Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 280,98 Kb.
bet28/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

investitsiya vositachisi — mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi.
Broker esa fond birjasining a’zosi bo‘lgan, mijoz topshirig‘iga asosan va uning hisobidan birja bitimlari tuzuvchi investitsiya vositachisidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 7-bandida broker tomonidan bitim tuzilganda amalga oshirilishi lozim bo’lgan harakatlar nazarda tutilgan.
Ya’ni Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari broker tomonidan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.
AJ to`g`risidagi qonunga qaraydigan bo’lsak, aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega.(52-modda). Bundan kelib chiqadiki, qachon aksioner reyestrdan o’tsa unga dividend to’ash boshlanadi.
42-moddaga asoslanadigan bo’lsak, Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish qimmatli qog‘ozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy depozitariyga esa investitsiya vositachisi qq egalari ro’yxatini o`z vaqtida taqdim etishi kerak.(1911 68-band)
Javobgarlik masalasi 285 31-band.AJ qonun 45-moddasi bo`yicha belgilana
51-modda. Dividendlarni to‘lash tartibi
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash aksiyadorlarning dividendlarni olishga bo‘lgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati tuzilgan shartnomaga muvofiq Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilari orqali dividendlar to‘lovini amalga oshirish huquqiga ega.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish