Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash



Download 2,94 Mb.
bet105/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

10.5. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash

Auditor ishi sifatining yaxshi bo’lishi, tekshiruv muddati va audit xarajatlarining kamayshi, avvalo, mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining samarali ishlashiga bog’liq. Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishida, odatda, mijoz kor-xonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beriladi. Korxonaning hisob tizimining samaradorligi unda buxgalteriya hisobi tamoyillarining qay darajada amal qilishiga bog’liqdir.

Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.

Auditor buxgalteriya hisobi tizimini baholashda yuqorida ko’rsatilgan tamoyillarga korxona qanchalik darajada amal qilayotganligini sinchiklab tekshirishi lozim. Bevosita ana shu tamoyillarga qay darajada amal qilinayotganligini aniqlash orqali auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beradi. Bu orqali moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchli-giga shubha tug’diruvchi xatolarning vujudga kelish ehtimolini aniqlashga yordam beradi. Bunday baholash orqali auditorlik tek-shiruvining muddati, hajmi va ko’lami aniqlanadi.

Ma’lumki, muayyan korxonaning buxgalteriya bo’limining tuzilishi va ish hajmi ana shu korxonaning faoliyat turi, undagi alohida bo’linmalarning faoliyati hamda hisob ishlarining avtomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq. Bunga bog’liq ravishda buxgalteriya xodimlari tarkibi va miqdori, buxgalteriya hisobining markazlashishi yoki markazlashmasligi belgilanadi. Har bir buxgalteriya xodimiga muayyan turdagi vazifalar yuklanadi. Buxgalteriya xodimlari o’rtasida mansablarning belgilab berilishi korxona mablag’larining o’g’irlanishi va boshqa har xil suiiste’mollik holatlari bo’lishini ham mumkin.

Auditor bunda, avvalo, buxgalteriya hisobining qay darajada tashkil etilganligini, buxgalteriya xizmatlarining qanday taqsimlanganligini hamda hisob tizimining korxona boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etishini sinchiklab tekshirishi lozim.

Auditor buxgalteriya hisobi tizimi samaradorligini baholayotganda hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi hamda ularning boshqaruv markazlariga o’z vaqtida taqdim qilinayotganligiga e’tibor qaratishi lozim. Bu jarayonda auditor buxgalteriya xodimlari hamda hujjatlarga imzo chekuvchi boshqa shaxslar (ombor mudiri, kassir va hokazo)ning hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirayotganligini tekshiradi.

Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining samaradorligi, avvalo, ularda boshlang’ich hisobning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq. Boshlang’ich hisob korxonada sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirishni hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi hujjatlar to’l-dirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini, tegishli rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda hujjatlarni to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari uchrab turadi. Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu boisdan har bir korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi, shuningdek, buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim.

Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday paytda hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim. Hujjatlar aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda buxgalteriya hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi.

Auditor korxonaning hisob tizimiga baho berayotganida nafaqat uning boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh daftarning yuriti-shiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli amal qilayotganligini aniqlaydi.

Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu korxonada hi-sobvaraqlar rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.

Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri amal qilinayotganligiga alohida ahamiyat qaratadi.




Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish