136
3.
Standartning mohiyati;
4.
Amaliy ilova.
Umumiy qoidalarda quyidagilar aks ettiriladi:
-
mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi;
-
standartlashtiriladigan ob’ekt;
-
standartning qo’llanilish (amal qilish) sohasi;
-
boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi.
Xalqaro Audit Standartlari – XAS (International Standards of Auduting –
ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International
Federation
Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet
– AAXK (International Auditing Practice Committee - IAPC) tomonidan ishlab
chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan.
Ushbu Federatsiyaga
dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham,
milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik
faoliyatining asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat:
halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va
puxta bilimga egalik (kompetentlilik)
.
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya)
berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab
chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj
bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan,
«Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti
uchta standartdan
iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda muhimlik».
Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin.
Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin.
Xalqaro audit standartlari xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va
mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir
qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi:
a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar;
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari;
137
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar.
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining qo’mitalari orqali
tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga:
auditorlik
amaliyoti bo’yicha qo’mita, o’qitish bo’yicha qo’mita, etika (axloq) bo’yicha
qo’mita, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha qo’mita, rejalashtirish
bo’yicha qo’mita, jamoat sektori bo’yicha qo’mita va boshqalar kiradi.
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda,
har bir
mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega
bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi.
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy
standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z
auditorlik uslubiyatiga
ega.
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi:
1.
Auditning umumiy standartlari;
2.
Auditning ishchi standartlari;
3.
Hisobot standartlari;
4.
Maxsus standartlar.
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi:
-
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar;
-
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat majburiyati.
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:
-
Auditni rejalashtirish;
-
Auditorlik dalillar;
-
Auditni hujjatlashtirish;
-
Tavakkalchilik va ichki nazoratni baholash;
-
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati;
-
Ekspert xizmatidan foydalanish;
138
-
Auditorlik tanlash;
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi:
-
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti;
-
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi;
-
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish.
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini
tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida
auditor auditorlik
tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi
mumkin. Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik
tekshiruvi sifatini
baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Maxsus standartlarga quyidagi standartlar kiradi:
-
Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot;
-
Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish;
-
Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv;
-
Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv;
-
Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: