Axmet Jubanov hayoti va ijodi
|
|
|
Nota Ilovasi
|
|
|
XULOSA
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi muhtaram Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” va “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” maqsadida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ayni sohalardagi vazifalarni belgilaydi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” mazmundagi fikrlaridan yoshlarga oid davlat siyosatining naqadar ustuvor ekanligini ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yoshlarga ta’lim tarbiya berish ishlarini tubdan isloh qilish masalasi qo’yilgan. Jumladan, unda: “inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir” deb ta’kidlangan. Shuningdek, ushbu qonunlar zamirida esa yuksak axloqiy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan, madaniyatli, e’tiqodli, ma’rifiy va ma’naviy jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash kabi vazifalar belgilangan.
Jamiyat istiqbolini ta’minlashda fan asoslarini chuqur biladigan, ta’limning turli bosqichlaridagi bilim va ko’nikmalar bilan qurollangan, salohiyatli, dunyoqarashi keng, o’quvchilarni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Bunda avvalo o’quvchi shaxsining o’ziga bo’lgan ishonchini orttirish muammosini o’rganish va tadqiq etish, fan nuqtai nazaridan shaxsni o’rganishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish va bu borada samarali ishlarni tashkil etish zarur ekanligini belgilab beradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri har jihatdan barkamol, mustaqil va ijodiy fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash ekan, shaxsning o’ziga bo’lgan ishonchini orttirish muammosini o’rganish muammoning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |