Mo‘yi Muborak madrasasi
Madrasa Toshkent hokimi Mirzo
Ahmad qo‘shbegi tomonidan bunyod
etilgan bo‘lib, “Toshkent tarixi” asarining
muallifining ma’lumot berishicha, Ahmad
qo‘shbegi asli Qo‘qonlik bo‘lib, tug‘ilgan
yili ma’lum emas. Uning otasi Amir
Umarxon davrida Toshkentga yuborilgan
mas’ul shaxslardan biri bo‘lgan. Mirzo
Ahmad
1830-1831-yillarda
shu
shaharning hokimi lavozimida faoliyat
yuritgan. U Qo‘qon xonligidagi munosib xizmatlari va qipchoqlar qirg‘inidagi faol
ishtiroki evaziga Xudoyorxon tomonidan Toshkent shahri hokimi lavozimiga
tayinlangan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Mirzo Ahmad Chor
Rossiyasining Toshkentga birinchi hujumi paytida 1864-yili halok bo‘lgan. Mirzo
Ahmad qo‘shbegi mazkur madrasaning bekam-u ko‘st faoliyat olib borishi uchun
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
o‘z hokimligi davridayoq eski Toshkent, Saroig‘och va Xonqo‘rg‘onda
o‘zlashtirilgan yerlarni hamda boshqa turdagi mulklarni vaqf qilgan.
Me’moriy obida so‘nggi o‘rta asrlarning oxirlarida, ya’ni 1856-1857-yillarda
Toshkentning Hazrati imom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida
bunyod etilgan.
Me’moriy obida o‘rnida qurilgan dastlabki inshoot (XVI) nurab, tolibi ilmlar
uchun yaramay qolganligi uchun bu madrasa o‘rnida yangi bir madrasani bunyod
etish
boshlanadi.
Eng
asosiysi,
bu
madrasada
Muhammad
(s.a.v.)
payg‘ambarimizning muborak mo‘ylari (soch tolalari) saqlangan. Yangi
madrasaning bunyod etilishi “Muborak mo‘y”ning saqlanishiga ham xizmat qilgan.
Mazkur inshoot bunyod etilgan davrda davlatda Minglar sulolasi hukmronlik
qilgan.
Madrasaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht,
loy, yog‘och, koshin, temir va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan.
Madrasa tarhi ham, me’moriy yechimi ham o‘ziga xos bo‘lib, uning peshtoqi
rangin, naqshinkor gullar bilan bezaklangan. Inshoot tashqi bezaklarida asosan
ko‘k
rang
ustunlik
qiladi.
Madrasa
to‘rtburchak tarhli, gumbazli bo‘lib, uning 13
hujrasi
mavjud.
Me’moriy
obidaning
kiraverish eshiklarining yuqori qismi turli xil
gulli kosinkori naqshlar bilan bezaklangan.
Bezaklarning ikki chetki qismida gulli
naqshlar chizilgan bo‘lib, u guldan boshqa
naqshlar
tarqagan.
Me’moriy
obidaga
kiraverish
qismi
ham
me’morchilik
an’analarini o‘zida yaqqol namoyon etgan
bo‘lib, madrasa ichkarisiga naqshinkor qilib ishlangan eshiklardan kiriladi.
Eshikdan kiraverishda dunyoga mashhur “Mus’hafi Usmon” tagkursi ustida
turibdi. Madrasaning gumbaz osti naqshlari insonni beihtiyor o‘ziga jalb etadi,
naqshlarda asosan yashil, moviy va tilla ranglar mahorat bilan ishlatilgan.
Madrasaning boshqa hujralarida turli xil hajmli va turli davrlarda ko‘chirilgan va
boshqa tillarga ko‘chirilgan Qur’on nusxalari saqlanmoqda. Madrasa eshiklari
yog‘och o‘ymakorligining yorqin namunasi demakdir. Dastlab inshoot ta’lim
maskani sifatida faoliyat yuritgan.
Madrasa Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan,
“Chor” uslubida, eshiklari esa xotamkori uslubida bunyod etilgan.
Madrasani bunyod ettirgan Toshkent hokimi Mirzo Ahmad madrasa bitgach,
unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin eshon Boboxonning
bobosi) mudarris etib tayinlagan. Kutubxonaning kitob fondi haqida gapirganda,
marhum muftiy Eshon Boboxon hazratlarining nomini tilga olish maqsadga
muvofiqdir. Chunki, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi
tashkil etilgan dastlabki yillardanoq (1943) uning raisi Eshon Boboxon hazratlari
shaxsiy
kutubxonalaridagi
mingdan
ortiq
qo‘lyozma
kitoblarni
idora
kutubxonasiga taqdim etgan. Ularning ishlarini, keyinchalik Nodirxon domla
1943-1970-yillarda xalqdan sotib olingan yoki hadya tariqasida yig‘ilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |