Foydalanilgan adabiyotlar:
https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/
2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika
4. https://uzhurriyat.uz/2015/12/30/jurnalistika-o-zi-nimadan-va-qanday-boshlangan/
5. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika
6. https://|-gallery.ru/uz/okrashivanie/istoriya-poyavleniya-i-razvitiya-zhurnalisttiki-proishozhdenie/
7. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika
8. https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/
9. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari
10. https://hozir.org/14-mavzu-reportaj-tayyorlash-intervyu-olish-qoidalari.html
ILOVA
DISSERTATSIYA YUZASIDAN YOZILGAN MAQOLALAR
G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr…
O’z JOKU 2-kurs magstri Akbarova Umida
Annotatsiya: Mazkur maqolada internet tarmoqlarida kengayib borayotgan turfa axborot oqimlari va ulardagi yod g’oya va qarashlarni, to’g’ri baholay olish uchun, insonlarda qanday ko’nikma va qobilyatlarni shakillantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, tanqidiy fikrlash tushunchasining tarif va tasniflari hamda yosh avlodda tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: turfa ma’lumotlar oqimlari, yod g’oya va qarashlar, tanqidiy fikrlash, prizident maktablari, yangi alifbe.
Bugungi kunda hayotimizni internetsiz, aqilli gadjetlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Aynan mana shu ixtirolar mevasi o’laroq, biz bugun butun dunyo ahli bilan hamnafasmiz. Bu bizga juda ko’p afzalliklar berdi, albatta. Ilm-fan yangiliklari-yu, marifat durdonalarini yer yuzi bo’ylab bo’lishish, bugun bizdan soniyalarnigina talab etmoqda. Ammo, insonlarning bir biriga bo’lgan ta’sir doiralari kengayishi , faqatgina, ijobiy jihatlarni o’z ichiga olmaydi.
Bugun dunyo manzarasini, turfa ma’lumotlar oqimini o’z ichiga olgan ulkan ummonga o’xshatish mumkun. Undagi duch kelgan oqimga qo’shilib, oqib ketmaslik uchun, manan sog’lom, aqlan yetuk, teran fikr va tafakkur, shuningdek, keng dunyoqarash egasi bo’lish insoniyat uchun, allaqachon zarur omillardan biriga aylanib qolgan. Biroq, ma’lumotlar oqimi shu qadar keng va turfaki, insonlarga yaxshini yomondan, haqni nohaqdan, uydurmani haqiqatdan ajratish uchun, hatto, yuqoridagi sifatlarning barchasi ham, kamlik qilmoqda. Zero, ma’lumotlar cheksiz, barcha sohalarning bilimdoni bo’lish esa, bir inson bolasi uchun hali erishilmagan cho’qqi.
Xo’sh, u holda, bugun dunyo ziyolilari ushbu muammoga qanday yechim taklif etishmoqda. Bilishimcha, bugungi kunda, turli axborotlarni to’gri baholay olishning eng samarali yo’li sifatida, tanqidiy fikrlash qobilyati tilga olinmoqda. Juda ko’p odamlar tanqidiy fikrlash so’zini eshitganlarida, tanqid qilishni tushunadilar. Ularni hayolida tanqidiy fiklash negativ fikr bildirish, birovning fikrini rad qilish, uni shubha ostiga olish ma’nolarini anglatadi. Aslidachi, aslida bunday fikrlash xato. Tanqidiy fikrlash o’zi nima? Keling, bu tushunchani yoritib berish uchun uning qisqacha tarifiga va u haqidagi ba’zi fikr va mulohazalarga e’tiborimizni qaratamiz:
Tanqidiy fikrlash – bu hamma narsani tanqid qilish emas. Bu bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, uni shubxa ostiga olib asoslarini tekshirish va vaziyatni mustaqil baholab qaror chiqarishdir.
Xo’sh tanqidiy fikrlashni qanday amalga oshirish mumklun? Quyida bu borada yangiliklarni tahlil qilish orqali javob beramiz:
Bu xabardan kimga foydaliroq ekanligini o’ylang. Yangilikni o’qidingizmi o’zingizga savol bering. Xo’sh bu yangilik nega bosilib chiqdi? Eng avvalo bu xabardan kimga, qaysi tashkilotga va hukumatga foydaliroq? Shu xabar motivini aniqlash lozim.
Har doim manbani tekshiring. Internetda bu anchayin oson. Manbaga ko’pincha link beriladi, ustiga bosib xabar qayerdan olinganini ko’rish mumkun. Boshqa holatlarda, o’zingiz izlaning va tekshirib qaysi saytdan olingan, saytdagi ma’lumotlar, auditoriyasi, sifatini ko’ring. Hozirda ko’plab olamshumul yangiliklar shunchaki oddiy, “sariq matbuot” bo’lgan manbalaradan olib boyitilgan bo’lib chiqadi. Masalan: qaysidir olim tilga olingan bo’lsa, o’sha olim haqida internetdan ma’lumotlar izlab ko’ring. Boshqalar bilan shu yangilikni munozara qiling. Yangilikni o’zini emas, post yozing. Boshqalarning e’tirozi va argumentini tinglab solishtirib ko’ring. Siz o’z fikringizni va ular o’zlarinikini asoslashini talab qiling, shunda haqiqat bir qadar yuzaga chiqadi. Siz ham xato fikrlayotgan yoki noto’g’ri xulosa qilgan bo’lishingiz mumkunligini unutmang! 16
Ko’plab rivojlangan davlatlar o’z fuqarolarida tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga, uzoq yillardan buyon, jiddiy masala sifatida yondashib kelishadi. Misol uchun, AQSH ta’lim tizimida, allaqachon, ayni shu ko’nikmalarni o’rgatish asosiy o’ringa chiqqan.
Uzoq yillardan buyon, yurtimizda ta’lim berish jarayoni yod olish ko’nikmalari asosiga qurib kelinmoqda. Bu uslubdagi ta’lim berish qaysidir sohalarda qisman o’rinli bo’lgani va bilim darajalarini oshirgani bilan, ulardagi fikrlash qobilyatini o’stirishga xizmat qila olmaydi. Bu esa, bora bora fiklash qobilyatining qotib yoki qoliplashib qolishiga, turfa vaziyatlarga tog’ri baho bera olmaslikga, yod g’oya va qarashlarga ko’r-ko’rona ergashishga olib kelishi mumkun, afsuski.
Biroq, O’zbekistonda ham, mana uch, to’rt yildirki tanqidiy fikrlashga e’tibor kuchaydi. Jumladan, yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2019-2021-yillarda prezident maktablarining tashkil etilishi xalqimiz ongida tanqidiy fikrlash tushunchasining paydo bo’lishiga katta zamin yaratdi. Buning boisi, prezident maktablariga saralash imtihonlarining tanqidiy fiklash darajasini aniqlab beruvchi savollarni ham o’z ichiga olganligidir . Xalqimiz orasida prezident maktablariga qabul qilinish yoshlarning porloq kelajagiga qo’yilgan eng yaxshi tamal toshlaridan biri bo’la olishiga kuchli ishonch mavjud. Bu esa, yoshlarimizni tanqidiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishga undab kelmoqda.
Shu o’rinda 2021-yilda 1-sinf o’quvchilari uchun nafaqat o’qish va yozishni balki yoshlikdanoq tanqidiy va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga ko’maklashuvchi yangi alifbe kitoblarining yaratilganligini ham mamnuniyat bilan takidlab o’tish joiz.
Keltirilgan ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, fuqarolarimizda tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun hali ko’plab islohotlar amalga oshirilishi zarur. Islohotlarni eng avvalo, bog’cha va maktablardan boshlash masalasiga yanada kuchliroq yondashish zarur nazarimda. Zero, bola boshidan deb bejizga aytmagan dono xalqimiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |