Akmal Nur ”Oy farishtasi” 1996 yil
Mustaqillik yillarida boshqa rassomlar qatori o‘zlariga yoqadigan, o‘zlari sevgan mavzular asosida ishlash, shaxsiy fikr-mulohazalar asosida ijodga kirishish va plastikaga alohida e'tibor berish, ularni yangi shakl va ranglarda ifodalash vaqti kelgani uchun ham rassoam sotsializm davridagi asarlarida ifoda etgan pand-nasihatdan, ichki mafkuraviy tazyiqdan qutulgan holda, voqyelikka yangicha munosabatini, real dunyoga erkin, shaxsiy his-tuyg‘ular asosida qarash bilan o‘z asarlarini yarata boshladilar. Rassom Akmal Nurning “Olma sevgisi”, “Oy farishtasi”, “Childirma chalayotgan qiz”, “Minora”, “Go‘zal sevgi”, “Taqinchoqlar” kabi asarlarida o‘zi sevgan mavzular bilan birga, o‘zi sevadigan tasviriy unsurlar, yana o‘zi sevadigan ranglar va boshqa ramziy elementlar to‘plami beriladi va ifodalanadi. Ularda ho‘kiz va uning shoxi, ho‘kiz shoxida olma, olma fonida sevishganlar, ularni qo‘lida olma, butun polotno fonida olma-anorlar tasvirga olingan. Bu asardagi predmetlar: ho‘kiz – kuch, qudrat ramzi; olma- muhabbat ramzi; anor- oila ramzi sifatida talqin etiladi.
Anorning donalari esa – farzandlar ramzi kabilar tasvirga olinadi. Boshqa asarlarida: qiz, yigit,tovus, oy, turli shakldagi daraxtlar, musaffo osmon, quyosh, fil,diniy unsurlar, doira, olma, eshik, deraza, darvoza arkalari, minoralar, minora qubbalari, baliq, suv,suv osti dunyosi, turli shakl va rangdagi munchoq-taqinchoqlar, do‘ppi, oq ro‘mol, uzun soch, beshik va nihoyat ayol qomati,undagi qosh, ko‘z, burun,og‘iz, lab, quloq, bo‘ytn, ko‘krak kabi tasviriy predmet – unsurlar Akmal nur asarlaridagi asosiy ramziy mazmun va ma'nolar bo‘lib hisoblanadi.
Akmal Nur ijodining mazmundorligi va zamonaviyligi – uning ilmiy izlanishlaridandir. Chunki, u jahon san'ati tarixini, O‘zbekiston tarixini, xalqlarnig urf-odatlarini juda keng diapazonda o‘rganib olganidadir. Bu xislat uning barcha asarlarida ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Uning qator asarlarida yigit-qizning kiyinishi o‘zbek millatining ming yilliklar davridagi obrazini ko‘rsatib turadi. Uning “Sharq bog‘ida” asarini kuzating. Yigit va qizning bosh baylashi Farhod va Shirinlar “davrini” eslatadi. Ma'lumki, bizning musavvirimiz Akmal Nur sevgi – muhabbat kuychisi. Chunki, uning har bir asarida sof, toza, tiniq, g‘oyat nozk, g‘oyat shirin, g‘oyat achchiq sevgi-muhabbat qo‘shig‘i tarannum etiladi.
San'at tarixida biron rassom A.Nurdek sevgi-muhabbatni o‘z tabiatiga, ma'no-mazmuniga, mohiyatiga ko‘ra g‘oyat nozik, g‘oyat nafis, g‘oyat shirin va g‘oyat achchiq, g‘oyat yuksak mehr-ixlos bilan tasvirga ola bilgan emas.
Faqat adabiyotda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiygina sevgi-muhabbatning favqulotdagi mo‘jizaviy dostonlarini yaratib, unga ilohiy ta'rif bera olganlar.
E'tibor bering, qarshingizda A.Nurning “Farzand” (“Ilohiy nur”) asari turibdi. Bu asar oldida har qanday tomoshabin bosh kiyimini yechib, boshini qashib qoladi. Chunki, asar kompozitsiyasidagi yigit-qiz (sevishganlar)ning sevgi dostoni g‘oyat kuchli psixologik kechinmalar asosida muhabbat falsafasi tilga kirib, sevgidagi g‘oyat kuchli, nozik ibo, hayo, oru-nomus, iffat, ko‘rkamlik va go‘zallik kabi ilohiy sevgi-muhabbat ta'rifida tasvirlab berilgan.
Chunki,o‘zbek xalqining bebaho durdona asari bo‘lmish “Avesto”da1 – “Sevgi – muhabbat” inson zotiga berilgan ilohiy nur – yorug‘likdir. Shu nur va yorug‘likdan farzand dunyoga keldi va unib, o‘sib, ulg‘aydi. Bu nur – yorug‘lik – odam zotiga “Yaxshi fikr”, “Yaxshi ibo (so‘z)” va “Yaxshi amallar”ni singdiradi, - deyiladi. Akmal Nur asarlarida o‘zining – o‘ziga xos ijodiy uslublari, ularning yechimlari, ijodiy o‘z-o‘zini tushunish va juda kuchli ijodiy izlanishlarning natijalari yaqqol ko‘rinadi.
Uning asarlaridagi sevgi-muhabbat, sevilgan va sevuvchilar, bu sevgi – muhabbatning ilohiy mevasi sevgi-muhabbat, oila, ayol-ona, ota, halollik, poklik, oddiylik, sharqona nafislik, ko‘rkamlik, ibo,tabassum kabi turli iboralarni falsafiy, ramziy-majoziy mazmuni juda chiroyli, ixcham tasvirlarda, ko‘tarinki ruhda tasvirlarga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |