Annotasiya turlari
Mazmuni va maqsadli
vazifasi bo’yicha
|
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz
tavsifnomasini beradi)
|
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan
auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
tavsifini va bahosini beradi)
|
Mazmunni to’liq qamrab
olishi bo’yicha
|
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman
matnning tavsifini beradi)
|
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
|
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar
tavsifini beradi)
|
Annotasiya – Nimaniki? Nimaga?
1. Bibliografik bayon
|
2. Annotasiya matni
|
F.I.Oi. Asar
nomi.- Nashriyot
– yil - № - bet.
|
Matn tipi va vazifasi haqidagi
ma’lumotlar; muallif qo’ygan vazifalar;
uslublar; annotasiya qilinayotgan asar
tuzilmasi bayoni; predmeti va mavzui,
matnning asosiy qoidalari.
|
Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi! Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching! “Klishelashtirilgan” iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing:
Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari: Maqolada…lar ko’rib chiqilgan. …ko’rsatilgan. …ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi. …keng material keltirilgan. Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi. … ning mohiyatini ochishda Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.
Magistirlik disertatsiya annotatsiya.
Dissertatsiya ishini yozish uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida TIQXMII, ISMITI, UzGIP, Uzgiprovodxoz, Sirdaryo BUIS va Sirdaryo GTME ning loyihaviy materiallari, adabiyot manbaalardan foydalanilgan.
Ishning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2012 sanadagi “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini va suv resurslaridan samarali foydalanishni kelgusida yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida” gi qarori, shuningdek 2013-2017 yy davri uchun suv xo‘jaligi majmualarini rivojlantirishning Davlat dasturi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha
Tadqiqotning maqsadi v vazifasi. Tadqiqot maqsadi sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi Fondiga meliorativ ishlarni rejalashtirish strategiyasiga to‘g‘ri yo‘nalish va ularning samaradorligiga guvohlik berish imkoniyatini beruvchi Sirdaryo viloyati Xovos tumanini meliorativ rayonlashtirishni ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti Sirdaryo viloyati Xovos tumanining sug‘oriladigan yerlari hisoblanadi.
Tadqiqot metodikasi. Gidrogeologik meliorativ rayonlashtirishning asosiy metodikasi xududning tabiiy va texnogen sharoitlari haqidagi bilimni umumlashtirish, ko‘p yillik rejali kuzatishlari materiallarini tahlil qilish va jadal sug‘orish sharoitida yer osti suvlarining gidrodinamik gidrokimeviy rejimi o‘zgarishlarining qonuniyyatlarini oydinlashtirish hisoblangan.
Ilmiy yangiligi. Meliorativ rayonlashtirish birinchi marta umumiy va xususiy suv-tuz muvozanatlariga asoslanib bashorat qilish sharoitida amaldagi meliorativ rejimlar va tavsiya etilgan parametrlarni tahlil qilish bazasida xarakatdagi gidromeliorativ tizimda bajarilganligidan iborat.
Ishning asoslanganligi. Ishning ishonchliligiga ma’lum hisoblash metodikasi, me’yoriy hujjatlardan foydalanilganlik imkon yaratadi.
Amaliy ahamiyati. Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi drenajni taklab amalda tadqiq qilish bilan meliorativ jarayonlarning majmuaviy tahlil qilish bajarilgan.
Tadqiqotning natijalarini amalga oshirish va tadbiq qilish. Tadqiqot natijalari drenaj turlari va o‘lchamlari bo‘yicha rayonlashtirish haritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Xulosalar va takliflar. Meliorativ rayonlashtirishning yaqinlashtirilgan tamoyillari ishlab chiqilgan. Sug‘orish uchun kollektor-drenaj-tashlama suvlari resurslaridan foydalanishni hisobga olib, turli xil gidrogeologik-tuproq-meliorativ va xo‘jalik sharoitlari uchun meliorativ rejimlarning parametrlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan meliorativ rejimlarning muvofiq keluvchi parametrlariga ega melioratsiya va drenaj modulining murakkabligi bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanini meliorativ rayonlashtirish bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |