Akli zaiflik muammosi va akli zaif bolalar ruxiyatining rivojlanish xususiyatlari
R e ja:
Akli zaiflik muammosi.
Akli zaif bolalar ruxiyatining rivojlanish xususiyatlari.
Ilmiy tadkikotlar.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar xakida.
“Inson yukori darajadagi uz-uzini boshkaruvchi, yordam beruvchi, tiklovchi, tugrilovchi va xatto takomillashtirib boruvchi bir murakkab sistemadir”, - degan edi I.P.Pavlov. Xa, bu xulosalarda juda katta xakikat borligi bugungi kunda xech kimga sir emas.
Akli zaiflik tushunchasini tugri tushunishning amaliy va nazariy axamiyati juda katta. Nazariy axamiyati – bolalardagi nuksonli ruxiy tarakkiyotning moxiyatini chukurrok bilish uchun zarur. Fanning noanikligi, konkret emasligi kup xollarda turli xatoliklarga olib keladi. SHu sababli, akli zaiflikni tulik, tugri tushunish kerak. Bu narsa utkazilayotgan ilmiy-tajriba ishlarining xam notugri yulga tushib kolishiga sabab bulishi mumkin. “Akli zaif”likka tugri ta’rif, tushuncha berish, uning sabablarini tugri tushunishga yordam beradi. Buning amaliy axamiyati yanada kattadir. Akli zaif bolalar uchun maxsus ukuv-tarbiya muassasalari mavjud. Barcha akli zaif bolalar yordamchi maktablarda ta’lim olishlari kerak. Akli zaif bolalarni tugri aniklash, ularning butun xayotini belgilab berishini inobatga olib, juda extiyotkorlik bilan ishlash kerak. Akli zaiflikni tugri aniklash atroflicha amalga oshiriladi. Agar bola akli zaif bulmay, ma’lum xususiyatlari bilan ularga uxshasa xam ularni akli zaif deya olmaymiz. Bu yerda bolaning turli analizatorlarining nuksonlari asosida xam bilim saviyalari pasaygan bulishi mumkin. Ayniksa, akliy normal borlani yanglishib akli zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga, atrofdagi karindoshlariga juda katta ma’naviy jaroxat yetkazishimiz mumkin. SHuni xam e’tiborga olish kerakki, akli zaiflarni ukitish-tarbiyalash davlatga birmuncha kimmatga tushadi. Normal bolaning akli zaif yoki aksincha bulishi xam kator salbiy okibatlarga olib keladi. Akli zaiflik sabablari turli-tuman bulishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan kasallanishi, turli jaroxatlar bilan birga miyaning yaxshi rivolanmasligi asosida xam akli zaiflik kelib chikishi mumkin. Akli zaif bulish uchun 2 ta omil birga kelishi kerak. Bulardan biri – markaziy asab tizimining organik buzilishi, xamda shuning okibatida bola bilish faoliyatining turgun pasayishi yuz bergan bulsagina akli zaif deb e’tirof etish mumkin. Xayotda akli zaiflarga uxshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish darajasi past bulsa-da, bosh miyada organik jaroxatning yukligi bolaga akli zaif deyishimizga imkon bermaydi.
Eshitish kobiliyati turli sabablarga kura nisbatan pasaygan, nutk kamchiligi borlar, kurish darajalari zaiflar, kasalliklari surunkali davom etuvchi bolalarning bilim egallash xususiyatlari, darajalari uzlarining normal xisoblangan tengdoshlaridan nisbatan orkada koladilar. Ammo, bunday bolalarni bizlar akli zaif deya olmaymiz. CHunki, ularning bilish faoliyatlari turgun pasaymagan. Ular bilan tegishli sharoitlarda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilsa, ulardagi bilish kamchiliklari tugatilib uzlarining normal tengdoshlarinikiga yetib olishga imkon yaratiladi. Ba’zan, ota-onalarining ma’lumotlari past bulgan oilalardagi bolalarning bilim darajalari, ota-onalarining ma’lumot darajalari yukori bulgan oilalardagi bolalardan birmuncha fark kiladilar. Bunday xollarda ba’zan kupchilikda notugri tasavvurlar paydo bulishi mumkin. Tarbiyasi yaxshi tashkil kilinmagan bolalar xam ba’zan turli xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Ammo, bunday bolalarda xam asosiy belgilar bosh miyaning organik buzilishi va bilish jarayonlarining turgun pasayishi uchramaydi. SHu sababli bunday bolalarni xam biz akli zaif deya olmaymiz.
Lekin, shuni xam kayd etib utish urinliki, xar kanday bosh miyaning organik buzilishlari akli zaiflikka olib kelavermaydi. Akli zaiflik tushunchasi birmuncha keng tushunchadir. Buning ichiga xomila va ilk gudaklik davrida turli sabablar okibatida bilish darajalarining pasayishi (oligofrenlar) xam, ikki yoshdan keyin bilish saviyalari pasaygan bolalar (dementsiya) xam kiradi. 2 yoki 3-nchi gurux nogironi deganda ma’lum kasallik tushunilmay, balki nogironning ish kilish kobiliyati tushuniladi.
Maktabgacha yoshda shizofreniya, tutkanok, entsefalitlar bilan bosh miyasi zararlangan barcha bolalar akli zaif bulmasligi mumkin. SHuni aytish kerakki, malakasiz xodimlar akli zaiflarni oligofrenlar deb, yoki aksincha nomlab yuradildar. Ularning tasavvurlaricha, bu tushunchalar bir xilday axamiyatga ega. Ammo, bu bolalar bir-birlaridan fark kiladilar.
Oligofreniya deganda xomilaning ona kornida, tugilishda yoki ilk chakaloklik yoshida bosh miyasining zararlanishi okibatida kelib chikadigan akli zaiflik tushuniladi. Turli sabablar, kasalliklar natijasida umumiy, jismoniy xamda akliy tomondan tarakkiyotda orkada kolish mumkin. Bunday bolalarni infantil yoki ruxiy rivojlanishi sustlashgan (rrs) bolalar deyiladi. Bu toifa bolalar xam akli zaif bolalarga kirmaydilar.
1925-1930 yillarda akli zaiflikni talkin kilishda kator xatoliklar yuzaga keldi. Bularga misol kilib pedologiya okimi tarafdorlarini kursatish mumkin. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalar xakidagi kator fanlar: pedagogika, psixologiya, fiziologiya, anatomiya, maktab gigienasi kabi fanlarni sintez kilishib, yangi fan yaratishdir. Ularning fikricha, xotira, dikkat, tafakkur xamda shaxsiy xususiyatlar tugma mazmun kasb etar ekan. Pedologlar akli zaiflikning moxiyatini tushuntirar ekan, bu aklning kamligi xisoblanib, ota-onadan bolaga meros bulib utar ekan. Bunday noilmiy yunalish tarafdorlari 1936 yilgi maxsus karor orkali tugatildi.
Ruxiy rivojlanishning susayishi xakidagi ma’lumotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan keyin kuzga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga karaganda ruxiy rivojlanishning susayishii vaktinchalik xolat deb tasavvur kilingan. Bu xolatni chukurrok urganilgan sari, ruxiy rivojlanishning susayishi aksariyat xollarda vaktinchalik xolat emas, balki turgun mazmun kasb etar ekan. Ruxiy rivojlanishning susayish turlari kuyidagilardan iborat:
Ruxiy rivojlanish susayishining konstitutsion turi;
Ruxiy rivojlanish susayishining somatogen turi;
Ruxiy rivojlanish susayishining psixogen turi;
Ruxiy rivojlanish susayishining organik tserebral turi.
Bu muammoning atroflicha urganilishiga Vlasova T.A., Pevzner M.S., Lubovskiy V.I., Lebedinskaya K.S., SHoumarov G.B., Mamedov K.K. va boshkalar samarali xissa kushdilar. Oligofrenopsixologiyada akli zaiflikning uch darajasi xakida bilimlar beriladi. Akli zaiflikning yengil darajasi – debillik deb yuritiladi.
Urtacha darajadagi akli zaiflikni esa – imbetsillik deb nomlanadi. Akli zaiflikning ogir darajasini – idiotlik deb yuritiladi.
Kiskacha bularning xar biri xakida tuxtalib utamiz.
Debil bolalar akli zaiflikning eng yengil darajasi bulib, yordamchi maktabning 8 yillik dastur materiallarini muvaffakiyatli egallaydilar. Bu bolalar yordamchi maktabni bitirish bilan birga ma’lum kasb, mutaxassislik xam egallaydilar.
Imbetsil bolalar ommaviy tarzda ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa bolalarning ayrimlari yordamchi maktab koshlarida tashkil etilgan imbetsil bolalar sinflarida tajriba tarzida ukitiladi. Bu bolalarning bilim olish darajalari birmuncha cheklanganligi sababli, ularning barchasi ukiy olmaydilar. Bu darajadagi akli zaif bolalar mustakil xayot kechira olmaydilar.
Akli zaiflikning ogir darajasi idiotlik deb yuritilib, ular umuman ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa akli zaif bolalar ijtimoiy-ta’minot muassasalarida saklanadilar. SHu muassasalarda bunday bolalar tarbiyalanadilar, davolanadilar. Bu bolalarda nutk deyarli rivojlanmagan. Uz-uzlariga xizmat kilish malakalari deyarli shakllanmagan. Bu bolalarning xarakat tizimlari xam buzilganligi okibatida ularning yurish-turishlari xam uziga xos kurinish kasb etadi. Bu bolalardagi barcha salbiy xislatlarga karamasdan, ularda xam ma’lum darajadagi elementar kunikma, malaka, odatlar tarbiyalash mumkin.
1950 yillardan keyin I.P.Pavlov ta’limotini chukurrok, ijodiy urganish asosida akli zaiflikni tor tushunishga chek kuyildi. Bu ta’limot asosida “ximoyalovchi-saklovchi” jarayonning moxiyati ochib berildi. Ruxiyatning reflektor nazariyasi markaziy asab tizimining kasallanishi natijasida ish kilish kobiliyatining buzilishini oydinlashtirib berdi. Akli zaif bolalar oliy asab faoliyatlarining xususiyatlari borasida A.R.Luriya, M.S.Pevzner tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlar juda katta nazariy axamiyatga ega buladi. 1962 yildagi Xalkaro kengash oliy asab faoliyati fiziologiyasining filosofik masalalarini tugri taxlil kilishga yordam berdi.
Mashxur psixolog, oligofrenopsixologiyaning asoschisi L.S.Vigotskiy ta’limoti juda katta nazariy, amaliy axamiyat kasb etdi. Xozirgi kunda L.S.Vigotskiy ta’limoti yanada dolzarblashib bormokda. Turli etmologik omillar asosida kelib chikadigan akli zaiflarni differentsirlashgan xolda ta’limga jalb etish ishlari ishlab chikilmokda.
Kator ilmiy-tajriba kuzatishlarining kursatishicha, akli zaif va normal bolalar tarakkiyoti yagona, umumiy rivojlanish konuniyatlari asosida amalga oshar ekan. Normal rivojlanish barcha boskichlarida dinamik tarzda amalga oshsa, akli zaif bolalar rivojida birmuncha chetga chikish kuzga tashlanar ekan. Akli zaif bolalar rivojlanishi bosh miya nuksoni asosida kechar ekan. Demak, akli zaif bolalar markaziy asab tizimining turli tomonlari, ruxiy jarayonlar adinamik tarzda rivojlanadi. Bu borada L.S.Vigotskiyning “birlamchi” va “ikkilamchi” nuksonlar nazariyasi, “erishilgan” va “yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan daraja” xakidagi ilmiy ishlari nixoyatda katta axamiyat kasb etadi. Birlamchi nuksonlar deganda bosh miyaning turli salbiy ta’sirotlar okibatida organik buzilishini tushunamiz. Bunday salbiy ta’sirotlarga turli jaroxatlar, urilishlar, kasalliklar kiradi. Bularning barchasi bosh miyani u yoki bu darajada zararlaydi. Yukoridagi birlamchi nuksonlar ta’siri ostida ikkilamchi nuksonlar yuzaga keladi. Bunday nuksonlarni ikkilamchi xosilalar xam deb yuritiladi. Ikkilamchi nuksonlarning mazmuni, asosan birlamchi nuksonlarning chukurligiga, darajasiga, yuz bergan vaktiga kup jixatdan boglik. Ikkilamchi nuksonlar bevosita akli zaif bola shaxsidagi turli uzgarishlardir. “Erishilgan” (aktual) tarakkiyot zonasi deganda tekshirilayotgan vaktdagi bolaning tarakkiyot darajasi tushuniladi. “Yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan zona” esa, ma’lum ta’lim- tarbiya, tarakkiyot boskichlaridan keyingi rivojlanish darajasini tushunamiz. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, ta’lim-tarbiya tarakkiyotdan oldinda boradi. Tarakkiyot, rivojlanish esa ta’ldim-tarbiyadan keyin boradi. SHu sababli ta’lim-tarbiyani bolaning “erishilgan”, tarakkiyot darajasiga asoslanib emas, balki bolaning yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan darajaga” asoslanib tashkil kilish lozim. Ma’lumki, akli zaif bola tafakkurining rivojlanmasligi asosida bosh miya pustlok ostki kismlar faoliyatining buzilishi yotadi. Pedaloglar fikricha, akli zaif bola tarakkiyoti davomida nazariy bilimlarni egallab boradi. Ammo bolaning akliy koeffitsienti (IQ) uzgarmaydi degan fikrni yoklab chikkanlar. Ruxiyatning rivoji ogir darajadagi akli zaiflarda xam davom etadi.
Xatto, akliy nukson ogirlashib boruvchi xolatda xam ruxiy rivojlanish davom etadi. Bola ruxiyati xar kanday ogir nuksonda xam rivojlanib borish xususiyatiga ega ekan. J.I.SHifning e’tirof etishicha, “Akli zaif bola ruxiyati, normal bola ruxiyati kabi rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi” Ruxiyatning rivojlanish konuniyatlariga ta’lim-tarbiya xam ma’lum darajada ta’sir etadi.
Oligofreniya muammosiga bagishlangan adabiyotlarni taxlil kilsak, 2 ta uziga xos okimni kurish mumkin.
Birinchi okim tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, akli zaif bola u yoki bu darajada sodda, elementar bilimlarni uzlashtiradi. Ammo, ular umumlashtirish, abstraktsiyalash jarayonlarini normal bolalardek bajara olmaydilar. Ruxiyatning kaysi soxasini olmang, tarakkiyotda yukori darajaga yeta olmaydilar. Bularning asosida yetakchi kamchilik bulgan umumlashtirish jarayonlarining zaifligi yotadi.
Ikkinchi yunalish L.S.Vigotskiy tomonidan ishlab chikilgan. Ruxiy tarakkiyotni yagona jarayon deb xisoblab, xar bir rivojlanish boskichi undan oldingi rivojlanish darajasiga bevosita boglikligini uktiradi. L.S.Vigotskiy birlamchi va ikkilamchi nuksonlarni ajrata bilish zarurligini kursatadi. “Dastlabki va tez-tez uchraydigan nukson psixologik funktsiyalarning rivojlanmasligidir. Buning asosida xotira, tafakkur, xarakter buzilishlari yotadi. Nuksonli bola ruxiyati rivojlanishining asosiy belgisi biologik va madaniy rivojlanish orasidagi bogliklikning buzilishidir”, - deb ta’kidlaydi L.S.Vigotskiy.
Boladagi biologik nukson uz navbatida madaniy bilimlarni egallashga tuskinlik kiladi. L.S.Vigotskiy nazariyasiga kura, oliy ruxiy funktsiyalar - xotira, tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Akli zaif bola rivojidagi biologik va madaniy soxalarning bir-biridan uzoklashishi natijasida ulardagi intilish va talablar diagarmonik, uygun bulmagan tarzda shakllanadi. S.S.Korsakov 1905 yilda chop etilgan “Mikrotsefallar psixologiyasi” asarida “CHukur darajadagi akli zaif bolalarda atrofni bilishga bulgan intilish shakllanmagan” – deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni G.Ye.Suxareva uz ishlarida rivojlantiradi. M.G.Blyumina esa “Bogcha yoshidagi oligofren bolalarga bushlik, zaiflik, tashabbussizlik, kizikishlarning yetishmasligi xosdir” – deb kursatadi. SHuni kayd etish urinliki, akli zaif bolalarda jinsiy yetilish muddatidan birmuncha oldin patologik tarzda yuz beradi. Albatta, bu xolat nuksonli mazmun kasb etadi.SHuning asosida sekin-asta barcha ruxiy rivojlanish buzila boshlaydi. Akli zaif bolalar nutki birmuncha sekin rivojlanib boradi. Buning natijasida akli zaif bolalar atrofidagilar bilan muomalasi kechikib boradi. Ma’lumki, jamoa bola ruxiyatining rivojida yetakchi omil vazifasini utaydi. Ammo, akli zaif bolalar normal tengdoshlaridan ajralib, chetda koladilar. Akli zaif bola ruxiyatining rivoji ichki va tashki noxush sharoitlar asosida kiyin amalga oshadi. Asosiy noxush omillarga boladagi kizikishlarning zaifligini, kiyin ukuvchanligini, yomon idrok etishlarini kursatish mumkin. Akli zaif bolalardagi bunday xislatlar ichki biologik belgilardir. SHular asosida akli zaif bola, bolalar jamoasidan chetga chikib koladi. L.S.Vigotskiy uzining 1936 yilda chikkan “Tarakkiyot diagnostikasi va kiyin bolalikning pedalogik klinikasi” nomli asarida kuyidagi fikrlarni bildiradi. “Simptom birlamchi nuksondan kancha uzok tursa, shuncha oson tarbiyaga, davolashga beriladi”. Bu kullanmada nuksonlilikni erta diagnostika kilishning axamiyatli ekanligini aloxida kursatib utadi. Muammo yuzasidan salmokli ilmiy ishlar M.S.Pevzner va V.I.Lubovskiy faoliyatlariga tugri keladi. Ular uzlarining uzok yillik kuzatishlari asosida 1963 yilda “Oligofren bolalarning tarakkiyot dinamikasi” deb nomlangan fundamental asarlarida akli zaif bolalarning akliy tarakkiyotidagi samarali davrlarni kursatib berganlar. Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ta’limning dastlabki yillaridagi xar taraflama pedagogik ta’sirga karamay, akli zaif bolalarning akliy rivoji sekin amalga oshar ekan. Akli zaif bola tarakkiyotida 3-4 sinflar asosiy rol uynar ekan. Bu yoshlarda ularning akliy rivojida sezilarli siljishlar yuz berar ekan.
Usmirlik davrida, egallangan bilimlar mustaxkamlanib borar ekan. Ammo, bilim egallash bilan, uni amalda kullay olish orasida katta fark yuzaga kelar ekan. Akli zaif bolalarning ruxiy tarakkiyotida yukori sinflar yetakchi rol uynar ekan. Albatta, olimlarning xulosalari asosiy, akli zaif bolalarning kupchiligiga taallukli. Bizningcha, ayrim akli zaif bolalar yukoridagi ayrim yosh davrlariga tula mos kelmasligi mumkin. Bu tabiiy xol, albatta.
Akliy zaif bolalarning intellektual tarakkiyotiga ta’limning ta’sirini chet el olimlari xam uziga xos yunalishlarda urganganlar. A.D.Klarkning e’tirof etishicha, ta’lim akli zaif bolalar akliy tarakkiyotiga samarali ta’sir etmas ekan. Muallif akli zaif bolalar bilan ishlashda asosan mashklar metodini taklif kiladi. Frantsuz olimi Klod Koler esa, akliy tarakkiyotda kul xarakati mashklarini kuprok kullash lozimligini tavsiya etadi. Ammo, muallif turli kul xarakatlarining akli zaif bolaning umumiy tarakkiyotiga kanday ta’sir etishini bayon etmagan. SHveytsariyalik P.Moor esa, akli zaiflarga diniy tarbiya berishni tavsiya kiladi. 1963 yilda Angliyada Norman Ellis tomonidan akli zaif bolalar ruxiy jarayonlarining rivojlanish xususiyatlarini ochib berishga bagishlangan kullanma chop ettirildi. Yukoridagi mualliflar uz ishlarida asosan akli zaif bolalarning rivojlanishiga oid bir tomonlama yondashilgan ma’lumotlarni berganlar.
CHet el olimlari orasida ilgor fikrli olimlar xam kupchilikni tashkil kiladi. Bularga misol kilib E.Xayssermanni, R.Zazzoni, Dj..Uortisni kursatishimiz mumkin. Bu mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, akli zaif bolalarda xam potentsial rivojlanish imkoniyatlari mavjud ekan. Akli zaif bolalar ruxiyatining rivojlanish dinamikasini buzib kursatuvchi okimlar xam mavjud. Bularga misol kilib “chegara”, “tarakkiyotning tuxtashi”, “tarakkiyot chegarasi”, “degeneratsiya nazariyasi”, “axlokiy nuksonlilik” kabi kator noilmiy karashlarni kursatish mumkin. Ammo, ilgor chet el olimlarining va mamlakatimizning olimlari tomonidan kulga kiritilgan ilmiy tajriba ishlarining natijalari yukoridagi karashlarning asossizligini allakachonlar isbot kildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |