14.1.2.KETMA-KET REGISTRLAR
Ketma-ket registrlar, ya'ni siljish (14.2-rasm) registrlari dinamik sinxro kirishli triggerlar asosida quriladi (bir taktli registrlar uchun mos keladi). Ikki taktli registrlarda “qulflanadigan" tiniq registrlar ham ishlatilishi mumkin.
14.2 – rasm. Ketma-ket registrlar
D-triggerlarda qurilgan siljish registrining N-darajasiga yozish funksiyasi quyidagi ko’rinishda beriladi:
D0= DS=x, DI=Q(i-1), Bu yerda i=1,2, ,n-1. DS-ketma-ket yozish kirishi.
C-sinxro impulsning navbatdagi musbat fronti kelishi bilan, i-trigger kirishidagi signal t ush.r- vaqtdan so’ng uning chiqishida paydo bo’ladi va (i=1) trigger kirishiga uzatiladi.
Biroq uning chiqishigacha bu signal yetib bormaydi, chunki t 0,1-aktiv front uzunligi t ush.r dan kichikdir. Shu bilan bir darajaga siljish jarayoni keyingi takt signalining musbat fronti kelgunga qadar yakunlanadi. Bundan statik boshqaruvli triggerlarni ishlatish mumkin emasligi kelib chiqadi. Chunki har safar C=1 bo’lganda butun zarjir DS kirishidan Q 7 chiqishigacha tiniq bo’lib, DS=x, barcha triggerlarga yozilib qoladi.
Siljish registrlarida strelka yo’nalishi shartli berilgan. Turli lug’atlarda bu yo’nalishlar turlicha berilgan. Shartli ravishda ushbu siljish kichik darajadan yuqoriga qarab yo’naltirilgan deb olinadi.
Registrlarning amaliy chizmalari har bir triggerga ulanadigan, Di paralel yozishli kirishga ega bo’lgan va har bir trigger uchun umumiy tozalash -R asinxron kirishiga va yozishga ruhsat beradigan L-kirishiga ega bo’lgan chizmalar bilan to’ldiriladi.
Bu chizmalar -Ri,-Si bo’sh kirishlarga ulanadi. Bunga 3-xolatlar jadvali mos kelishini ko’rishimiz mumkin.
14.3 – rasm.
Di va X-turli qiymatga ega bo’lishi mumkin, lekin Di- bir satr oraliqida o’zgarmasdir. -Ri va - Si mantikiy funksiyalarini Karno kartasi yordamida minimizatsiyalashtirib quyidagilarni olamiz: Si=-(l*Di*-R) va -Ri=-R*(-L+Di).
Ushbu juft tenglamaga 14.4-rasmda ko’rsatilgan chizma va siljish registrining shu chizmaga mos shartli belgisi berilgan.
14.4– rasm. Chizma va siljish registrining shu chizmaga mos shartli belgisi
-R kirishi yuqori afzallikka ega bo’lib, agar –R=0, u holda –Ri=0, -Si=1 bo’ lib, u holda L, Di va C signallaridan qat'iy nazar barcha triggerlar nollanadi. L va Di kirishlari eng past afzallikka ega. Agar –R=1, u holda L=1 da axborotni parallel yozish yuz beradi. (Qi=Di C-signalidan kat'iy nazar), va nihoyat, agar -R va L kirishlarda past qatlam bo’lsa, u holda –Ri=1 –Si=1 ham past qatlam bo’lib, registr axborotni saqlaydi yoki uni siljitadi.
Kodlarni parallel quyidigan siljish registrlari ma'lumotlarni parallel formatdan ketma-ket formatga o’tkazish, shu ma'lumotlarni bir simli aloqa yo’li bo’yicha uzatish (ikkinchi yo’l "er" yoki ekran) va ikkinchi tarafda ketma-ket ma'lumotni parallel formatga o’tkazish uchun ishlatiladi.
14.5 – rasm.
Bunday chizma EXM kommunikatsion portlarida (COM-port), K580 IK51 mikrosxemada va shuningdek modemlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |