Akademik ijrochilik


M.Murtazoyev Tong otgucha, ashullalari mazmun moxiyatlari



Download 322,25 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi322,25 Kb.
#238736
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Toshboyev Sunnat

2.3.M.Murtazoyev Tong otgucha, ashullalari mazmun moxiyatlari.

Bastakor Muxtorjon Murtazoyevning shox asarlaridn biri “Tong otguncha” ashullasi xisoblanadi. Asar mumtoz shoir Xaziyning “Tong otguncha” radfli g‘azal asosida yaratilgan. Ushbu asar ijrochilik amalyotida turli talqinlarda ijro etilib kelinadi. Ya’ni, amalyotda xar bir talqin o‘ziga xos shaklini topadi. Eng soda xisoblangan namunasidan, to mukammal ko‘rinishlar ustozlar talqinida mavjudligini e’tirof etish lozimdir. Asar ilk bor Farg‘ona vodiysi Qo‘qon ijrochilik maktabi namoyondasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abdulatif Xoldorov ijrosida ommalashgan. Bu davr XX asr 60-yillarning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng ashula ijrochilik amalyotida keng tarqalgan. Asarning serjixatliligi va keng ko‘lamligi xonandalarning imkoniyatlarini namoyish etishda xam samaralidir. Shu bois bo‘lsa kerak asar amalyotida muntazam tarzda atoqli xofizlar tomonidan ijro etilib kelinmoqda. Aytish joizki, elimizga manzur bo‘lgan xofizlarning deyarli barchalari bu asarni imkon darajasida ijro etganlar. Lekin, o‘z o‘rnida Rasulqori Mamadaliyev, Umar Otayev, Tavakkal Qodirov va Abdulatif Xoldorov kabilar qator ijrolarning talqinlari, o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan.

Asar musiqa shaklarining asula janriga xosligi. Bilan ajralib turadi. Lekin, uning o‘ziga xos xususiyatlari orginallik sifatlarini in’om etadi. Demak: “Farg‘ona tong otguncha” asari tabiatan katta ashula shakli va xususiyatiga mos tarzda yaratilgan ashuladir.6 Asarni taxlil qilish jarayonida biz taniqli ikkixofizlarning ijrolarini tanlab oldik birinchisi: O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirovning ustozona, seravj talqini bo‘lsa, ikkinchisi: Abdulatif Xoldorov ijrolaridir. Abdulatif Xoldorovning ijrolari shaklan ravonroq (akademik ijroga moslashtirilgan, yoshlar tomonidan o‘zlashtirish masalasi xam keng o‘ylangan) va o‘ta katta avjlarsiz talqin etilgan.

Tavakkal Qodirov katta ashula uslubining bir yo‘lini asos qilib, sarjilo oxangda ijro etgan. Ijrochilik amalyotida xam ko‘p yoshlar aynan shu ijroni o‘rnak sfatida oladilar. Lekin, “Farg‘ona tong otguncha” ashulasi ilk bor vazminroq xamda saraxbor usuli zaminida ijro etilgan. Xam bo‘lsa 1960-yillardan o‘rtalarida O‘zbekiston televedeniyasining tashabbusi bilan Mirzakamol Ismoilovning “Farg‘ona tong otguncha” asari asosida videofilm yaratilgan. Ushbu videofilmda Qo‘qonning Buvayda tumanidan, mashxur xofiz Rasulqori Mamadaliyevning shogirdi, xushovoz xonandaAdulatif Xoldorov “Tong otguncha” asarini ijro etgan. Bu voqea nafaqat bastakor Muxtorjon Murtazoyevning ashulasiga, balki Adulatif Xoldorovdek xonandaning ijodiga xam juda katta ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Asar o‘zbek musiqasiga xos bo‘lgan gis moll, ya’ni frigiy ladida yozilgan7.

O‘zbek an’anviy musiqasida frigiy ladi “Bayot” pardasi deb yuritiladi. Bu asosan an’anaviy sozanda va xonanda an’anasida shakllangan. “Tong otguncha” asari katta ashula uslubida yozilgan. O‘bek musiqa namunalarini oxang taxlilini tadqiqotlarida qo‘llagan L.G.Koval8 ba S.Begmatov9 ilmiy tadqiqotlarida bu masala kengroq yoritilgan. Muxtorjon Murtazoyev ushbu she’rga katta ashula

yo‘llaridan foydalanib, yangi asar yaratgan. Zoxiran olib qaraganda ushbu she’r oshiqning mashuq visoliga yetishish yo‘lidagi ayriliq, iztiroblari va qalb armonlaridanbaxs yuritadi. Bu qo‘shiqdagi mung va bosiqlik siri oxiri “Tor o‘ldi Xaziniyga Farg‘ona tong otguncha” misrasi bilan bog‘liqdir.

Fikrlarni muxtasar qilib aytish mumkinki, “Tong otguncha” asari bastakorning katta ashula uslubida yaratgan yorqin ijodiy namunalaridan biridir. Uning eng muxum o‘ziga xos tomonlaridan biri Xaziyning “Tong otguncha” g‘azalida ifodalangan mazmun, ikki xis-tug‘u, g‘oya muisqada xam asos qilib olingan. Asar g‘azalga to‘la-to‘kis asoslangan xolda yaratilgan deyish mumkin.

“Tong otguncha” musiqasidagi aloxida ko‘zga tashlanadigan jixatlari ko‘p. Bular erkinlikni ta’minlovchi omil sifatida xam gavdalangan.



Download 322,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish