265
tizimiga baho beriladi. Korxonaning hisob tizimining samaradorligi unda
buxgalteriya hisobi tamoyillarining qay darajada amal qilishiga bog’liqdir.
Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya
hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.
Auditor buxgalteriya hisobi tizimini baholashda yuqorida ko’rsatilgan
tamoyillarga korxona qanchalik darajada amal
qilayotganligini sinchiklab
tekshirishi lozim. Bevosita ana shu tamoyillarga qay darajada amal
qilinayotganligini aniqlash orqali auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki
nazorat tizimiga baho beradi. Bu orqali moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchli-giga shubha tug’diruvchi xatolarning vujudga kelish ehtimolini
aniqlashga yordam beradi. Bunday baholash orqali auditorlik tek-shiruvining
muddati, hajmi va ko’lami aniqlanadi.
Ma’lumki, muayyan korxonaning buxgalteriya bo’limining tuzilishi va ish
hajmi ana
shu korxonaning faoliyat turi, undagi alohida bo’linmalarning faoliyati
hamda hisob ishlarining avtomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq. Bunga bog’liq
ravishda buxgalteriya xodimlari tarkibi va miqdori, buxgalteriya hisobining
markazlashishi yoki markazlashmasligi belgilanadi. Har bir buxgalteriya xodimiga
muayyan turdagi vazifalar yuklanadi. Buxgalteriya xodimlari o’rtasida
mansablarning belgilab berilishi korxona mablag’larining o’g’irlanishi va boshqa
har xil suiiste’mollik holatlari bo’lishini ham mumkin.
Auditor bunda, avvalo, buxgalteriya hisobining
qay darajada tashkil
etilganligini, buxgalteriya xizmatlarining qanday taqsimlanganligini hamda hisob
tizimining korxona boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etishini sinchiklab
tekshirishi lozim.
Auditor
buxgalteriya
hisobi
tizimi
samaradorligini
baholayotganda
hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi hamda ularning boshqaruv
markazlariga o’z vaqtida taqdim qilinayotganligiga e’tibor qaratishi lozim. Bu
jarayonda auditor buxgalteriya xodimlari hamda hujjatlarga imzo chekuvchi
boshqa shaxslar (ombor mudiri, kassir va hokazo)ning hujjatlarni o’z
vaqtida va
to’g’ri rasmiylashtirayotganligini tekshiradi.
266
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining samaradorligi, avvalo,
ularda boshlang’ich hisobning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq. Boshlang’ich
hisob korxonada sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirishni
hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi
hujjatlar to’l-dirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini,
tegishli
rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda
hujjatlarni to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari
uchrab turadi. Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu
boisdan har bir korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi,
shuningdek, buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim.
Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z
vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday
paytda hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim.
Hujjatlar aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda
buxgalteriya hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Auditor korxonaning hisob tizimiga baho
berayotganida nafaqat uning
boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda
Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh
daftarning yuriti-shiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi
shakli amal qilayotganligini aniqlaydi.
Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu korxonada hi-sobvaraqlar
rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.
Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob
siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri
amal qilinayotganligiga
alohida ahamiyat qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: