Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ko‘pgina tarixiy obidalar ta’mirlandi. Arabxon
va Muhammad Amin Inoq
madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‘rab
olingan (1842). Ichan qal’a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish
maqsadida Dishan qal’a (Tashqari qal’a) qurilgan. Ollohqulixon 1842-yil
Chorjo‘yga yurish qilib, qal’ani qamal qilgan paytda og‘ir kasalga duchor bo‘lib,
orqaga qaytishga majbur bo‘lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o‘zi hayot
vaqtida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan.
Karvonsaray so‘nggi o‘rta
asrlarning oxirlarida, 1832-1833-yillar oralig‘ida
bunyod etilgan.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrda zulm, talonchilik, o‘zaro urushlar
kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7
marta
Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5
marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‘zg‘olonlarini beshafqat
bostirgan (1828-yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini
mustahkamlagan (1840-1841-yillar).
Bundan tashqari, Ollohqulixon hukmronligi
davrida ko‘pgina obidalar qad rostladi. Borlari ta’mirlandi. Bir so‘z bilan aytganda,
me’morchilik, san’at va ko‘pgina sohalar rivojlandi.
Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan
g‘isht, tosh, tunuka, sement, qum, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va
shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan.
Karvonsaroy to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (69,0x58,0 m),
burchaklariga
guldasta – minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimol va janubdagi peshtoq orqali
kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar
(4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga
qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan,
ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli.
Hovliga kiriladigan yo‘lak 2 tomondan peshtoq bilan chegaralangan.
Peshtoq
qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor.
Karvonsaroy Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan,
“Chor” uslubida bunyod etilgan.
Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‘ziga xos tomonlar bor.
Masalan, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib o‘tilsa, bu
yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan to‘g‘ri o‘tish mumkin. Hovli o‘rtasi
ot aravaga mol yuklashga qulaylashtirilganligi bilan karvonsaroy talablariga javob
bergan va o‘z davrida chet davlatlardan keladigan savdo karvonlariga maishiy
xizmat ko‘rsatilgan hamda karvonsaroy pastidagi xonalarda yuk saqlangan,
yuqoridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan joy vazifasini bajargan.
Ollohqulixon karvonsaroyi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‘ng bir
necha bor ta’mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‘zbekiston
Respublikasi
hukumatining 616-sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan