Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash bo`yicha uslubiy tavsiyalar



Download 25,96 Kb.
bet2/2
Sana08.09.2021
Hajmi25,96 Kb.
#168474
1   2
Bog'liq
2 5337250077989669294

Birinchidan, loyihalarni bajarish jarayoni o`quvchilarda mustaqil fikrlash va 

o`z fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatini berar ekan, ularning ishini qattiq 

nazorat qilish va cheklashdan qochish, balki ularning mustaqil faoliyatini 

rag`batlantirish lozim. 

Ikkinchidan, loyihalarni bajarish jarayoni  ochiq, ijodiy jarayonligi bois, uni 

bajarishda qat’iy rejaga yopishib olmasdan, faoliyat davomida o`zgarishlar va 

qo`shimchalar kiritishni ham inobatga olish zarur. 

Uchinchidan,  ko`pchilik loyihalar yakka o`quvchilar tomonidan amalga 

oshirilishi mumkin, lekin uni bajarishda jamoa bo`lib harakat qilish ahamiyatliroq 

bo`lib, o`quvchilarda hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradi. 

Loyihalar uning ishtirokchilaridan faollik talab qiladilar: ular yozishlari. 

qirqishlari, yopishtirishlari, ma`lumotlar izlashlari, boshqa odamlar bilan muloqot 

qilishlari, foto suratlar izlash rasm chizishlari, o`z ishlarini kompyuterda Mikrosoft 

Offis programmasida rasmiylashtirshlari kerak bo`ladi. 

Tadqiqotlar texnologiyasi  bilan o`quvchilarni tanishtirish umuman 

umumta`lim maktablatidan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Akademik litsey va 

kasb-hunar ta`limi tizimida ham 1-bosqishdan loyihalar texnolgiyasi bilan ishlash 

tashkil etish lozim.Ushbu jarayonda 1-bosqich o`quvchilari ularning yoshiga xos 

bo`lgan egomarkaz xususiyatini yengib o`tish, jamoat joylarida o`zini tutish 

shakllari, muloqot qilish, hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradilar. 

Shuning uchun,  dastlabki bosqichda guruh bo`lib bajariladigan loyihalar ustida 

ishlash maqsadga muvofiqdir. Tarixning “Qadimgi dunyo tarixi” bo`limida loyihalar biror bir afsona 

qahramonlarini (Gerakl, Axilles, Shiroq), tarixiy shaxslarni (To`maris, Shiroq, 

Spitamen, Aleksandr Makedonskiy va b)  o`rganishga yoki bo`lmasa san’at  va  

madaniyat haqidagi tushunchalarni o`stirishga (Qadimgi dunyoning yeti mo`jizasi, 

zikkuratlar, piramidalar  va b.) yordam beradi. Ko`pincha guruh bo`lib ishlash 

jarayonida hamma guruhlarga bir xil vazifa berilishi ham yaxshi natijalarga 

erishishga yordam beradi. Bunda ishtirok qiluvchi guruhlar o`zlashtirish va bilimi 

nuqtai nazaridan turli darajali bo`lishi va  har bir guruhga bir xil darajadagi 

o`quvchilar jalb qilinishi zarur [46,61-70].   

Tarixning o`rta asrlar davrini o`rganuvchi darslarda loyiha ustida ishlash 

ijodiy jamoada qiziqishlar bo`yicha birlashish, o`rganish jarayonida turli xil rolli 

o`yinlardan foydalanish imkoniyatini berib, ularda berilgan topshiriqlarni o`z 

vaqtida bajarish, bir-biriga yordam berish, ma’suliyat va ishga vijdonan 

yondoshish sifatlarini tarbiyalaydi.Masalan, kichik  hajmli biror qahramon  yoki 

voqea haqidagi tadqiqotlar “O`rta asr shaharlari va shaharliklar” deb nomlangan 

to`plamga kiritilishi mumkin. Axborot beruvchi loyihalar amalga oshirilganda esa 

to`plangan ma’lumotlar to`plam yoki rolli o`yinlar, munozaralar uchun asos 

bo`lishi mumkin. Axborotlarni to`plashda o`quvchilar tarixiy asarlardan, internet 

ma’lumotlaridan, vaqtli matbuot nashrlaridan, ensiklopediya va ilmiy 

adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari bu davr tarixini 

o`rganishda yurtimizning qadimiy shaharlari bo`lgan Xiva, Buxoro, Samarqand, 

Qoraqalpog`iston respublikasida joylashgan antik va o`rta asrlarga oid qal`alarga, 

tarix va o`lkashunoslik muzeylariga ekskursion loyihalar tashkil qilish mumkin.  

Yurtimiz tarixini o`rganish cheksiz loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish 

imkoniyatini beradi. 

Har bir loyiha ma’lum bir mavzuga bag`ishlanib, bir yoki bir necha dars, bir 

semester yoki bir o`quv yili davomida ishlanishi mumkin. Loyihani amalga 

oshirish jarayonida o`quvchilar masalan, tarixiy shaxslar hayoti haqida gapirib 

berishlari yoki hikoya yozishlari, o`zlarining shaxsiy jurnallarini yaratishlari, 

maketlar, rasmlar, kollajlar yasashlari, reja, xarita sxemalar, grafiklar, 

diagrammalar va b.tuzishlari mumkin. 

Taklif qilinayotgan metodni tahlil qilish uchun o`quvchilar loyihalar uchun 

alohida daftar yoki ish papkalari yuritganlari yoki loyihalarni alohida varaqlarga 

bajarib ularni ish oxirida alohida ko`rgazma shaklida namoyish etishlari mumkin.   

Tadqiqotlar texnologiyasidan foydalaniladigan darslarga o`qituvchi oldindan 

diqqat bilan tayorgarlik ko`rishi lozim. Agar imkon bo`lsa, o`quv yili 

boshlanmasidan oldin tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanilgan holda 

o`rganiladigan mavzular, boblarni aniqlab, rejalashtirib olgan ma`qul. Bu 

o`quvchilarning loyihalarni bajarishdagi vaqtini to`g`ri taqsimlashga, 

o`rganilayotgan mavzu yoki muammoga chuqurroq kirib borishiga imkon yaratadi. 


 

 



49 

Gap shundaki, har bir loyihani yatatish va  amalga oshirish o`quvchidan ko`p kuch 

va vaqt talab qiladi, lekin uni hech kim kundalik ishlardan ham ozod qilmaydi. 

O`quvchiga tushadigan yuklamani ko`paytirib yubormaslik uchun loyihalarni 

avvaldan rejalashtirish va bu bilan o`quvchilarni o`quv yili boshidanoq tanishtirish 

o`quvchining kundalik yuklamasini o`zi rejalashtirishiga va vaqtini to`g`ri 

taqsimlashga yordam beradi[47,22-23]. 

Albatta, o`quvchilar dastlabki davrlarda o`quv dasturi  doirasidagi 

mavzularni tanlashga harakat qiladilar. O`qituvchi bu holda ilmiy rahbar ro`lini 

bajarib boradi. 2-3 kurslarda loyihalarning mavzulari va tadqiqot obyektlari 

murakkablashib boradi. Ushbu  davrda o`quvchilarga taklif etiladigan loyihalarni 

bajarish uchun maxsus adabiyotlardan, turli manbalardan foydalanish kerak 

bo`ladi.[68,56-60]  Ayniqsa, akademik litseylarning 3-bosqich o`quvchilari 

o`zlarining tarix fanidan bajargan loyihalarini taqdimot  ishi shaklida yil oxirida 

namoyish etishlari mumkin bo`ladi. Yuqori kurs o`quvchilarini ko`pgina hollarda 

o`lkashunoslik bilan bog`liq loyihalar qiziqtiradi. Chunki,  o`lkashunoslik bilan 

bog`liq loyihalar o`quvchilarga o`zlari yashab turgan o`lkaga boshqacha nazar 

bilan qarash, o`zlariga hali ma’lum bo`lmagan jihatlarni ochish va ayrim hollarda 

o`z oilasi, o`z sulolasi bilan bog`liq faktlarni topishga va xulosalar chiqarishga 

imkon beradi. 

Loyiha uchun mavzu tanlash bu o`qituvchi uchun oson emas. Ba’zi hollarda 

o`quvchi o`z kuchi va imkoniyatlarini hisobga olmagan holda  murakkab 

mavzularga qo`l urmoqchi bo`ladi. Bunday hollarda o`quvchini bu loyihadan voz 

kechishga majbur qilmasdan, ushbu loyihani amalga oshirish uchun qilish kerak 

bo`lgan barcha  harakatlarni, bosqichlarni o`quvchiga yotig`i bilan tushuntirish, 

loyihani bajarish uchun manbalarning yetishmasligi,  arxiv yoki muzeylarda 

maxsus ruxsatnoma bilan tadqiqotlar olib borish zarurligini uqtirish lozim bo`ladi. 

Asosiysi, o`quvchining tadqiqotchilik ruhini so`ndirmaslikdir. O`lkashunoslik 

loyihalarini uy vazifasi sifatida qisqa  (mini) loyiha shaklida   takrorlash va 

umumlashtirish darslarida, to`garaklarda qo`llagan ma’qul. Bu yil 1-son akademik 

litseyda 3 ta  o`lkashunoslik loyihasi amalga oshirildi

. Har bir loyiha o`rta muddatli  loyiha shaklida 3-kurs o`quvchilari tomonidan amalga oshirildi va bitiruv taqdimot 

ishi sifarida taqdim etildi.  Bular:”Xorazmlik O`zbekiston qahramonlari”, 

“Xorazmning qadimgi shaharlari haqida afsonalar”, “Kushon davlati va tilsomotli 

Tuproqqal’a” mavzusidagi loyihalar bo`ldi. 

I.S.Sergeyev o`quv muassasida loyihalar haftasini o`tkazish borasida 

qiziqarli tajribasi bilan o`rtoqlashadi. Unga ko`ra,  loyihalar haftasiga tayorgarlik 

butun o`quv yili davomida maxsus reja asosida olib  boriladi. Rejaga amal 

qilmaslik butun haftani barbod qilishini  ham ko`zdan qochirilmasligi kerak. 

Loyihalar haftasida o`quvchilar o`z ilmiy rahbarlari qo`l ostida  yakka yoki guruh 

bo`lib amalga oshirgan loyihalarini taqdim qiladi. Loyihalar haftasi loyihalar 

tanlovi bilan yakunlanadi va g`olib loyihalar o`quv muassasi ichidagi 

konferensiyasida qatnashishi yoki maxsus to`plamda chop  etilishi mumkin[46,80]. 

O`quv kursi yoki biror bo`limini tadqiqotlar texnologiyasi  bo`yicha tashkil 

etish o`qituvchidan yuqori malaka talab etadi. Chunki,  har bir loyiha uchun 

o`qituvchi mustaqil  va juda sinchiklab kerakli materiallarni tanlashi, yuqori 

samara beradigan vazifalar va topshiriqlarni ishlab chiqishi zarur. Bundan tashqari, 

tadqiqotlar texnologiyasining o`quv jarayoniga tadbiq etilishi qator tashkiliy va 

psixologik muammolarni hal etishni taqozo etadi. 

E.G.Ziminaning fikriga ko`ra, tadqiqotlar yoki tadqiqotlar texnologiyasidan 

yuqori kurslarda darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish jarayonida foydalangan 

maqsadga muvofiqdir.O`quvchilarni haqiqiy loyihalarga tayorlash uchun  loyihalar 

bilan tanishishni maktab davridan boshlash zarur.Tadqiqotlar texnologiyasining 

ayrim elementlari 6-9-  sinflardayoq dars jarayoniga tadbiq etilishi mumkin. 

An’anaviy darslarda ham aqliy izlanishni, fikrlashni talab etadigan muammoli 

vaziyatlarni tashkil etish orqali o`quvchilarda ushbu muammoni hal etish uchun 

hatakat, izlanish, mustaqil fikrlash  ko`nikmalarini shakllantirib borish muhimdir .  

Keyingi bosqichlarda o`quvchilar  ma’lumot yig`ish, ularni analiz qilish, 


o`zlashtirish, to`gri taqdim qilish bo`yicha yetarlicha ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 

Muallif o`z maqolasida tarix darslarida kichik  (mini) loyihalardan foydalanish 

haqida gapiradi.  Kichik loyihalar ulkan loyihalardan bir qator xususiyatlari bilan 

farq qiladi.

Birinchidan,  ular o`smirning ruhiy va jismoniy rivojlanishi darajasiga mos 

kelishi kerak, shuning uchun ham ularning tarkibida ijodiy va o`yin elementlarini 

mujassam bo`ladi. 

Ikkinchidan, ular o`quv vaqtining ko`p qismini egallamasdan tez amalga 

oshirishga mo`ljallangan bo`ladi. 

Uchinchidan,  loyihalar har bir  o`quvchining ijodiy faoliyatiga sharoit 

yaratishi kerak. Loyihalar mustahkam bilim poydevoriga qurilishi va shu bilan birga 

o`rganilayotgan davr tarixiga har bir ishtirokchining o`z munosabati va qarashini 

bildirishiga imkon yaratishi zarur.  Bajarilish usuliga qarab kichik loyihalarni bir 

qancha turlarga bo`lish mumkin: Ijodiy uy vazifasi, darslarda muammoli 

vaziyatlar,  aralash,  individual,  guruh loyihalar. Loyihaning turi bir qancha 

omillarga bog`liq: o`quvchilarning tayorgarlik darajasiga, o`rganilayotgan 

mavzuning hajmiga, ta`lim muassasida o`quv jarayonini tashkil etilishiga. Muallif 

o`z tajribasida kelib chiqib bir qancha kichik loyihalardan foydalanishni tavsiya 

etadi.  Tarixning qadimgi dunyo tarixi davrini o`rganishda o`quvchilarga uy vazifasi 

sifatida  yog`ochdan yoki toshdan ibtidoiy mehnat qurollarini tayorlashni, har xil 

materiallardan foydalanib, qadimgi yozuv namunalariga o`xshash loy taxtachalar, 

papirus poyalari yoki ipakka yozilgan yozuv namunalarini tayorlab kelishni 

topshirish mumkin. 

Yoki o`quvchilar o`zlari mustaqil holda yo`qotilgan qadimgi solnomalar 

yoki asarlardan ma’lum mavzuga oid , masalan, Yunon-fors urushlari tarixiga oid, 

yoki Sezar davri urushlarida qatnashgan faxriyning esdaliklari, yoki Aleksanr 

Makedonskiyning sharqqa yurishi davrida ustozi Aristotelga yozgan xati 


ko`rinishida ijod qilishni topshirish lozim. Bunday loyihalarni bajarish va tahlil 

qilish natijasida o`quvchilar murakkab vazifalarni bajaradilar, ular ushbu 

tayorlangan hujjatlarning haqiqiy yoki soxta ekanligini isbotlashlari kerak bo`ladi. 

Buning uchun, ular yozilgan voqealarning tarixiy voqelikka to`g`ri kelishini, 

hujjarlarda tarixiy xatoliklar bor yoki yo`qligini topishlari, izlanishlari, tahlil 

qilishlari, fikrlashlari kerak bo`ladi. Bu esa ularda tanqidiy yondoshish 

ko`nikmasini rivojlantirib, keltirilgan axborotni mustaqil o`rganish va u haqda 

kengroq ma’lumotga ega bo`lishga intilishini kuchaytiradi.    

  

O`rta asrlar  tarixini o`rganish jarayonida o`quvchilar quyidagi kichik 



loyihalarni bajarishlari mumkin. Katolik cherkovi va uning o`rta asrlardagi rolini, 

risarlar, salb yurishlarini bilan bo`g`liq materiallarni o`rgangandan keyin 

o`quvchilarga uyga vazifa sifatida “Ritsarning kundaligi” mavzusida kichik 

loyihani mustaqil yoki guruh bo`lib bajarishni topshirish mumkin. Ular birgalikda 

ritsarning tarjimai holi, uning shiori, gerbi, bayrog`i, u yashagan tarixiy davrni 

yoritishlari, uni salb yurishlariga yuborishlari va uning sarguzashtlarini o`ylab 

topishlari kerak bo`ladi. 

Bularning barchasini xuddi qadimiy tarixiy yozma manbadek 

rasmiylashtirish, uni  rasmlar bilan bezash , uni tarixchining sharhlari bilan 

to`ldirishlari, umuman olganda ijod qilishlari kerak bo`ladi. Bajarilgan eng yaxshi 

ishlarni esa yil davomida ushbu guruh amalga oshirgan eng yaxshi loyihalarning 

elektron qo`llanmasi shaklida saqlash mumkin bo`ladi.  

Bu davrni o`rganishda  turli mamlakatlar tarixidagi voqealarni bir-biri bilan 

solishtirsh, qiyoslash va tahlilga asoslangan loyihalarni bajarish mumkin. Masalan: 

“O`rta asrlarda Yevropa va Osiyo shaharlarining rivojlanish xususiyatlari “ nomli 

loyihani bajarish davomida o`quvchilar o`rta asrlarda  Yevropa va Osiyo 

shaharsozligi, shaharlarning ko`rinishi, bozorlar, savdo-sotiq, shaharlarda 

hunarmandchilikning rivoji, shahar boshqaruvi, aholining yashash sharoiti va 

boshqalarni solishtirishlari, tahlil qilishlari mumkin bo`ladi. Bu jarayonda ular turli 

xil tarixiy hujjatlar, yozma manbalar, tarixiy filmlardan foydalanishlari va 

mavzuga oid albom yoki  taqdimot tayorlashlari mumkin bo`ladi. 

Tarix darslarida  kichik loyihalarning yana bir turi bu tarixiy mavzuda 

mualliflik krossvordlarini tuzishdir. Krossvord tuzish  o`quvchilarda ijodiy va aqliy 

izlanishni rivojlantiradi. Tarixiy krossvord tuzishda turli xil yangi elementlarni 

qo`llash mumkin. Krossvord savollarining bir qismini  rasmlar, belgilar, tarixiy 

xaritalar, tarixiy shaxslarning portretlari  bilan almashtirish krossvordlarni yanada 

qiziqarli qilish bilan birga, uni tuzuvchilarni turli xil axborot resurslaridan 

foydalanishga majbur etadi. Yuqori bosqichlarda teskari krossvordlarni qo`llash 

mumkin. Teskari krossvordlarda javoblar bo`lib, o`quvchi bu javoblarga savollar 

qo`yishi kerak bo`ladi. Bunday krossvordlar katta bobni takrorlashda qo`l keladi. 

Kichik loyihalarni uyga vazifa sifatida yakka holda yoki guruh bo`lib ham bajarish 

mumkin. Bu ijodiy loyiha hisoblanib, u bajaruvchilardan ijod, fantaziya qilish va 

o`ziga xos natijaga erishishni talab qiladi. 

Kichik loyihalardan foydalanish ta`lim jarayonida ijobiy motivatsiya 



dinamikasini hosil qilishda, darsda va uyda  muvaffaqiyat va ijodiy atmosfera hosil 

qilish imkoniyatini beradi. 
Download 25,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish