1.Shtangenasboblar tuzilishi va vazifasi bilan tanishib chiqiladi va daftarga yoziladi.
24
Rejalashdan avval zagatovka yoki ishlangan detal yaxshila ko'zdan kechirildadi va
kavaklari, pufakchalari, dars ketgan joylari, parda qoplangan, qiyshaygan joylari va shunga
o'xshash kamchiliklarning bor-yo'qligi, o'lchamlarining to'g'riligi, yetarli qo'yim qoldirilganligi
tekshiriladi. Undan keyin rejalanadigan barcha yuzalar keyindidan, qoliplash vaqtida yopishib
qolgan tuproqdan tozalnadi, g'adir-budurlari ketkaziladi, so'ngra zagatovka bo'yaladi.
Ular bo'yalsagina tortilgan reja ko'zga tashlanib, ish prossesida yaqqol ko'rinib turadi. Qora, ya'ni
ishlanmagan va dag'al ishlangan yuzalar bo'r bilan, tez quriydigan bo'yoq yoki lak bilan
bo'yaladi. Bo'r poroshogini suvda sutday qilib qorib, unga bir oz zig'ir moyi va sikkativ (tez
qurituvchi modda) qo'shiladi. Rejalanadigan yuzani bo'r bo'lagi bilan bo'yash tavsiya qilinmaydi,
chunki bu holda bo'r zarralari uchib ketib, chiziqlar ko'rinmay qoladi. Toza ishlangan yuzalarini
bo'yash uchun eritilgan yoki ayrim bo'lakcha holidagi to'tiyo ishlatiladi. To'tiyo eritmasi (bir
stakan suvga 2-3 choy qoshiq to'tiyo solinadi) buyumning yuziga cho'tka yoki latta bilan
surtiladi. Ayrim bo'lakcha xolidagi to'tiyodan foydalanganda buyumning yuzi so'v ilan xo'llanib,
so'ngra to'tiyo ishqalanadi. Har ikkala holda xam buyumning yuzi yupqa va pishiq miz qatlami
bilan qoplanadi, ana Shunday yuzada reja yaqqol ko'rinib turadi.
Bo'yalgan yuzani rejalashda oldin baza belgilanadi. Rejalar shu bazadan boshlab tortiladi. Tekis
materiallarni rejalashda yassi detallarning, list va polosa materialning tashqi chetlari,
shuningdek, yuzaga chizilgan har xil chiziqlar, masalan, markazlovchi, o'rtacha, gorizontal,
vertikal yoki og'ma chiziqlar baza bo'lib xisoblanishi mumkin. Agar detal yoki materiallarning
tashqi (pastki, ustki yoki yon) chetlari baza qilib olinadigan bo'lsa, uni dastlab tekislash kerak.
Chiziqcha, odatda quyidagicha chiziladi: avvalo barcha gorizontal hiziqchalar, so'ngra vertikal
chiziqchalar, keyin og'ma chiziqchalar va oxiridagina aylanalar, yoylar va burilishlar chiziladi.
Ish vaqtida qo'l tekkan sari chiziqchalar o'chib, yaxshi ko'rinmaydigan bo'lib qolishi mumkin,
buning oldini olish uchun chiziqchalar ustidan kern uriladi. Kern izlari - o'yilgan nuqtalar
chuqukr bo'lmasligi va chiziqchalar ularning o'rtasipdan o'tishi lozim. (32-rasm, b ga qarang).
Kern izlari orasidagi masofa ko'z chamalab belgilanadi. Oddiy shaklli uzun chiziyilarda bu
masofa 20 dan 100 mm gacha bo'ladi, qisqa chiziqlarda Shuningdek, burchaklarda, burilishlarda
va qayrilishlarda esa 5 dan 10 m gacha bo'lishi lozim.
Aniq buyumlarning ishlangan yuzalarida belgi chiziqlari izidan kern urilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: