O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Akademik yozuv fani bo’yicha
Guruh: 810-20
Bajardi: Rasuljonov Asadbek
Tekshirdi: Ahmedova Muqaddas
Amaliy topshiriq
2-topshiriq
1 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish”
metodi bo‘yicha matn tuzish.
1)
Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal,
algoritm, algebra;
819 – yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan
Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va
boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan
tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa– „Baytul
Hikmat“ („Donishmandlik uyi“) ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada
Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. Bu davrlarda Xorazmiy o'nlik
sanoq tizimini yaratish bilan birga algebra faniga asos soladi.
2)
Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar
ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;
Ahmad al-Farg‘oniy (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-
Farg‘oniy) (taxminan 797, Farg‘ona–865, Misr) astronomiya, matematika,
geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy olimi.
Ahmad al- Farg‘oniyning 8 asari ma’lum. Shu bilan birga, ta’kidlab o‘tishimiz
kerakki, Rizoulloh Ansoriyning dalolat berishicha, uning qoldirgan asarlari soni o‘n
bitta. Bu kitoblarning har birida astronomiyaga oid yangi, qimmatli fikrlar aytilgan.
Ularning ayniqsa ikkitasi jahon astronomlariga ma’lum va mashhurdir. Biz bu
o‘rinda al- Farg‘oniy asarlarining mazmuni bilan chegaralanamiz. «Astronomiya
ilmi asoslari» — «Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi» («Kitob fiy
harakat as- samoviya va javomi’ ilman-nujum»). Risolaning asl qo‘lyozmalari matni
bir xil bo‘lsa-da, beshnom ostida saqlanib kelmoqda, ya’ni: «Al-Majistiyga
bag‘ishlangan falakiyot risolasi», «Falak sferalari sababiyati», «Al-Majistiy
haqida», «Ilm al-hay’a» deb ham ataladi. Yana bir kitobi — «Asturlob yasash haqida
kitob» («Kitobal- komil fiy san’a al-asturlob»). Al-Farg‘oniyning qo‘l yozmalari
Angliya, Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr, Hindiston, Germaniya, Eron (Tehron),
Rossiya (Peterburg) va boshqa bir qancha mamlakatlarning yirik ilmiy
kutubxonalarida asrlar bo‘yi saqlanib kelmoqda.
3)
Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar;
Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug
ʻTarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq)—Oʻrta Osiyoning ulug
Turkiy mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga
sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta
oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallimas soniy"
("Ikkinchi muallim" ,Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor
boʻldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga
mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda
somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich
bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda
davom ettirdi.Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl
oladi. Olim yoʻl yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va
boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan
talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan
tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib,
ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940)
yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va
mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan
ortiq tilni bilib 160 dan ortiq asarlar yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |