Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet12/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Govkushon madrasasi

Govkushon madrasasi Buxorodagi jo‘ybor shayxlari tomonidan bunyod etilgan.


Inshootning qurilishida homiylik qilgan jo‘yboriylar Muhammad Islom (taxminan 1493-1563) va Xoja Sa’d (1531/32-1589)lardir. Ma’lumki, xoja Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarini aslzoda va valiylar avlodi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida, o‘z shaxslarini ota tomondan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo‘jiga olib borib ulaydilar. Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqelariga ko‘ra, Jo‘ybor xojalari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallaganlar. Shayxlarning asosiy boyliklari xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan berilgan tortiqlar asosida hosil bo‘lgan. Xoja Muhammad Islom ombor va sandiqlarida saqlanayotgan sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Marv va boshqa viloyatlarda 300 jufti gov (2500 gektar) yer-suvga ega bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l ostida 10 ming qo‘y, 700 ot, 500 tuya, 104 ta hunarmandchilik va savdo do‘konlari, 7 tegirmon, ko‘plab hammomlar, sardobalar va boshqa mol-mulk bo‘lgan. Xoja Muhammad Islomning o‘g‘li va vorisi Xoja Sa’d esa 2 ming jufti gov (17 ming gektar) sermahsul yer, 2,5 ming qo‘y, 1000 ta tuya, 1000 ta yilqi, 12 ta hammom, 10 sardoba, 2 karvonsaroy egasi hisoblangan. Ana shularning hammasidan u yiliga 1,6 million tanga daromad qilgan. Shuningdek, qalmoq, rus va hindlardan iborat uning 1000 ta quli ham bo‘lgan.
Govkushon madrasasi so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida, shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Uning bunyod etilishda har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘isht, yog‘och, loy, tosh, tunuka va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Govkushon madrasasi va masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Lekin bu ariq 1930-yillarda ko‘milib ketgan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana mavjud. Peshtoqning g‘arbidagi ravoq ustidagi qanosio‘simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, o‘ngda xonaqoh-masjid (darsxona) bor. O‘rtadagi hovli (25x35 m)ning to‘rt tomoni hujralar bilan o‘ralgan. Xo‘ja masjidi kirish peshtoqi, hovli atrofi g‘ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli ko‘prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g‘ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bag‘ishlaydi. Govkushon madrasasi Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, naqshdor, “Chor” uslubida ishlangan.
Madrasaning nomi boshqa madrasalardan tubdan farq qiladi. Madrasa mahalla nomi bilan bog‘liq. Bundan tashqari Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla bo‘lgan. Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan so‘ng me’moriy obidaning ta’mir talab qismlari qayta tiklandi. Madrasa atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Chet el sayyohlari va yurtimiz ziyoratchilarning sayilgohiga aylangan.
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Govkushon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish