Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga


Abulqosim Eshon madrasasi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Abulqosim Eshon madrasasi 
 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Abulqosim Eshon madrasasi o‘z 
nomidan ham ma’lumki, Abulqosim eshon 
tomonidan bunyod etilgan. 
Abulqosim eshon ibn Eshonto‘raxon 
(?-1892) – din arbobi, Toshkentning 
mashhur eshonlaridan bo‘lgan. Toshkentda 
tug‘ilgan. Otasi Eshonto‘raxon nafaqat 
Toshkent, balki butun Qo‘qon xonligi 
hududida katta nufuzga ega bo‘lgan. Rus 
tadqiqotchilari (V.N.Nalivkin, N.Likoshin, 
N.P.Ostroumov va boshqalar) Abulqosim eshon zamonasining aqlli, zukko, bilimli 
insonlaridan biri ekanligini e’tirof etishgan. Abulqosim eshon o‘z mablag‘iga 
madrasa bunyod etgan.
Me’moriy obida Beshyog‘och dahasida 1850-yilda qurdirilgan. Binoning 
eng eski qismi – xonaqohi Mo‘yi Muborak Abulqosimning otasi Eshonto‘raxon 
tomonidan 1820-yil bunyod etilgan. 
Inshoot mang‘itlar sulolasi davrida qurilgan so‘nggi o‘rta asrlarning noyob 
yodgorligi hisoblanadi. 
Me’moriy obidaning qurilishida chorsu pishiq g‘ishtidan, loy, koshin va 
shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. 
Madrasani bezashda asosiy e’tibor bosh tarziga qaratilgan. U chorsu pishiq 
g‘ishtidan ikki qavatli qilib, sharqqa qaratib qurilgan. Bosh tarzining o‘rta qismida 
madrasa devori sirtidan 1,82 m bo‘rttirib chiqarib, balandligi 16 metrli peshtoq 
ishlangan. Uning ikki yonida guldasta minora qad ko‘tarib, ularning tepa qismida 
XVI-XVII asrga xos mezana bor. Peshtoqning old va yon tomonlari (to dahana 
asosigacha) va devorning kungurador qismi chorsu pishiq g‘ishtdan tekis qilib 
ishlangan. Uning yuqori qismi esa sharafa hamda kitoba bilan bezatilgan. 
Me’moriy obida o‘zida Sharq me’morchiligi an’analarini namoyon qilgan va 
“Chor” uslubida bunyod etilgan. 
Madrasa o‘sha davrda qurilgan boshqa madarasalardan o‘zining me’moriy 
yechimi bilan ajralib turgan.
Abulqosim Eshon madrasasi 1919-yilda barcha diniy tashkilotlar qatorida 
yopilgan. Madrasa oldidagi hovuz va uning o‘ng tomonidagi hammom 1940-yilda 
chap tarafidagi ustunli masjid buzilgan. Bugungi holatiga 1982-1987-yillarda olib 
borilgan ta’mirlash ishlari natijasida shakllangan. Hozirda madrasa muqaddas 
qadamjolarimizdan biri hisoblanadi.
Abulqosim Eshon madrasasiga mustaqillik yillarida hukumatimiz qolaversa, 
Xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib ravishda e’tibor qaratilmoqda. Madrasada 
tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir 
qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga 
olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. 
Me’moriy obida 1983-yildan O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini 
muhofaza qilish jamiyatining Toshkent bo‘limi, 1996-yildan Xalqaro “Oltin 
meros” xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi va uning xalq amaliy 
san’atiga ixtisoslashtirilgan Ustoz-shogird yo‘nalishidagi maktab joylashgan. 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish