Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

 
9.4. Biznesni bilish 
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazishda auditor, auditorning fikri bo’yicha 
moliyaviy hisobotga, tekshiruvga yoki auditorlik hisobotga ahamiyatli ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan hodisalar, operatsiyalar va qabul qilingan amaliyotni 
aniqlash va tushunish uchun etarli hajmda biznesni bilishi yoki unga oid bilim 
olishi lozim. Masalan, auditor bunday bilimlarni ajralmas tavakkalchilik va nazorat 
tavakkalchiligiga baho berishda hamda auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati 
va hajmini aniqlashda qo’llaydi. 
Auditorning xizmat ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan bilimlar darajasi iqtisod 
va sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirayotgan doirasida tarmoq bo’yicha umumiy 
bilimdan hamda sub’ekt o’z vazifasini qanday bajarayotganligi to’g’risida 
mufassal bilimdan iborat. Biroq, auditorga kerakli bo’lgan bilimlar darajasi, 
odatda, har doim sub’ekt rahbariyati ega bo’lgan bilimlar darajasidan pastroq.


181 
Kelishuv qabul qilingunga qadar auditor audit qilinadigan sub’ektning 
tarmog’i, mulkchilik huquqi, rahbariyati va faoliyatiga oid dastlabki bilimlarni 
olishi lozim va audit o’tkazish uchun kerakli bo’lgan bilim darajasiga erishish 
imkonini ko’rib chiqishi kerak. 
Kelishuv qabul qilingandan so’ng qo’shimcha va batafsilroq ma’lumotlar 
to’planadi. Imkoni boricha kerakli bo’lgan bilimlar hajmini auditor kelishuv 
bajarilishining boshida olishi lozim. Auditni o’tkazish vaqtida oldin olingan 
ma’lumot baholanadi, yangilanadi va to’ldiriladi. 
Mijoz biznesi to’g’risida bilimlar olish ma’lumotni yig’ish va baho 
berishning uzluksiz va kumulyativ jarayoni va auditning barcha bosqichlarida 
olingan bilimlarni auditorlik dalillar va ma’lumot bilan bog’lanishini aniqlash 
hisoblanadi. Masalan, ma’lumot rejalashtirish bosqichida yig’ilishiga qaramasdan, 
auditor va uning yordamchilari biznes to’g’risida yanada ham to’liqroq tasavvur 
olishlariga qarab, keyingi bosqichlarda unga aniqlik kiritiladi va to’ldiriladi. 
Keyingi kelishuvlarda auditor oldin yig’ilgan ma’lumotni, jumladan oldingi 
yil bo’yicha ishchi hujjatlaridagi ko’rsatkichlarni yangilaydi va baho beradi. 
Auditor, shunigdek, oxirgi audit o’tkazilgandan so’ng sodir etilgan ahamiyatli 
o’zgartishlarni solishtirishga qaratilgan muolajalarni bajaradi. 
Auditor tarmoq va sub’ekt to’g’risida bilimlarni bir necha manbalarda olishi 
mumkin. Masalan: 

Ushbu sub’ekt va u qaraydigan tarmoq bilan oldingi ish tajribasidan. 

Sub’ekt xodimlari bilan suxbatlar o’tkazishdan (masalan, direktor va 
etakchi mutaxassislar bilan). 

Ichki audit xodimlari bilan suxbatlar o’tkazish va ichki audit hisobotlarini 
sharhlashdan. 

Ushbu sub’ektga yoki ushbu tarmoqning boshqa korxonalariga xizmat 
ko’rsatgan auditorlar, huquqshunoslar va boshqa maslahatchilar bilan suxbat 
o’tkazishdan. 

Ushbu tarmoqda ishlamaydigan kasbiy xabardor bo’lgan boshqa shaxslar 
bilan suxbat o’tkazishdan (masalan, ushbu tarmoqda ixtisoslashgan iqtisodchilar, 


182 
ushbu tarmoqni tartibga soluvchi idoralar vakillari hamda buyurtmachi, mol 
etkazib beruvchi va raqobatchilar bilan). 
Tarmoqqa taalluqli bo’lgan nashrlardan (masalan, davlat statistikasi, 
sharhlovchi materiallar, maqolalar, tijorat jurnallar, banklar va qimmatli 
qog’ozlarga oid operatsiyalar bo’yicha vositachilar tomonidan tayyorlangan 
hisobotlar, moliyaviy gazetalar).. 

Sub’ekt faoliyatiga ahamiyatli darajada ta’sir etuvchi qonunchilika oid va 
me’yoriy hujjatlardan. 

Sub’ektning ishlab chiqarishga va ma’muriy xonalari joylashgan joylarga 
borishdan. 

Sub’ekt tomonidan tayorlangan hujjatlardan (masalan, majlislar 
bayonnomalari, aktsiyadorlarga yuboriladigan yoki tartibga soluvchi idoralarga 
taqdim etiladigan materiallar, reklamaga oid materiallar, oldingi yillar bo’yicha 
yillik va moliyaviy hisobotlar, byudjetlar, sub’ekt rahbariyatining ichki hisobotlari, 
oraliq moliyaviy hisobotlar, boshqaruv siyosati bo’yicha rahbariyat, buxgalteriya 
hisobi va ichki nazorat tizimlarini yuritish bo’yicha qo’llanmalar). 
Biznesni bilish auditorga malakaviy fikr-mulohaza bildirish uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi. Mijoz biznesini bilish va ma’lumotni tegishli ravishda 
qo’llash auditorga quyidagilarni bajarishga yordam beradi: 

Tavakkalchiliklarga baho berish va muammolarni aniqlashga. 

Auditni yanada ham samaradorlik va oqilona rejalashtirish va bajarishga. 

Auditorlik dalillarga baho berishga. 

Mijozga yanada ham yaxshiroq xizmat ko’rsatishga. 
Auditning barcha bosqichlarida auditor mijoz biznesini bilish muhim kasb 
etadigan ko’p javhalar bo’yicha fikr-mulohaza shakllantiradi. Masalan: 

Ajralmas tavakkalchilik va nazorat tavakkalchiligiga baho berish. 

Ishga oid tavakkalchiliklar sub’ekt rahbariyatining ushbu tavakkalchiliklar 
yuzasidan harakatlarini ko’rib chiqish. 

Auditning umumiy rejasi va audit dasturini ishlab chiqish. 


183 

Ahamiyatlilik darajasi va aniqlash hamda tanlangan ahamiyatlilik darajasi 
tegishli bo’lib qolishligiga baho berish. 

Muvofiqligini aniqlash uchun auditorlik dalillarga baho berish hamda 
moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlar amalda to’g’riligiga baho berish. 

Buxgalteriyalik baholashlar va sub’ekt rahbariyatining taqdimotlariga 
baho berish. 

Audit paytida alohida ko’rib chiqishni va maxsus ko’nikmalar qo’llashni 
talab qiladigan sohalarni aniqlash. 

O’zaro bog’liq tomonlar va o’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi 
operatsiyalarni solishtirish. 

Qarama-qarshi ma’lumotni tan olish (masalan, sub’ekt rahbariyatining 
taqdimotlaridagi ziddiyatlar). 

G’ayriodatiy vaziyatlarni tan olish (masalan, tovlamachilik va faoliyat 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emaslik holatlari, sub’ektning statistik
tezkor ko’rsatkichlari bilan va hisobotda aks ettirilganlari o’rtasidagi kutilmagan 
o’zaro bog’liqliklar). 

So’rovnomalarni o’tkazish va javoblar asoslanganligiga baho berish. 

Hisob siyosati va moliyaviy hisobotda ma’lumot yoritilishi mosligini 
ko’rib chiqish. 
Auditor, audit uchun tayinlangan auditor yordamchilari mijoz biznesi 
to’g’risida topshirilgan ishni bajarishga imkon beradigan etarli hajmda bilim 
olganliklariga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor, shuningdek, auditor 
yordamchilar qo’shimcha ma’lumotni hisobga olish va ushbu ma’lumotni auditor 
va boshqa auditor yordamchilariga etkazish lozimligini tushunayotganliklariga 
ishonch hosil qilishi kerak. 
Mijoz biznesini bilishlikdan samaradorlik bilan foydalanish maqsadida 
auditor ushbu bilim umuman moliyaviy hisobotga qanday ta’sir ko’rsatayotganini 
va moliyaviy hisobotdagi tasdiqlar auditor tomonidan mijoz biznesi to’g’risida 
olgan bilimlariga muvofiqligini ko’rib chiqishi lozim. 
Biznesni bilish - ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan masalalar: 


184 
A.
Umumiy iqtisodiy omillar 

Iqtisodiy faoliyatning umumiy darajasi (masalan, pasayish, o’sish). 

Foizli stavkalar va moliyalashtirishning mavjudligi. 

Valyuta qadrsizlanishi, revalvatsiyasi. 

Hukumat siyosati: 
- pul- kredit; 
- fiskal; 
- korporativ-soliqqa tortish va boshqalar; 
- moliyaviy rag’batlantiruvchi omil; 
- tariflar, savdo cheklovlari.
 

 
 
Xorijiy valyuta kursi va valyuta nazorati.
 

Tarmoq - mijoz biznesiga ta’sir etuvchi muhim shartlar

 
 
Bozor va raqobat.
 

 
Tsiklli yoki mavsumiy faoliyat.
 

 
Ishlab chiqarish texnologiyasidagi o’zgarishlar.
 

 
Ishga doir tavakkalchilik (masalan, yuqori texnologiya, yuqori moda
raqobatchilar uchun oson kirib borish imkoniyati).
 

 
Faoliyat qisqarishi yoki kengayishi.
 

 
Nomuvofiq sharoitlar (masalan, talab pasayishi, haddan tashqari ko’p 
ishlab chiqarish quvvatlari, narx yuzasidan jiddiy raqobat).
 

 
Tayanch ko’rsatkichlar va tezkor statistika. 

Buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususitlari va u bilan bog’liq 
muammolar. 

Ekologik talablari va u bilan bog’liq muammolar. 

Qonunchilikka oid-huquqiy asos. 

Elektr quvvatini etkazib berish va uning tannarxi. 

O’ziga xos yoki noyob amaliyot (masalan, mehnat shartnomalari 
yuzasidan, moliyalashtirish usullari, buxgalteriya hisobini yuritish usullari). 

Sub’ekt 


185 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish