Ichki audit
- sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida tashkil
etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, uning
vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va samaradorligini
tekshirish, baholash va monitoringdan iborat.
Tashqi auditor ichki audit xizmati faoliyatini va uning tashqi auditorlik
muolajalarga ta’sirini, agar bunday holat bo’lsa, ko’rib chiqishi lozim.
“Ichki audit” sub’ekt ichida uning bir xizmat bo’linmasi sifatida tashkil
etilgan ishga baho berish faoliyatini ifodalaydi. Boshqa masalalar bilan bir qatorda,
293
uning vazifasiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini tekshirish, baho
berish va uning mosligi va samaradorligi yuzasidan muntazam ravishda nazoratni
amalga oshirish kiradi.
Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr va tashqi auditorlik muolajalarning
tavsifi, muddati va hajmini aniqlash yuzasidan yakka tartibda mas’uliyatga ega
bo’lganligi bilan, ichki auditorlik xizmatining muayyan elementlari tashqi auditor
uchun foydali bo’lishi mumkin.
Ichki audit xizmatining qo’lami va vazifalari o’zgaruvchan va sub’ektning
kattaligi va tizimi hamda rahbariyatining talablariga qaram bo’ladi. Odatda ichki
auditorlik faoliyati quyidagi masalalarning bir yoki bir nechasini qamrab oladi:
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini sharhlash. Buxgalteriya
hisobi va ichki nazoratning tegishli tizimlarini tashkil etish sub’ekt rahbariyatining
mas’uliyatida bo’ladi va har doim nazoratni talab qiladi. Odatda sub’ekt rahbariyati
ichki auditga ushbu tizimlarni sharhlash, vazifasini bajarish yuzasidan muntazam
nazoratni amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish
yuzasidan muayyan mas’uliyat yuklaydi;
moliyaviy va operatsion ma’lumotni tekshirish. Ushbu ish solishtirish,
o’lchash, turkumlash va aks etish uchun foydalaniladigan vositalarni sharhlashdan
hamda alohida moddalar bo’yicha aniq so’rovnomalarni o’tkazish, jumladan,
operatsiyalar, hisobvaraqlar saldolari va muolajalarni mufassal test sinovidan
o’tkazishdan iborat bo’lishi mumkin;
faoliyat tejamkorligi, oqilonaligi va samaradorligini, jumladan, sub’ekt
ishi yuzasidan moliyaviy bo’lmagan nazorat vositalarini sharhlash;
qonunchilikka, me’yoriy hujjatlarga va boshqa tashqi talablarga hamda
sub’ekt rahbariyatining siyosati, ko’rsatmalari va boshqa ichki talablarga
muvofiqligini sharhlash.
Ichki audit xizmatining o’rni sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilanadi va
uning vazifalari moliyaviy hisobot bo’yicha mustqil auditorlik hisobotini taqdim
etish uchun tayinlangan tashqi auditorning vazifalaridan farqlanadi. Ichki auditning
vazifasiga oid masalalari sub’ekt rahbariyatining talablariga qarab o’zgaradi.
294
Tashqi auditor, avvalambor, moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklar
mavjudligini aniqlashga manfaatdor.
Shunga qaramasdan, ichki va tashqi auditning maqsadlarigaerishishning
ayrim vositalari ko’pchilik holatlarda bir-biriga o’xshash, shuning uchun ichki
auditning muayyan jabhalari tashqi auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati va
hajmini belgilashda foydali bo’lishi mumkin.
Ichki audit xizmati sub’ektning bir qismi hisoblanadi. Ichki audit
xizmatining muxtorlik va xolislik darajasidan qat’i nazar, u moliyaviy hisobot
bo’yicha fikr bildirishda tashqi auditordan talab qilinadigan mustaqillik darajasiga
erisha olmaydi. Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr bo’yicha yakka tartibda
mas’uliyatga ega va ushbu mas’uliyat ichki audit xizmatining qandaydir ishidan
foydalanilganligi hisobiga pasaytirilishi mumkin emas. Moliyaviy hisobotining
auditi doirasida barcha baho berish bo’yicha mulohazalar tashqi auditornig
mas’uliyat doirasi hisoblanadi.
Tashqi auditor auditni rejalashtirishda va samarali auditorlik yondoshishni
ishlab chiqishda yordam beradigan ichki auditorlik faoliyat to’g’risida etarli
tushunish olishi lozim.
Samarali ichki audit ko’pchilik holatlarda tashqi auditor tomonidan
bajarilayotgan muolajalarning tavsifi va muddatini modifikatsiya-lashtirish hamda
hajmini kamaytirish imkonini beradi, lekin ularni batamom yo’q qila olmaydi.
Shunga qaramasdan ayrim holatlarda, ichki audit faoliyatini ko’rib chiqish
natijalariga ko’ra, tashqi auditor tashqi auditorlik muolajalarga ichki auditning
qandaydir ta’siri mavjud emasligi to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.
Auditni rejalashtirishda tashqi auditor, uning fikricha, ichki auditning ishi,
auditning aniq belgilangan jabhalarda moliyaviy hisobotning tashqi auditi uchun
ahamiyatli bo’lganda, ichki audit xizmatining vazifalariga dastlabki baho berishi
lozim.
Tashqi auditor tomonidan ichki auditning vazifalariga berilgan dastlabki
baho
tashqi
auditorlik
muolajalarning
tavsifi,
muddati
va
hajmini
295
modifikatsiyalashtirishda ichki audit xizmati ishidan foydalanish yuzasidan tashqi
auditorning mulohazasiga ta’sir ko’rsatadi.
Tushunish olishda va ichki audit xizmati vazifasiga dastlabki baho berishni
bajarishda quyidagilar muhim omil hisoblanadi:
(a)
Tashkiliy maqom: sub’ektda ichki audit xizmatining aniq belgilangan
maqomi va u xolis bo’lishlik qobiliyatiga ushbu maqomning ta’siri. Mukammal
holatda ichki audit xizmati sub’ektning yuqori darajadagi rahbariyatiga hisobdor va
boshqa qandaydir operatsion mas’uliyatdan ozod etilgan. Sub’ekt rahbariyati
tomonidan ichki audit xizmatiga qo’yiladigan har qanday majburiyatlar yoki
cheklovlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqish lozim. Xususan, ichki auditorlar
tashqi auditor bilan erkin aloqada bo’lishi lozim.
(b)
Vazifalar doirasi: ichki auditor tomonidan bajarilgan topshiriqlarning
tavsifi va hajmi. Tashqi auditordan, shuningdek, sub’ekt rahbariyati tomonidan
ichki audit xizmatining tavsiyalari hisobga olinishi va bunga qandaydir dalillar
mavjudligini ko’rib chiqish talab etiladi.
(v)
Texnikaviy kasbiy xabardorlik: ichki audit ichki auditor sifatida
ishlash uchun tegishli texnikaviy tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lgan shaxslar
tomonidan bajarilishi. Masalan, tashqi auditor ichki audit xizmati xodimlarining
ishga qabul qilish va o’qitish bo’yicha siyosatni, ular tajribasi va malakasining
sharhini bajarishi mumkin.
(g)
Tegishli kasbiy sinchkovlik: ichki audit xizmatining ishi tegishli
ravishda rejalashtirilishi, unga rahbarlik qilish, sharhlanishi va hujjatlashtirilishi.
Audit bo’yicha yo’riqnomalar ishchi dasturlar va ishchi hujjatlar etarli miqdorda
mavjudligini ko’rib chiqish lozim.
Ichki audit xizmatining ishidan foydalanishni rejalashtirishda tashqi auditor
ushbu davr bo’yicha ichki audit xizmatining dastlabki ish rejasini ko’rib chiqishi
va, imkoniyati boricha, uni eng oldingiroq bosqichda muhokama qilishi lozim.
Ichki audit xizmatining ishi tashqi auditor muolajalarining tavsifi, muddati va
hajmini belgilashda hisobga olingan taqdirda, ushbu ish muddati, audit bilan
qamrab olish darajasi, test sinovlarining darajasi va tanlab olishning taklif
296
etilayotgan usullari, bajarilgan ishning hujjatli rasmiylashtirilishi hamda sharhlarni
bajarish va hisobotni taqdim etish muolajalari yuzasidan oldindan kelishib olish
maqsadga muvofiqdir.
Davr mobaynida uchrashuvlar tegishli vaqt oralig’ida muntazam ravishda
amalga oshirilgan taqdirda, ichki audit xizmati bilan o’zaro ta’sir ko’proq samara
beradi. Tashqi auditor tegishli ichki auditorlik hisobotlardan hamda tashqi
auditorning ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ichki auditorning diqqatini
jalb qilgan har qanday ahamiyatli masalalar to’g’risida xabardor bo’lishi va
ulardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Shu tarzda, odatda,
tashqi auditor ichki audit xizmatining ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan
qandaydir ahamiyatli masalalar bo’yicha ichki auditorga xabar beradi.
Agar tashqi auditor ichki audit xizmatining aniq belgilangan ishidan
foydalanishni ko’zlagan bo’lsa, u uning tashqi audit maqsadlariga mosligini
tasdiqlash uchun, ushbu ishga baho berishi va test sinovidan o’tkazishi lozim.
Ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga baho berish ishlar
va kasbga doir dasturlar qo’lami mosligiga baho berishdan iborat hamda ichki
audit xizmatining ishiga berilgan dastlabki baho tegishlicha qolganligiga bog’liq.
Ushbu baho berish quyidagi jabhalarni ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi mumkin:
(a)
ishlar ichki auditor sifatida ishlash uchun tegishli texnikaviy va
kasbiy tayyorgarlikka ega shaxslar tomonidan bajarilayotganligi hamda auditor
yordamchilari tomonidan bajarilayotgan ishlarga rahbarlik qilish, sharhlash va
hujjatlashtirish to’g’ri amalga oshirilayotganligi;
(b)
xulosalarni shakllantirish uchun oqilona asos bo’lib xizmat qiladigan
etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillari olinganligi;
(v)
mazkur vaziyatlarni hisobga olgan holda shakllantirilgan xulosalar
muvofiqligi va har qanday hisobotlar bajarilgan ishlar natijalariga izchilligi;
(g)
ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan har qanday istisnolar yoki
g’ayriodatiy masalalar bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi.
Ichki audit xizmati aniq belgilangan ishi bo’yicha test sinovining tavsifi,
muddati va hajmi, aniq ko’rilayotgan masalaga qo’llash uchun tashqi auditor
297
tomonidan tavakkalchilik va muhimlikka bergan bahosiga, ichki audit xizmatining
ishiga berilgan dastlabki bahoga hamda ishining aniq belgilangan natijalariga
berilgan bahoga bog’liq. Bunday test sinovlari ichki audit xizmati tomonidan
tekshirib bo’lingan moddalarni qaytadan tekshirishdan, shunga o’xshash
moddalarni tekshirishdan va ichki audit xizmati tomonidan muolajalarni bajarish
yuzasidan kuzatishni amalga oshirishdan iborat bo’lishi mumkin.
Tashqi auditor o’zi tomonidan baho berilgan va test sinovidan o’tkazilgan
ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga tegishli o’zining
xulosalarini hujjatli ravishda qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |