30-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati
Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining o‘ziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan:
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qog‘ozlarni;
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘larini shu shaxsning yoki u ko‘rsatgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatdir.
3-kazus.
“Депозит” МЧЖ инвестиция активларининг ишончил бошқарувчиси лицензиясига эга. Ҳозирда компания 100 га яқин юридик ва жисмоний шахсларнинг инвестиция активларини бошқариб келмоқда. “Депозит” МЧЖ ўз мижозларига қимматли қоғозлар бозорида воситачилик хизматларини ҳам кўрсатишни бошлади. Ваколатли орган бундай фаолият билан шуғулланиш учун алоҳида лицензия олиш лозимлиги ҳақида огоҳлантирди. Бироқ, “Депозит” МЧЖ воситачилик хизматларини фақатгина ўз мижозларига кўрсатишини, бошқа юридик ва жисмоний шахсларга бундай хизмат кўрсатилмаслигини айтди. Шунингдек, компания ишончли бошқариш ва воситачилик хизматларини ягона лицензия орқали кўрсатиш мумкинлигини таъкидлади.
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
“Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari to’g’risida”gi nizomning 2 bandida quyidagicha ta’kidlanadi:
2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Kapital bozorini rivojlantirish agentligida (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga litsenziya olgan tijorat tashkilotlari tomonidan shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari bilan amalga oshiriladi.
Kazusda berilgan Depozit MCHJ tijorat tashkiloti bo’lganligi uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bo’la oladi( albatta litsenziya olgandan so’ng).
Endi investitsiya vositachisi sifatida xizmat ko’rsata olishini aniqlash uchun “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risida”gi nizomda 1-bandida investitsiya vositachisining faoliyati uchun litsenziya talab qilinmaydiganlar aytib o’tilgan:
11. Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat banklari va sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish xuquqiga ega. Bunda, tijorat banklari va sug‘urtalovchilar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
Kazusdagi vaziyatga qaraydigan bo’lsak, kompaniya ишончли бошқариш ва воситачилик хизматларини ягона лицензия орқали кўрсатиш мумкинлигини таъкидlagan edi. Depozit MCHJni esa oddiy tijorat tashkiloti degan edik, ya’ni u Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat banki ham, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sug‘urtalovchi ham hisobalnmaydi. Shuning uchun investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyaga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |