Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

ȺɛɭɥΕɨɡɢɣ ȻɚΣɨɞɢɪɯɨɧ. ɒɚɠɚɪɚɣɢ ɬɭɪɤ. –Ɍ., 1992. – Ȼ. 60.


 135
o‘g‘li O‘qtoyxon – mamlakat tadbirlariga, To‘lixon – saroy va davlat 
amaldorlarning muhofazasiga qo‘yilgan. 
Chingizxon tomonidan amalga oshirilgan davlat boshqaruviga oid 
islohotlardan biri shuki, barcha mo‘g‘ullarni mingliklarga bo‘lib, ularga 
mingboshilarni tayinlaydi. Natijada, 95 kishi bahodir, mingboshi 
lavozimiga tayinlanadi. Yer islohoti o‘tkazilib, bir necha ming kishi 
tarxonlarga aylantiriladi. Saroy boshqaruvida o‘nta lavozim ta’sis etiladi. 
Xon xavfsizligi bo‘yicha 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya tuzadi. 
Qo‘shin tarkibida 1000 ta dovyurak, ishonchli kuchlardan iborat shaxsiy 
drujina tashkil etadi va ularning soni 10 000 kishiga yetkaziladi. Bu 
drujina qo‘shinlar sarasini tashkil etib, eng og‘ir va hal qiluvchi paytda 
jangga kiritilgan. 
Mo‘g‘ullar davlatida aholi ham xuddi mo‘g‘ul qabilalari singari 
o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Shu tartibda 10000 qo‘shinlik 10 
000 o‘tov yoki 40-50 mingga yaqin aholi hududidan iborat ma’muriy-
hududiy birlik – «tumanlar» joriy qilingan. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, aholi va qo‘shin mutanosibligi 
jihatidan mo‘g‘ullar davlati boshqaruvi – ko‘pgina manbalarda harbiy-
ma’muriy boshqaruv tuzumi sifatida ham e’tirof etiladi.  
Belgilangan tartibga ko‘ra bir ovuldan boshqa ovulga o‘tish 
taqiqlangan. Umuman olganda, mo‘g‘ul qabilalari o‘nlik, yuzlik, minglik, 
tumanlarga bo‘lingan. Ularga shu miqdor nomi bilan ataluvchi shaxslar 
boshchilik qilgan. Bu shunday birliklar guruhiki, ular zarur hollarda o‘n, 
yuz, ming, o‘n ming navkar tuza olishi kerak bo‘ladi. Xalqni yuzlik va 
mingliklarga taqsimlash alohida qayd etib borilgan.  
Yuzboshi, mingboshi, tumanboshi unvonlari meros tariqasida otadan 
o‘g‘ilga yoki yaqin qarindoshga qolishi mumkin. Bu unvonni olgan 
shaxslar – «no‘yon» (nuyun)lar deb atalgan va ularga xon tomonidan 
yorliq berilgan. 
No‘yonlar o‘z navbatida shahzodalar va xonning vassallari 
hisoblangan. Shu bilan birga doim yuzboshilar mingboshilarning, 
mingboshilar tumanboshilarning vassallari hisoblangan. Boshqacha 
aytganda, davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga xoqon-shahzoda (ulus 
hukmdori)-tumanboshi-mingboshi-yuzboshi shaklida bo‘lgan. 
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mo‘g‘ullar davlatining dastlabki 
davrlarida, ya’ni XIII asrda Papa Innokentiy IV ning Chingizxonga 
yuborgan elchisi Plano Karpini (1246 y.) xristianlik diniga chaqirish va 
do‘stlik maqsadida tashrif buyuradi. Elchi Plano Karpini mo‘g‘ullar 
davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi bilan yaqindan tanishadi. 


 136
Chingizxon hali hayotligi chog‘idayoq, ya’ni 1224-yilda bosib 
olingan hududlarni o‘z yaqinlari (harbiy sarkardalaridan – Subitoy, 
Xubiloy, Jebe) va farzandlari o‘rtasida taqsimlab beradi. To‘ng‘ich o‘g‘li 
Jo‘jiga  Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo‘yi, Shimoliy 
Xorazm (ayrim manbalarda keltirilishicha Xorazm to‘laligicha Jo‘ji 
ulusiga kiritilgan va qisqa vaqt ichida mahalliy so‘fiylar sulolasi 
namoyandaligida ajralib chiqqan) va Darbandgacha bo‘lgan yerlar tegadi. 
Jo‘ji vafotidan so‘ng bu yerlar uning o‘g‘li Botuxonga (1227–1255-y.) 
qoladi. U Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin O‘rdaga 
asos soladi. Shuningdek, Movarounnahrning katta hududlari ham uning 
ixtiyoriga o‘tadi. Ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga Sharqiy Turkiston, 
Yettisuv o‘lkalari, Movarounnahr, Xorazmning janubiy (markazi Qiyot 
shahri) hududlari, ya’ni O‘rta Osiyoning Olmaliqdan Amudaryogacha 
qadar hududi. Shuningdek, Balx, Badaxshon, Qobul, G‘azna va Sind 
daryosigacha bo‘lgan yerlar ham beriladi. Uchinchi o‘g‘li O‘qtoyga 
(1227–1241-y.) Chingizxon o‘z vatani Mo‘g‘ulistonni va Xitoyni hadya 
qiladi.  Kenja o‘g‘li Tulu (To‘luy)ga esa Xuroson, Eron va Hindiston 
tegadi. 
Chingizxon lashkarlarni ham farzandlari o‘rtasida taqsimlab beradi. 
Shu tariqa mo‘g‘ullar zabt etilgan ulkan hududni uluslarga bo‘lib 
boshqaradilar. Uluslar markaziy hokimiyatga – xonlar xoniga bo‘ysunadi. 
Chingizxon vafotidan keyin xonlar xoni, ya’ni qoon O‘qtoy bo‘lgan. 
Ulug‘ xonning poytaxti – Qoraqurum shahri hisoblangan. 
Ulus egalari o‘z uluslarida xon unvoni ostida raiyatni boshqarganlar. 
Viloyat beklarini lavozimga tayinlagan va lavozimidan ozod etgan 
(Masalan, Movarounnahrda Kesh, Buxoro, Shosh, Badaxshon, Xo‘jand 
bekliklari). Oliy sud hokimiyatini amalga oshirib, nizoli masalalarni hal 
qilganlar. 
Odatda, mamlakatdagi uluslar salohiyati unda yashovchi o‘troq aholi 
soni, ko‘chmanchi ovullar miqdori, ko‘chib yurish uchun zarur bo‘lgan 
hudud va yig‘ilishi mumkin bo‘lgan askarlardan iborat holda belgilangan. 
O‘troq aholi yashovchi madaniy o‘lkalar ulus tarkibiga kirsa-da, 
dastlabki davrlarda xoqon tomonidan boshqarilgan. Xon-imperator bu 
yerlarni alohida tayinlangan gubernatorlar orqali boshqargan. Shahzodalar 
bu yerlardan tushadigan soliqlar daromadidan foydalanishi mumkin. 
Lekin o‘zlari mustaqil tarzda soliq yig‘a olmagan. 
Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Yettisuv o‘lkalari va Xorazmning 
janubiy hududlari Chig‘atoyxon (1227–1241-y.) ulusiga qarashli bo‘lib, 
ulus poytaxti Beshbaliq shahri hisoblanadi. Bu suloladan 32 xon 


 137
hukmdorlik qilgan. Ulus XIV asrning 40-yillariga qadar mavjud edi. XIV 
asr o‘rtalariga kelib, Chig‘atoy ulusi 15 ga yaqin yerlar mulklarga 
bo‘linadi. Jaloyir va boshqa qabilalarning ko‘chib ketishi, bosh kent 
Turkistonga ko‘chirilishi, mo‘g‘ullarning islom dinini qabul qilishlari 
bilan Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketadi. Boshqacha aytganda, 
shimoliy-sharqiy qismda Yettisuv va Qoshg‘ardagi mo‘g‘ullar o‘z 
mustaqilligini e’lon qilishlari tufayli Yettisuv va Sharqiy Turkistondan 
iborat Mo‘g‘uliston davlati (hokimlik) paydo bo‘ldi. Bu vaqtda 
Movarounnahr Amir Xusayn tomonidan idora etiladi. 
Jo‘ji ulusiga kirgan turkiy xalqlarning ko‘pchiligi O‘zbekxon 
davridan boshlab «o‘zbeklar», Chig‘atoy ulusi tarkibidagi turkiy xalqlar 
esa «chig‘atoylar» deb atala boshlanadi. 
