Telegram kanal
:@tarixolimpiada
bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi
barcha obidalar qatorida Ulug‘bek madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi.
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-
yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon
madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.
Me’moriy inshoot rivojlangan va so‘nggi o‘rta asrlarning eng yirik ta’lim
muassasasi bo‘lgan. Abdullaxon II davrida Jo‘ybor shayhi Xoja Sa’d tomonidan
(1586) butunlay qayta tiklangan va yirik madaniyat va ma’rifat maskani vazifasini
o‘tagan. Manbalarda aytilishicha, Ulug‘bek 1419-yil 28-noyabrda madrasaga
tashrif buyurgan va ta’lim olayotgan talabalarga in’omlar ulashgan.
Ulug‘bek madrasasi (G‘ijduvon)
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida
joylashgan
Ulug‘bek
madrasasi
Muhammad
Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan
U Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning
to‘ng‘ich
o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda
Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil
otasi
Shohruxning
yordamida
Movarounnahr
taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha
hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib,
astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi”
asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan.
Madrasa qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggiga to‘g‘ri keladi. U XV asrning
birinchi yarmida, ya’ni 1414-1433-yillarda qurib bitkazilgan.
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro
viloyatining G‘ijduvon tumanida bunyod etilgan.
Madrasa qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir”
qotishmasidan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan.
Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30 m), masjid, darsxona va
yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‘rtada miyonsaroy, 2 yonida
masjid va darsxona (8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy
to‘ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra
bo‘lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‘bek
madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan.
1933-yilda V.Shishkin, V.Nil’sen va I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida
madrasaning o‘lchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulug‘bek nomi va qurilgan
sanasi yozilgan. Madrasaning g‘arbida shayx Abduxoliq G‘ijduvoniy qabri
joylashgan. G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‘bek
madrasasi ta’mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‘i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon
(bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga
bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‘rnatilgan.
Madrasa qo‘shminorali, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan,
gumbazli, arkli, “Chor” uslubida qurilgan. Uning o‘ziga xos tomonlaridan biri esa,
Do'stlaringiz bilan baham: |