157
Shayboniyxon hokimiyatni mustahkamlab olgach, bir qator
islohotlar
o‘tkazdi. Bular yer-suv va pul islohotlaridir. Shayboniyxon 1505-yilda
yirik qonunshunoslarning kengashini chaqirib unda bundan avvalgi o‘n
yil ichida soliqlarning og‘irligidan, amaldorlar zulmidan qochib yer-
suvlarini tashlab ketganlar mulklarining taqdiri muhokama qilindi.
Kengash egasiz yer-suv, mulklar podsho tasarrufiga o‘tkazilishi, egalari
qaytib kelgach davlat xazinasidan ularning mol-mulklari qaytarib berishi
va ushbu mol-mulkdan foydalanganlik uchun tegishli haq to‘lash
to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1507-yilda pul islohoti o‘tkazilib, mamla-
katning barcha yirik shaharlarida vazni bir xil bo‘lgan kumush tangalar,
mis chaqalar zarb etilib, muomalaga kiritildi.
Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan (1539–1540-y.) so‘ng
mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Buxoroda Ubaydulloxon
o‘g‘li Abdulaziz (1540–1550-y.), Samarqandda esa Ko‘chkunjixon o‘g‘li
Abdulatif (1540–1551-y.) hokimiyatni boshqaradi. Abdullaxon II (1583–
1598-y.) davriga kelib mamlakat yana markazlashtiriladi.
Mamlakat
poytaxti Buxoroga ko‘chiriladi va shu davrdan boshlab Buxoro xonligi
deb atala boshlandi. Pul islohotini o‘tkazilib, bir xildagi oltin va kumush
tanga hamda mis chaqa muomalaga kiritiladi. Ichki va tashqi savdo
rivojlanadi.
O‘zbek davlatchiligining Rossiya bosqinidan oldingi bosqichi XVI
asrdan, ya’ni hokimiyat shayboniylar qo‘liga o‘tishi bilan boshlanadi.
Aynan mazkur asrdan boshlab davlat boshqaruvida shu davrgacha
shakllanib kelgan an’analardan chekinish holati ko‘zga tashlanadi.
Xususan, dargoh va undagi turli lavozimlar mavqei kuchayib, ijroiya
hokimiyati markaziy mansabdor shaxslar qo‘lida mujassamlashadi.
Natijada devonlar tizimi chegaralangan. Buning sababi
shayboniylar
o‘zlari bilan davlat boshqaruvining ko‘chmanchi va yarim ko‘chman-
chilarga xos shaklini olib kirganligidadir.
Shu davrga xos yana bir holat sifatida mansabdor shaxsning o‘z
doimiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha vazifalarga ham jalb etilganligini
ko‘rish mumkin. Jumladan, dargohda faoliyat yurituvchi ko‘pgina
amaldorlar qo‘shimcha ravishda harbiy ishlar yoki elchilik vazifalari bilan
ham shug‘ullanib kelganligini ko‘rsatish mumkin.
Oliy davlat idorasi –
dargoh (saroy) hisoblangan. Markaziy
boshqaruv faoliyati yuqorida ta’kidlanganidek, saroy devoni va dargoh
amaldorlari tomonidan amalga oshirilgan.
Oliy hokimiyat egasi
xon bo‘lgan. Dastlabki davrlarda oliy hokimiyat
hukmron sulolaning eng ulug‘ yoshdagi namoyandasiga o‘tgan. XVI
158
asrning 40-yillaridan boshlab sulola ichidagi oilaviy an’ana ustun chiqa
boshlaydi.
Dargohdagi xondan keyingi muhim mansabdor shaxs
naqib
hisoblangan. Tarjimada «sardor», «boshliq», «yetakchi» ma’nosini
beruvchi naqiblik mansabi amalda ancha keng vakolatga ega bo‘lgan. U
ichki va tashqi siyosat hamda harbiy masalalarda
oliy hukmdorning
birinchi maslahatchisi hisoblangan. Uning maslahati bilan qaror qabul
qilingan. Harbiy yurishlarni uyushtirish, davom ettirish, dushman harbiy
imkoniyatlarini o‘rganish va elchilik vazifalari ham naqibga yuklangan.
Odatda, ushbu lavozimga asosan Muhammad S.A.V. payg‘ambarimiz
avlodlari hisoblanadigan sayyidlar
xonadoniga mansub kishilar
tayinlangan. Rasmiy qabul marosimlarida uning oliy hukmdordan chap
tarafi tomonidan birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohda tutgan
yuksak maqomidan dalolatdir (masalan, 1570-yili Buxoroda Abdullaxon
II yana o‘z hokimiyatini tiklarkan, buxoroliklar tomonidan o‘rtaga
solingan mashhur Qosim shayx Azizxon (vafoti 1578-yil) bilan
muzokaraga o‘z naqibini yuboradi).
Yuqori mansabdor shaxs hisoblangan devonbegi saroy devoniga
boshchilik qilgan. U devon faoliyati haqida
xonga kunlik hisobot berib
borgan. Saroy devonining asosiy vazifasi mamlakatning muhim
ishlaridavlat ya’ni davlat mulki, moliya, soliq, yer-suv boshqaruvi,
joylardagi amaldorlarga ish taqsimlash, mansablarga tayinlash ishlarini
yuritish bo‘lgan.
Dargohdagi
ko‘kaldosh ilgarigi davrlardagi Devoni mushrifning
faoliyatini amalga oshirgan. U umumiy davlat nazoratini olib borgan. U
oliy hukmdor va rasmiy sulolaga eng yaqin kishilardan tayinlangan.
Odatda, ko‘kaldoshning ijtimoiy mohiyati sulolaning biror bir vakili bilan
bir onani emganlik bilan tushuntiriladi. Demak, ko‘kaldosh dargohning
eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, unga topshiriladigan vazifalar
vazifalar nozik qadar nozik va mas’uliyatli bo‘lgan. Bir so‘z bilan
aytganda, mazkur maqom vazifasi mamlakatda
oliy hukmdor olib
borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari bilan
bog‘liq yumushlardan iborat edi. Masalan, Abdullaxon II va Abdul-
mo‘min o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishda Abdulmo‘min
harakatlari va maqsadlarini oldindan oldindan, xonga to‘g‘ri ma’lumot
berishda asosiy o‘rinni
Qulbobo ko‘kaldosh tutgani ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: