Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darslik


-rasm.   Paster  tajribalari



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/282
Sana04.08.2021
Hajmi7,11 Mb.
#137705
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   282
Bog'liq
Биология Abdukarimov A

55-rasm.
  Paster  tajribalari.
Mikroorganizmlar  sporalari  ingichka  egilgan  naycha  devorida 
0
‘tirib  qoladi  va  kolba  ichiga  o 'ta   olmaydi.  Yaxshi  qaynatilgan 
suyuqlikda  mikroorganizmlar  o'lganligi,  unga  tashqaridan  yangi- 
larining  kira  olmaganligi  natijasida  suyuqlik  steril  (toza)  holatda 
qoladi,  unda  mikroorganizmlar  paydo  boim aydi.
Shunday  qilib  hayotning  har  xil  shakllarining  hozirgi  zam on­
da  o‘z-o ‘zidan  paydo  bo'la  olmasligi  F.  Redi  va  L.  Paster 
tadqiqotlarida  uzil-kesil  tasdiqlandi.
Pasterning  tajribalari  amaliyot  uchun  katta  ahamiyatga  ega
5—Biologiya
129


bo'ldi.  Ozuqa  mahsulotlarini  konservatsiyalash,  sut  mahsulotlari­
ni  pasterizatsiyalash,  tibbiyotda  yaralarni  va  jarrohlik  asboblarini 
sterilizatsiyalash  L.  Paster  kashfiyotlaridan  keyin  keng  qo‘llanila 
boshlandi.
Panspermiya
  nazariyasiga  ko‘ra  hayot  mangu  mavjuddir  va  u 
bir  sayyoradan  ikkinchi  sayyoraga  ko‘chib  yuradi.  Bu  nazariya­
ning  tarafdorlari  m ashhur  shved  fizik  olimi,  Nobel  mukofoti 
sovrindori  S.  Arrenius,  rus  ohmi  V.  I.  Vernadskiy,  mashhur 
Amerika  biofizigi  va  genetigi,  Nobel  mukofoti  sovrindori  F.  Krik 
va  boshqalardir.  Bu  olimlaming  fikriga  ko‘ra  hayot  Yerda  paydo 
boim agan,  boshqa  sayyoralardan  Yerga  m eteoritlar  orqali  yoki 
yorug'lik  nurlarining  bosimi  ta ’sirida  kelib  qolib,  qulay  sharoitda, 
oddiy  organizmlardan  tortib  murakkab  organizmlargacha  rivoj­
langan.
Rus  va  Amerika  kosmonavtlarining  kosmosda  o'tkazgan 
tadqiqotlari  bizning  Quyosh  sistem am iz  chegarasida  hayot 
zarrachalarining  mavjudligi  to'g'risida  ijobiy  m a’lumotlar  olishga 
imkon  bermadi.  Kosmik  bo'shliqda  bakteriya  sporalari,  Oydan 
keltirilgan  tuproqda  hayot  shakllari  topilmadi,  meteoritlarda  hali- 
gacha  bironta  ishonchli  «hayot  zarrachalari»  topilmadi.
Amerikalik  olimlar  laboratoriyada  Mars  sayyorasining  sha- 
roitini  sun’iy  yaratishga  muvaffaq  bo'lishdi.  Suv  bug'lari,  metan, 
ammiak,  uglerod  oksidlari  aralashmalariga  tuproq  va  chang  ho- 
lidagi  shisha  ishtirokida  ultrabinafsha  nurlari  ta ’sir  ettirildi  va 
oddiy  organik  birikmalar  olishga  muvaffaq  bo'lindi.  Lekin  Mars 
atmosferasida  erkin  azot  bo'lmasligi  natijasida,  aminokislotalar 
sintezlanishi  imkoniyati  yo'q.
Amerika  olimi  F.  Krik  Yerga  hayot  Quyosh  sistemasidan 
tashqarida  bo'lgan  boshqa  sayyoralar  sistemasidan  ongli  ravishda 
keltirilgan  deb  hisoblaydi.
Ammo  bu  dunyoqarashlarni  tasdiqlovchi  yoki  rad  etuvchi 
dalillar  yetarli  emas.  Shundy  qilib,  panspermiya  nazariyasi  ham 
hayotning  paydo  bo'lishi  muammosini  yecha  olmadi.  Hatto  hayot 
Yerdan  tashqarida  paydo  bo'lib,  yerga  yetib  kelganligini  e ’tirof 
etilganda  ham,  uning  boshqa  joyda  qanday  paydo  bo'lganligi 
nom a’lumligicha  qoladi.
Yuqorida  keltirilgan  nazariyalar  Yerda  hayotning  qanday 
paydo  bo'lganligini  tushuntirib  bera  olmadi.  Nazariyalar  amaliy 
tajribalarda  tasdiqlanganidagina  ilmiy  ahamiyatga  ega.
Kreatsionizm  va  panspermiya  nazariyalarining  dalillari  yetar­
li  emas.  Hayotning  hozirgi  zam onda  o 'z-o 'zid an   paydo  bo'lishi 
tajribalarda  isbotlanmagan.
130


Hayotning  biokimyoviy  evolutsiyasi  to ‘g‘risidagi  nazariya  XX 
asrning  20—30-yillarida  shakllana  boshladi.  Bu  nazariyaga  ko‘ra 
Yerning  ilk  rivojlanishi  davrlarida  undagi  iqlim  sharoitlari  hozirgi 
zamondagiga  nisbatan  juda  katta  farq  qilgan.  Bunday  sharoitda 
awal  oddiy  organik  birikmalar  abiogen  usulda  sintezlangan  va 
asta-sekin  kimyoviy  evolutsiya  natijasida  murakkablashib,  eng 
oddiy  hayot  shakllariga  aylangan  va  undan  keyin  biologik  evolu­
tsiya  boshlangan.
Ch.  Darvin  fikriga  ko‘ra  hayot  faqat  hayot  bo'lm agan  sharoit- 
laridagina  kelib  chiqishi  mumkin.  G eterotrof  mikroorganizmlar 
yangi  hosil  bo'lgan  organik  moddalarni  darrov  parchalab  tashlay- 
di.  Shuning  uchun  ham   hozirgi  davrda  hayot  yangidan  kelib 
chiqishi  mumkin  emas.
Yerda  hayotning  kelib  chiqishi  uchun  zarur  bo'lgan  ikkinchi 
sharoit  birlamchi  atmosfera  tarkibida  kislorod  bo'lmasligidir. 
Chunki  kislorod  bo'lsa  u  yangi  hosil  bo'lgan  organik  moddalarni 
parchalab  tashlagan  bo'lar  edi.  Biokimyoviy  evolutsiya  nazariyasi 
bilan  keyingi  mashg'ulotda  batafsil  tanishamiz.

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish