 
kayfi yati  ko‘tariladi.  Ana,  rutubatli  Hirot  orqada  qoldi. 
Keyingi  yillar  men  u  yerd a  o‘zimni  juda  haqir-u  xasta 
his  etardim.  Hozir  biz  o‘sha  «rutubat»dan  xoli,  ta’qibdan 
uzoq  qum  oralig‘idamiz...
...Me’mor  G‘avvosning  talvasaga  tushib,  oh-voh  ur-
ganidan  keyin  barchaning  kayfi   buzilib,  sukut  ichida  ke-
layotganla  rida,  Ma’suma  bekaga  gap  qotib,  ko‘zlariga 
juda  katta  bir  binoning  shakl-u  tarovati  ko‘rinayotganini, 
Bu xoroga  omon-eson  yetib  borganlaridan  so‘ng  uning 
tarhini
3
  yaxshilab  qog‘ozga  chizajagini  aytdi.  Bu  shun-
day  bir  madrasa  bo‘ladiki,  ro‘yi  zaminda  uning  tengi 
topilmaydi.  Ba’zida  u  peshmati  yonidan  toshqalam-u 
daftarini  olib,  aravaning  chayqalib,  qalqib  ketayotganiga 
qaramay,  nimalarnidir  chi zib-yozib  qo‘yar  edi.  Ma’suma 
beka  hamma  vaqt  uning  fi kr-u  o‘ylarini  quvvatlashga, 
diqqat  bilan  tinglashga  o‘rganib  qolgan,  arava  ustida  ham 
u  Hirotdagidek  mehri bonlik  ko‘rgizib,  cholining  fi kr-u 
1
 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish