Qosim shayx xonaqohi
Qosim shayx xonaqohi Navoiy viloyatining Karmana tumanida shayboniylar sulolasiga mansub bo‘lgan Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.
Memoriy obidaning bunyod etilishida rahnamolik qilgan shaxs – Markaziy Osiyo tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan, shayboniylar hukumronligi davrida chuqur iz qoldirilgan shaxslardan biri Abdullaxon ibn Iskandarxon ibn Jonibekxondir. Buxoro xoni Abdullaxon o‘zining mashhur Jo‘ybor shayxlaridan (xo‘jalaridan) bo‘lgan pirlaridan biri Qosim Shayx Azizonga atab ushbu xonaqohni bunyod ettirgan. Qosim Shayxi Azizon (XVI asr boshi – Karmana – 1578) – tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Abdullaxon II ning piri. U tasavvufning jahriya sulukiga mansub. Uning kamolga yetishida Shayx Xudoydod Valiyning ta’siri katta bo‘lgan. “Abdullanoma” asarida yozilishicha, Qosim Shayx shayboniy sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro urushlarni to‘xtatib, Turkistonni yagona davlatga birlashtirish g‘oyasini oldinga surgan hamda bu yo‘lda qat’iy siyosat yuritayotgan Abdullaxon II ni faol qo‘llab-quvvatlagan. U shayboniy sultonlarni bir necha marta o‘zaro yarashtirgan va sulh tuzishga erishgan (1554, 1558, 1569 va b.). Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelgach (1557), Karmanada shayx uchun muhtasham xonaqoh qurdirgan (1558). Zamondoshlari tomonidan Qosim Shayxga “Hazrati Eshon”, “Qutb ul-avliyo”, “Shayxi Azizon” kabi unvonlar berilgan.
X onaqoh so‘nggi o‘rta asrlarning boshlarida, 1558-yil bunyod etilgan.
Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht (“Abdullaxon g‘ishti”), loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan.
Qoshimshayx xonaqohi gumbazli bo‘lib, uning balandligi 14 metrni tashkil etadi. Qosim Shayxning sag‘anasi xonaqohining sharqiy tomonida joylashgan. Sag‘ana atrofi 5-6 metrbo‘lib, pishiq g‘isht bilan terib chiqilgan. Balandligi 1,5-2 metr. U marmar toshlar va “Abdullaxon g‘ishti” deb ataluvchi g‘ishtlar bilan terib chiqilib, ayrim joylari Qur’oni Karim oyatlari yozilgan marmar toshlar bilan qoplangan. Hozir ham bu toshlarning ba’zilari saqlanib qolgan. 1910-yilda inshoot atrofi devor bilan o‘ralib hazira tarzida qo‘shimcha binolar (ziyoratxona, masjid, ayvon va boshqa xonalar ) qurilgan.
XonaqohSharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki,inshoot gumbazi, uning qafasasining ulug‘vorligi va o‘ziga xos balandligi bilan ajralib turadi.
Inshoot 1975-yilda qayta ta’mirlangan va ayni paytda yodgorlik ichida muzey tashkil etilgan.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizning barcha tarixiy obidalari qatoriga Qosim shayx yodgorlik majmuasi O‘zbekiston tarixiy yodgorliklarini asrash tashkiloti muhofazasiga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1999-yil 27-mayda “Navoiy viloyati tarkibida Karmana tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonida Karmananing bir qancha yodgorliklari qatori Qosim Shayx me’morchilik majmuasini ham qayta ta’mirlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘rsatilgan. Navoiy viloyat va shahar hokimliklari tashabbusi bilan Karmana shahri fuqarolari ishtirokida Qosim shayx yodgorlik majmuasi qisman ta’mirlanib, bu joy ancha obodonlashtirildi.
Inshoot YUNESKO tashkiloti tomonidan Butun jahon yodgorliklariro‘yxatiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |