Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ME’MORCHILIK BO‘YICHA ATAMALAR LUG‘ATI
Ayvon (fors) – yon tomonlarining barchasi yoki ba’zilari ochiq usti bostirilgan
(yopilgan) inshoot.
Antresol (fr.) – qavatlar o‘rtasida joylashgan yoki xonani hajmini ko‘paytirish
uchun unga yopishtirib qurilgan yarim qavatli joy.
Ark – feodal davlatining qal’a ichida mudofaa qilingan joyi.
Arka (it., lot.) – prolyotni yon tomonga bosim beruvchi alohida elementlar
(toshlar, g‘ishtlar) bilan yopilishi; hozirgi talqinida har qanday egri chiziqli prolyot
yopmasi. Farqlanadi: konstruksiyasi bo‘yicha – ponali, yashirin; shakli bo‘yicha –
yarim sirkulli ko‘p
markazli; vazifasi bo‘yicha – yuk ko‘taruvchi, yukni
kamaytiruvchi va hokazo. Shakli bo‘yicha – strelkali arka bir-biri bilan burchak
ostida kesishadigan ikkita yoydan tashkil topgan; milliy me’morchilik tarixida to‘rt
markaz strelkali arka uchraydi. Yarim sirkulli arka yarim aylana shaklida bo‘ladi.
Ikki markazli arka bir xil radiusli ikkita yoydan tashkil topadi. Nurli arka –
yopiladigan prolyot yarim aylanadan kichik arka.
Arkada (fr.) – ustun yoki tayanchga o‘rnatilgan arkalar qatori.
Arkbutan – gumbaz tortqich kuchini kontrofosga uzatadigan yarim arka.
Axta – naqsh tarhi igna bilan chekilgan andoza.
Bazilika (grek.) – 1) ustunlarning bo‘ylama qatori bilan xonalari qismlarga (nef,
naos)
ajratilgan bino; yon tomonlaridagidan ko‘ra o‘rtadagi xona odatda keng va
baland bo‘ladi, yon tomondan yoritiladi; 2) qadimgi rimliklarda – sud, savdo, birja
binolari; 3) erta xristian cherkovi.
Balkon – perila bilan mustahkam to‘silgan va xona bilan bog‘langan, fasadda
chiqib turuvchi maydoncha.
Baraban – binoning tomida (cho‘qqisida) joylashgan silindrik yoki ko‘p qirrali
shaklga ega bo‘lgan qismi, yuk ko‘taruvchi gumbaz; yorug‘lik barabanida
derazalar ham bo‘ladi.
Vassa – ayvonni yopishda bolorlar (to‘sinlar) ustidan
teriladigan yarim silindr
shaklidagi taxtacha
Galereya – bo‘yi enidan ancha katta bo‘lgan yopilgan yorug‘ xona, odatda
bo‘ylama devorlardan bittasi ustunlardan iborat bo‘ladi.
Ziyoratxona – marosimlar o‘tkaziladigan katta xona.
Islimiy – o‘simlik shoxlari ko‘rinishidagi naqsh turi.
Lavh – kitobni qo‘yib o‘qish uchun yasalgan moslama.
Qal’a – o‘rta asrlar davridagi shahar qo‘rg‘oni.
Karvonsaroy – shahar va savdo yo‘llaridagi savdogarlar va yo‘lovchilar
turadigan joy.
Karniz – devorning tugallanish joyi, tepa qismi (devorni yomg‘irdan asraydi).
Kromlex – aylana bo‘ylab yoki tutashmagan aylana shaklida joylashtirilgan
tosh ustunlar guruhi.
Kundal – ichki devorlarda bo‘rtiq yuzaga zarhal berib ishlangan naqsh turi.
Mavzoley yoki maqbara – daxma (o‘lgan insonning tanasi ko‘milgan joy)
ustida tiklangan monumental inshoot, yodgorlik.
Madrasa (arab.) – musulmon diniga mansub oliy maktab.