MASHQ QILISH UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI
9-sinflar uchun test
1. Xammurapi qonunlari nima sababdan o‘zigacha yaratilgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi?
A) qonunlar o‘ta shavqatsiz bo‘lganligi uchun
B) qonunlar hajmi jihatidan hayotning har xil tomonlarini qamrab olganligi uchun
C) qonunlarni hukmdorning bir o‘zi tuzmasdan, aholining barcha qatlamlari ishtirokida to‘plaganligi uchun
D) qonunlarda moddalarning nihoyatda ko‘p bo‘lganligi uchun
2. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya
a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e
B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c
C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-d
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
3. Qadimgi dunyoning suv yoki suv manbaasiga oid xudolari keltirilgan javobni aniqlang.
1) Ea; 2) Geya; 3) Xapi; 4) Indra; 5) Poseydon; 6) Shamash; 7) Neptun; 8) Artimeda; 9) Anaxita; 10) Venera.
A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1, 5, 7, 8, 9, 10 C) 3, 5, 6, 7, 9
D) 3, 5, 6, 7, 8, 10
4. Qadimgi Rimni larzaga solgan qo‘zg‘olon boshlig‘i Spartak nima sababdan qul qilinib, gladiatorlik maktabiga sotib yuboriladi?
A) u rimliklarning dushmani – frakiyalik yunon bo‘lganligi tufayli
B) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun
C) Rimning maxfiy sirlarini yunon koloniyalariga sotganligi uchun
D) gladiatorlar jangidan bosh tortganligi uchun
5. Qang‘ davlatiga kimlar asos solgan?
A) dovonliklarB) yuechjilarC) saklar
D) so‘g‘dlar
6. Qo‘lida burgut qo‘ndirgan tojdor hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Varaxsha B) Bolaliktepa C) Anqaqal’a
D) Tuproqqal’a
7. Xuroson amirining xalifaga qarshi isyonida qatnashgan va keyinchalik o‘zi qo‘zg‘olon boshlig‘i bo‘lgan tarixiy shaxsni aniqlang.
A) Rofe ibn Lays B) Divashtich C) Abu Muslim
D) Muqanna
8. O‘rta Osiyoda bunyod etilgan ilk madrasa qanday nomlangan?
A) Fiqhlar madrasasi
B) Farjak madrasasi
C) Poykand madrasasi
D) Kovushduzlar madrasasi
9. Quyidagi qaysi hukmdor turkiy, fors, arab, pahlaviy tillarini bilgan va she’rlar yozgan?
A) Ismoil Somoniy
B) Mas’ud G‘aznaviy
C) Muhammad Takash
D) Mahmud G‘aznaviy
10. Eron shohi Xusrav I tonomidan Yaman nechanchi yilda ishg‘ol qilinadi?
A) 561-yil B) 570-yil C) 651-yil
D) 583-yil
11. Jakeriya qo‘zg‘olonining shiori nima bo‘lgan?
A) yo vatan, yo sharofatli o‘lim
B) qirq yil qul bo‘lib yashagandan ko‘ra, bir kun ozod bo‘lgan yaxshi
C) barcha zodagonlarni bitta qo‘ymay qirib tashlash
D) qullikni tomiri bilan yulib tashlash
12. Ma’lumki, Mo‘g‘ullar xoni huzuriga kirish istagidagi barcha kishilarning o‘zlarigina emas, ularning sovg‘a-in’omlari ham turli duo, yovuzliklardan “tozalanishi” lozim edi. Bunga nima orqali erishilgan?
A) elchilar hovuzda ikki marta cho‘miltirilgan
B) shomon ruhoniylarining duosi va olov atrofidan aylanish
Do'stlaringiz bilan baham: |