Mo‘g‘ullar davlatining maslahat organi bo‘lgan qurultoy qisqa 
muddat ichida alohida ulus bo‘yicha ham chaqirilib turilgan. Jumladan, 
1240–1241-yillarda Ug‘adayxon Katta qurultoy chaqirgan. Unda akalari, 
o‘g‘illari, qarindoshlari ishtirok etib, Yaso qonunlari yana bir bor e’lon 
qiladi. 
1269-yilda Qurultoy chaqirilib, unda Turkistonning og‘ir iqtisodiy 
ahvoli muhokama etilib, Chingizxon vorislarining o‘zboshimchaligi va 
o‘zaro janjallariga qarshi qaror qabul qilgan. Xususan, har bir shahzoda 
shartnomaga ko‘ra o‘ziga tegishli minglik (hazora) bilan hamda 
Samarqand va Buxorodagi hunarmandchilik ustaxonalari bilan qanoatla-
nishi lozimligi haqida qaror chiqarilib, qo‘shinlarni shaharlarga va ekin 
yerlariga yaqin kelishlari taqiqlanadi. 
Chig‘atoy ulusida 1235, 1251-yillarda ikki marta aholi ro‘yxati 
o‘tkazilib, hatto hunarmandlar ham mo‘g‘ul feodallariga, oilalar hazora, 
ya’ni mingliklarga biriktirilgan. Minglik deganda, daromad keltiruvchi 
soliq to‘lovchi aholi tushunilgan. 
Chig‘atoy ulusida Ug‘odoyxon davrida soliq islohoti o‘tkazilgan. 
Unga ko‘ra dehqonlardan hosilning 10 foizini (kalon, xiroj), 
chorvadorlardan 1 foiz (natura, qopchur), podadan 1 ta ikki yashar qo‘y 
(shulen), 1000 ta otdan 1 ta biya yillik soliq sifatida olinishi belgilangan. 
Keyinchalik Munkaxon soliqlarini pul bilan belgilaydi. Har kishidan 
11 dinorgacha «tuz», «jon va kumush solig‘i» soliq olishni joriy etgan. 
Bundan tashqari, qator natura to‘lov va maxsus o‘lponlar joriy etilgan. 
Xususan, hunarmand molning 1/30, savdogarlar 1/40 miqdorida soliq 
to‘lagan.  
Movarounnahr mo‘g‘ullar istilosidan keyin Chig‘atoy ulusiga kirsa-
da, Chingizxon vafoti (1227-y.)ga qadar barcha uluslar qatori dastlab 


 138
to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ulug‘xon tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik, 
Chingizxon vafotidan so‘ng Ug‘adoyxon Chig‘atoy ulusida hokimiyatni 
boshqaradi. Bu davrda (1227–1241-y.) Chingizxonning ilgarigi elchisi 
bo‘lgan mahalliy savdogar Mahmud Yalavoch (keyin Pekin hokimi), 
so‘ngra uning o‘g‘li Ma’sudbek (1238–1289-y.) mo‘g‘ul davlati nomidan 
Movarounnahr va Qoshg‘arni noib-ijarador sifatida idora qilishadi. 
Ular Movarounnahrdan olinadigan o‘lpon va soliqlarni o‘zlari to‘lab 
boshqarganlar. Bu davrda davlatning markazi Xo‘jand (Sirdaryo)ga 
ko‘chirilgan. Ularga hoqon nomidan raiyatni boshqarish va soliqlarni 
yig‘ish huquqi berilgan. Mo‘g‘ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko‘p sonli 
jangchilar ham ular ixtiyoriga biriktirilgan. Shu asnoda ular 70 yildan 
ortiq davrda Movarounnahrni mo‘g‘ullar nomidan boshqarganlar. Harbiy 
hokimiyat, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari esa 
doruxachi va tamg‘ach, deb ataluvchi mo‘g‘ul amaldorlari qo‘lida 
bo‘lgan.  
Ma’sudbek (1238–1289-y.) 1271-yilda pul islohoti o‘tkazadi. Unga 
ko‘ra Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida bir og‘irlik sifatiga ega 
bo‘lgan kumush tangalar zarb etiladi. Shuningdek, u mahalliy yurt vakili 
sifatida savdoni rivojlantiradi, mo‘g‘ullarning soliq va to‘lovlariga oid 
o‘zboshimchaligiga chek qo‘yadi. Islom dini va musulmon 
ruhoniylarining mavqei oshadi hamda aholining o‘troqlashishi kuchayadi. 
Chig‘atoy sulolasidan bo‘lgan Duvaxon davrida bunyodkorlik ishlari 
amalga oshirilib, Farg‘onada Andijon, Xorazmda Yangi shahar (Urganch) 
shaharlari quriladi. Chig‘atoyxon avlodidan Duvaxonning o‘g‘li Kebek-
xon (1318–1326/1334-y.) esa poytaxtni ko‘chirib, Qarshi shahriga asos 
soldi. Shuningdek, Kebekxon Chig‘atoy ulusida pul va ma’muriy-hududiy 
islohotlarni ham o‘tkazdi. Uning pul islohotiga ko‘ra yangi tangalar – 
«kapaka» zarb etilib, katta va kichik kumush tanga – tilla dinor va 
dirhamlar joriy bo‘ladi. 
Kebekxonning ma’muriy islohoti asosida ulusni aholisi 40–50 ming 
kishidan iborat ma’muriy-hududiy birlik – tumanlarga bo‘lish yotadi. 
Bundan maqsad davlatni markazlashtirish, bekliklarning o‘zboshim-
chaligini tugatish edi. Shuning uchun ilgarigi bekliklar tugatilib, tumanlar 
tashkil qilingan (Samarqandda 7 ta, Farg‘onada 9 ta). Endi tuman 
boshliqlari xonning amirlari bo‘lib qoladi. Shahar hokimlari tuman 
boshliqlarining noiblari hisoblanadi. Tumanboshi bir vaqtning o‘zida ham 
hokim va umumiy sud ishlarini ko‘ruvchi bo‘lgan. 
Davlatda oliy sud – hoqon hisoblangan. U eng og‘ir jinoyatlarni 
ko‘rib chiqqan va hal etgan. Joylarda sudlov ishlarini yorg‘uchilar olib 
borgan.


 139
Qo‘shin tizimli bo‘linmalarga bo‘lingan. O‘n jangchiga bitta boshliq, 
ya’ni o‘nboshi, o‘nta o‘nboshiga bitta yuzboshi, …mingboshi va 
tumanboshilar ta’sis etilgan.  
Qo‘shin tarkibida bir qancha maxsus lavozimlar joriy etilgan. 
Jumladan, yurtchi – mansabdor shaxs bo‘lib, uning asosiy vazifasi xon va 
qo‘shinning yozgi va qishki ko‘chish qarorgohini oldindan belgilash, xon, 
amaldorlar va harbiylar o‘tovini maxsus qoida asosida joylashtirishdan 
iborat bo‘lgan. Bu qonun-qoidalarga ko‘ra xon o‘tovining o‘ng tomonida 
hokimlar, amirlar, qo‘shin boshliqlarining o‘tovlari joylashgan. Chap 
tarafida esa vazirlar, to‘ralar, Qurultoy a’zolarining o‘tovlari joylashgan. 
Devonxona kotiblari, qozilar va muhim diniy amaldorlar xon o‘tovining 
qarshisiga joylashgan. Odatda o‘tovlar aholi yashaydigan hudud va ekin 
maydonlaridan uzoqda joylashtiradi.  
Qo‘shinda joriy etilgan bo‘larg‘uvchining  asosiy vazifasi o‘rdadan 
qo‘zg‘algan paytda o‘tovlarda odamlar, buyumlar, qoramol, qullar va 
anjomlar qolgan yoki qolmaganligini nazorat qilish, esdan chiqarilgan 
narsalarni egasiga qaytarish edi. Tevachi, ya’ni tuyakash bo‘lgan. Bakovul 
qo‘shinga maosh berish, qo‘lga kiritilgan o‘ljaga muhr qo‘yish, o‘ljani 
saqlash va taqsimlash bilan shug‘ullangan. Torg‘uvchi  esa qo‘shin 
muhrini saqlovchi hamda harbiy mansabdorlar orasida yuzaga keluvchi 
nizolarni hal qiluvchi qozi vazifasini bajargan. Yasovullarning  vazifasi 
harbiy amaldorlarning marosim, ko‘rik, ov va o‘rdadan chiqish paytlarida 
egallashlari lozim bo‘lgan joylarni ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish