2.3.Didaktik materiallar………………………………………………..
Xulosa................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..
KIRISH
Matematikani yaxshi bilgan bola aqlli,
keng tafakkurli bo‘ladi va
istalgan sohada ishlab ketadi.
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstititsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqishlariga
ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rinegallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish,ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etish bilan bog‘liqdir.
“Matematika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g’risida” Pezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo’nalishlari belgilandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematika tasavvurlarini shakllantirish bo’yicha zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni joriy qilish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyiatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Qarorga ko‘ra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma–bosqich tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Matematika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar bosqichma–boshqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobilyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.
Matematika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |