275
Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda pasayadi:
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarishning ichki vositalari ichki
nazorat maqsadlariga erishishga yordam beradi. U qo’l
ishlarini, shuningdek
mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Qo’l va
kompyuter vositalari ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitiga ta’sir etuvchi
boshqaruvning umumiy vositalari va amaliy dasturlarni
boshqarishning maxsus
vositalarini, jumladan buxgalteriya hisobi dasturlarini boshqarishdan iborat
bo’ladi.
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish umumiy vosi-talarining
maqsadi ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini nazorat
qilish chegaralarini
aniqlash va ichki nazoratga erishilganda ishonchning qulay darajasini
ta’minlashdan iborat.
Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari
Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan
Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish
imkoniyati mavjud
Dasturiy ta’minotning maxsus nazorati mavjud
Barcha bo’linmalar, filiallar va boshqa alohida bo’linmalar, shu’ba korxonalar KIMning yagona muhitida ishlaydi,
yagona zamonaviy dasturiy ta’minoti qo’llaydi
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati KIM tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning KIM tizimi rivojining uzoq muddatli rejasi mavjud
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axboriy siyosati uning rahbariyati tomonidan omilkorlik bilan belgilanadi
276
Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– boshqaruv xizmatiga oid kafolatlar va tadbirlar;
– amaliy dasturlar tizimini ishlab chiqish va uni to’g’ri holatda bo’lishini
ta’minlash;
– yangi yoki qayta qurilgan tizimlarni testdan o’tkazish, o’zgartirish, sotish va
hujjatlashtirish;
– ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi tomonidan
faqat shu maqsadlar
uchun mo’ljallangan harakatlarni bajarishning kafolati, shuningdek ulardagi
xatolarni aniqlash va tuzatish;
– operatsiyalarga faqat vakolatli xodimlarning kirishini ta’minlash.
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish
ichki vositalarining
maqsadi faqat vakolat berilgan qismlar bo’yicha amaliy dasturlarni boshqarishning
o’ziga xos xususiyatli tadbirlarni va keyingisini ro’yxatga olish, shuningdek
ularning o’z vaqtidaligini va to’liqligini o’rnatishdan iboratdir.
Ma’lumotlarga kompyuterda ishlov berishni boshqarishning ichki vositalari
quyidagilardan iborat:
1. Ishga solishni nazorat qilish:
– operatsiyalarni kompyuter bajarishidan oldin tekshirilgani;
– operatsiyalar mashina o’qish shakliga o’tkazilgani
va kompyuter fayllari
ma’lumotlariga yozilgani;
– yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmagan
operatsiyalarni;
– noto’g’ri operatsiyalar bartaraf etilganini qayta tasdiqlanish vaqtida
tuzatilgani.
2. Ma’lumotlarning kompyuter fayllari va kompyuterning ishlashini nazorat
qilish:
– operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilayotgani;
– operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi, nusxa ko’chi-rilmagani
va o’zgartirilmagani;
– xatolar o’z vaqtida tuzatilgani va bartaraf etilgani.
277
3. Axborotni kiritishni nazorat qilish:
– bajarilish natijalarining aniqligini;
– axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligi;
– axborotni uni olishda ruxsati bilan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgani.
Kompyuterni asosiy suiste’mol qilish quyidagi shartlar bo’lgandagina bo’lishi
mumkin:
– kompyuterga yoki terminalga bevosita kirilganda;
– ma’lumotlar fayllariga kirilganida;
– vositalarni shaxsiy manfaatlar maqsadida
ishlatish imkoniyatining
borligida;
– tizimli axborotining tushunarliligida;
– kompyuter dasturlariga kirilganida.
Do'stlaringiz bilan baham: