Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet40/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Nurullaboy saroyi

N urullaboy saroyi Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi (XX asrda). Bu saroy-bog‘ni qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz o‘g‘li Asfandiyorxon uchun qurdirgan (Nurullaboy degan shaxsning bog‘i o‘rniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb ataladi).


Nurullaboy saroyi yangi davrning dastlabki davrlarida (mustamlaka davrida), 1904-1912-yillarda bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning qurilishida pishgan g‘isht, sement, tosh, tunuka va yog‘ochdan foydalanilgan.
Nurullaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar, darvozaxona, saroy, qabulxona, arzxona, Madrasa, xizmatchilar uchun turar-joy, bog‘, gulzorli hovlilardan iborat. Majmuaga (185,6x143,0 m) janubdagi ariq ustiga qurilgan ko‘prik orqali darvozadan kiriladi. Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Saroy to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (87,1x65,0 m), 4 hovlili, qal’aband devor (bal. –7,5 m) bilan o‘ralib, burjlar ishlangan. 3 hovlida 2 qavatli, janubiy-g‘arbiy hovlida 1 qavatli xonalar joylashgan. Bosh tarzi darvozasi madrasa, turar-joy va arzxona bilan o‘zaro bog‘langan. Saroy shimolidagi 2 hovli ayvonlarning tomi ikkinchi qavat uchun o‘tish joyi vazifasini o‘taydi. Katta hovli saroyning shimoliy-g‘arbiy qismini egallagan. Hovlida quduq mavjud.
Qabulxona (27,5x32,1 m) saroyning shimoliy-sharqida, o‘ziga xos yevropacha uslubda qurilgan. Bosh tarzi janubga qaratilgan. 1 qavatli, 7 xonasi bor. Old va orqa tomoni ayvonli.
Arzxona (82,0x71,0 m) saroyning sharqida joylashgan. Tarhi «Г» shaklida, janub qismi uch burchakli, shimol va g‘arbga qaratilgan ayvonlari mavjud.
Madrasa bosh tarzi sharqqa qaragan. Janubiy-sharqiy burchagida 4 ustunli 2 qavatli masjid, shimoliy-g‘arbida ayvon, hovli atrofida darsxona va hujralar joylashgan. Tashqi devorlari va 4 burchagidagi guldastalar pishiq g‘isht va koshin bilan bezatilgan.Bog‘ saroyga tushgan bo‘lib, baland qal’aband devor bilan o‘ralgan, burjlar ishlangan. Bog‘ning 3 tomonida eshik bo‘lib, 2 eshik saroy bilan, sharqdagisi arzxona, qabulxona bilan bog‘langan. Bog‘o‘rtasida 8 qirrali hovuz bor.
Nurullaboy saroyining ganchkor devorlari oltin va kumush bilan zarhallangan, zalning «oltin shifti» nihoyatda ko‘rkam, undagi murakkab girrix naqshlar o‘ziga xos, ichki va tashqi darvozalari, eshiklari, ayvon ustunlaridagi naqshlar Xorazm yog‘och o‘ymakorligining yuksak namunasidir. Qabulxonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshinkor pechlar yevropa me’morchiligi bilan uyg‘unlashgan. Tashqi tomoni silliq g‘ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan.
Uni qurishda ganchkor ustalar Xudoybergan hoji, usta Nurmat, Ro‘zimat Masharipov, yog‘och o‘ymakorligi va uni bo‘yash ustalari Bobojon Qalandarov, Ota Shayx, Ismoil Abduniyozov, g‘isht teruvchi Quryoz Bobojonov va b. qatnashgan.
Nurullaboy saroyi mujassamotida Xorazm milliy uy-joy qurilishining an’anaviy xususiyati o‘z ifodasini topgan.
Me’moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Islomxo‘ja majmuasi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Minora afsonaviy ko‘rinishini Ichan qal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichan qal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish