Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet16/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Abdullaxon madrasasi

M e’moriy obidaAbdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.


Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi.
Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgang‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoqqanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan.
Me’moriy obidaYUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasiningo‘ziga xos huquqiy kafolatidir.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish