14.2.4. Reversiv hisoblagich
Reversiv hisoblagich - bu hisob yo‘nalishini boshqaradigan hisoblagichdir. Uning sxemasi pastki rasmda keltirilgan.
14.12 – rasm.Reversiv hisoblagichni qurish uchun razryadlar orasida mantiqiy sxemani qo‘shish shart. Chunki u, ikkichi va keyingi triggerlarning hisob kirish yo‘llarini oldingi razryadlarning Q (qo‘shish) yoki (ayirish) chiqish yo‘llari bilan ta'minlaydi.
Quyidagi rasmda reversiv hisoblagichni qurishning mantiqiy sxemasi keltirilgan.
14.13 – rasm.Razryadlar orasida qo‘shimcha mantiqiy elementlarni qo‘shish, hisoblagichni o‘rnatish vaqtini ko‘paytiradi va registratsiya qilingan holatlarni vaqtining maksimal chastotasini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |