Akbarova nigora


II. O‘tgan mavzuni takrorlash



Download 7,56 Mb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi7,56 Mb.
#219381
1   2   3   4
Bog'liq
ўқиш фанидан дарс ишланма

II. O‘tgan mavzuni takrorlash:
Boshqotirma
Katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz, quyida berilgan maqolni bilib olasiz.


3


2

9



1

3

5

6


1

2

4

8

7


9


4




8



5

7

6

... — baxt kaliti.

Agar qaysi guruh boshqotirmani tez va to‘g‘ri bajarsa, shunga qarab baholaymiz. (boshqotirma monitor asosida ko‘rsatiladi).
Boshqotirma guruhlar tomonidan yechiladi, yechimlarni yig‘ib olib rag‘bat yoki jarima kartochkalari beriladi.


Bo`lim yuzasidan topishmoqlar o`yini


Negadir hamma uni

To`polonchi deyishar.

Bulutlar – u daraxtlar

Ta`rifini bilishar. (shamol)



Chopsa, chopilmas,

Bo‘lsa, bo‘linmas.

Kessa, kesilmas,

Ko‘msa, ko‘milmas.

Ajib ishlar bo`ladi

Uxlaganlar ko`radi. (tush)
O‘tgan mavzu xulosalanadi.

O`tgan darsni takrorlashda faol ishtirok etgan va topqir o`quvchilar rag`batlantiriladi














III. Yangi mavzuning bayoni.
Yoz –videoproektorda: yoz fasliga tegishli bo`lgan rasmlar, o`yinlar va boshqa shunga o`xshash narsaning harakati ko`rsatiladi.



Y OZ – fasllar ichida eng sevimlisi. Kunlar issiq, tabiat – yam – yashil. Quyosh bobo osmon cho`qqisida turib astoydil nur sochadi. Uning nuriga to`ytingan mevalar g`arq pishadi. Bog`larda qizil – sariq shaftolilar, oltinrang o`riklar yaproqlar ortidan xuddi “Meni yeng!” – deganday tovlanadi.


Anhorlarda tiniq suvlar to`lib – toshib oqib, go`yoki yoz haqida jo`shqin qo`shiq kuylayotganga o`xshaydi. Eng maroqlisi biz yozgi ta`tilda quvnab dam olamiz. Istirohat maskanlaridagi zilol suvlarda miriqib cho`milamiz.




Yaqin qarindoshlarnikiga mehmonga borib, do`st – u dugonalarimiz bilan quvlashmachoq, bekinmachoq kabi turli o`yinlarni o`ynaymiz.


Xullas ... yoz – mazza.



Dam olish daqiqasi:


Bog‘da pishibdi olma,

Shoxlari egilibdi.

Mevasin ko‘tarolmay,

Bellari bukilibdi.
Shamol g‘ir-g‘ir esganda,

Mevalari to‘kilibdi.

Bolajonlar o‘tganda,

Yeb, rosa to‘yishibdi.



Tap-tap etar koptogim,

Menga o‘rtoq koptogim.

Ursam uni arazlab,

Qochib ketar koptogim.
Kelgin, xafa bo‘lmagin,

Yarashaylik, koptogim,

Sira qochib ketmagin,

Do‘stligimiz buzmagin.




IV. Mavzuni mustahkamlash:
To`g`ri tanla o`yini:
Bunda o`qituvchi oldida har xil chizilgan meva rasmlari va poliz ekinlari chizilgan tarqatmali mateallar bo`ladi, o`quvchilarni guruxlarga bo`lib olinadi;

1 – gurux mevalarni;

2 – gurux poliz ekinlarini ajratishadi.





B irinchi bo`lib shartni bajargan g`olib gurux rag`batlantiriladi.



Maqollar:
Yozda ishlamagan,

Qishda tishlamas.

Yozgi harakat – kuzgi barakat.
Savollar:


  • Yoz fasli haqida nimalarni bilib oldingiz?

  • Yozda pishadigan mevalarni ayting?

  • Yoz sizga nimasi bilan yoqadi?

  • Yozda siz qanday mashg`ulotlar bilan shug`ullanasiz?

  • Yoz fasliga qaysi oylar kiradi?

  • Yozda yomg`ir yog`ganini kuzatganmisiz?

  • U sizda qanday taassurotlar qoldirgan?

V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
O‘quvchilarning darsdagi bilimi baholanadi va darsda faol qatnashganlar alohida rag‘batlantiriladi. Guruxlarning jamg‘argan ballari baxolanadi.
VI. Uyga vazifa: Darslikning 85 – betidagi Yoz matnini ifodali o`qish, hamda qo`yidagi topishmoqlarni yod olish.

To‘ni silliq, tuki yo‘q,

Ichi qizil, ko‘ki yo‘q.

Yer tagida oltin qoziq,

U hammaga bo‘lar oziq.


PIshsa bemaza,

Pishmasa maza.

Nigora Akbarova


Namangan viloyati Xalq ta`lim boshqarmasi Namangan shahar Xalq ta`lim bo`limiga qarashli 85 – o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi.
Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish