Kuzgi ishlov berish. Kuzgi yer haydashni kuzgi shudgor
deb ataladi, uni qishki sovuq tushishidan oldin bajariladi.
Tuproqqa kuzgi ishlov berishning ahamiyati
Maqsad
Natija
Chuqur yumshoq tuproq qatlamini
yaratish
Tuproq yumshoq bo‘lsa, suv, havo
yaxshi kirib boradi, tuproq yaxshi
qiziydi
Tuproqqa o‘g‘it, o‘simliklar
qoldiqlarini tashlaydilar
Tuproq oziq moddalar bilan boyitiladi
Maqsad
Natija
Begona o‘tlar urug‘lari chuqur
ko‘mib yuboriladi, begona o‘tlarning
yerosti qismi yer yuziga chiqariladi
Begona o‘tlar soni kamayadi, chunki
ko‘plab urug‘lar katta chuqurlikdan
o‘sib chiqa olmaydi. Yer yuziga
chiqarilgan o‘tlarning yerosti qismi esa
sovuqdan va qurishdan nobud bo‘ladi
Qishga tuproq ostiga yashirinib
olgan zararkunanda hasharotlarni
yuzaga chiqarish, tuproq yuzasida
qishlaydiganlarini yerga chuqur
ko‘mib yuborish
Zararkunanda hasharotlar kamayadi
Ekin maydoni yuzasida baland-
pastliklar, notekisliklar hosil qilish
Qishda maydonlarda qor to‘planishi
sababli tuproq namligi ortadi
Do'stlaringiz bilan baham: |