Stul, kursini tanlash.
Mabodo maxsus
kursingiz bo‘lsa: Nimaning ustida va qanday
o‘tirishingiz oyoqlar va asosiiysi, umurtqa
pog‘onasining holati va qulayligi uchun juda
muhimdir. Agarda sizda maxsus kursi bor bo‘lsa,
ayni muddao: g‘ildirakchalar, fiziologik suyanchiq va balandlikni o‘zingizga
moslab olishingiz uchun tayyorlangan moslama sizga qulaylik yaratadi. Yagona
tavsiyamiz shu-ki, gavda holatini tez-tez o‘zgartirib turing, ya‘ni bir oz
klaviaturaga engashib o‘tirgach, kursi suyanchig‘iga suyanib o‘tiring va hokazo.
Mabodo kursi bo‘lmasa: Bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirish zararlidir. Bunda
qo‘l va oyoqlardagina emas, balki boshqa ichki aozolarda ham qon to‘xtashi xavfi
bor. Lekin eski kursi, yoki oddiy stulda ham o‘tirish mumkin. Unda o‘zimiz uchun
qulay bo‘lgan holatni tanlaylik. Shunday qilib, to‘g‘ri o‘tiring. Hamma narsa qo‘l
ostid. Ancha ishladingiz, ―sichqoncha‖ bilan ovora bo‘ldingiz, endi gavdangizni
orqaga tashlab, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Kursining orqa oyoqlarida chayqalib
o‘tiring. Bu holatda ham barchasi qo‘l ostingizda va qulay bo‘lishi juda muhimdir.
Klaviaturani tizzalaringiz ustiga qo‘yib olishingiz mumkin. Hech narsa sizni
ishdan chalg‘itmasligi, hech narsa sog‘ling‘izga putur etkazmasligi kerak.
O‟tirishni mashq qilamiz.
Komp‘yuter oldida o‘tirish oson tuyulishi
mumkin, aslida bu organism uchun mushkul kechadi. Avvalo, stulni to‘g‘ri tanlash
zarur. Stul suyanchig‘i bir oz oldinga egilgan bo‘lsa, yana yaxshi. Stul suyanchig‘i
bel uchun qulay bo‘lishi lozim. Stulning balandligi shunday bo‘lsin-ki, gavdani tik
tutib o‘tirganingizda tirsaklaringiz stolga nisbatan 90º burchak ostida bo‘lsin.Juda
ko‘p hollarda klaviatura yoki sichqoncha bilan ishlayotganda tirsaklar stoldan
osilib turadi, bu noto‘g‘ridir. Gap shundaki, bunday holatda bo‘yin-ko‘krak qismi,
kuraklar orasi va yelkalarga ortiqcha yuk keladi, natijada tez orada charchab qolish
va mehnat qobiliyatini yo‘qotish mumkin. Bu esa o‘z navbatida bo‘yin, kuraklar
orasi, yelkalar va boshda og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi. Ish vaqtida tizzalarda
turadigan va qulay o‘lchamalarga ega radioklaviatura (klaviaturaning simsiz
varianti) foydalanish uchun juda qulaydir. Bunda qo‘llar tana bo‘ylab joylashadi.
Monitor esa ko‘zlarning ro‘parasida bo‘lishi, bo‘yin oldinga yoki orqaga
engashmasligi kerak. Komp‘yuter oldida to‘g‘ri o‘tirish umurtqa pog‘onasining
qiyshashishiga olib kelmaydi, gavda bukchayib qolmaydi. Qon organizm boylab
erkin harakat qiladi, bosh qismiga oson yetib keladi va miyaning meoyorda
ishlashini taominlaydi. Bu esa organizimning umumiy holati, mehnat qobiliyati va
yangi g‘oyalar tug‘ilishiga ijobiy taosir o‘tkazadi. Oddiygina ofis stulini
komp‘yuterda ishlash uchun moslashtirib olmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun
stulning orqa oyoqlari ostiga biron narsa qo‘yishingiz kifoya, bunda gavdangiz bir
oz oldinga egilib, o‘tirish qulay bo‘ladi. Belingizga kichikroq yumshoq valik
qo‘yib o‘tirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |